170
boshqarishning mablag‗larning umumiy fondi usulidan foydalanishda
asosiy e‘tibor bank likvidliligiga qaratiladi.
Aktivlarni taqsimlash usuli (mablag„lar konversiyasi usuli)
Bank uchun zarur
bo‗lgan likvid mablag‗larning
hajmi jalb
qilingan mablag‗larning manbasiga bog‗liq. Bu usulda bank resurslari
har bir turining aylanishi va majburiy rezerv me‘yorlaridan kelib chiqib
resurslar taqsimlanadi. Jalb qilingan har bir manba (resurs) alohida
aktivlarning guruhlariga qarab taqsimlanadi.
Bunda qoplash uchun
rezerv talab qilmaydigan asosiy kapital asosiy vositalar va uzoq
muddatli investitsiyalarga yo‗naltirishi mumkin. Bu usulning ijobiy
tomoni shundaki, resurslarning turlariga qarab ularni bank aktivlarining
turlariga taqsimlash naqd pul shaklidagi likvid aktivlar salmog‗ini
kamaytiradi, bu o‗z navbatida, foydaning oshishiga olib keladi.
Bu ikkala
usulning kamchiligi shundaki, ularda mijozlarning
kreditga bo‗lgan ehtiyojini qondirish ga yetarli e‘tibor qaratilmaydi.
Kreditga bo‗lgan mavsumiy ehtiyoj, kreditga bo‗lgan talabdagi tarkibiy
o‗zgarishlar to‗laqonli inobatga olinmaydi. Ikkala usul ham
likvidlilikning o‗rtacha darajasiga asoslanadi.
Mijozlarning hisob
varag‗idagi pul mablag‗larining oqimini doimo tahlil qilib borish,
mahalliy konu
yukturaning xususiyatlarini bilish orqali bankning ma‘lum
davrda likvid mablag‗larga bo‗lgan ehtiyojini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: