Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/351
Sana28.10.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1731815
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   351
Bog'liq
Bank ishi (2)

Dasturlash usuli 
Bu usul ma‘lum qo‗yilgan maqsad va masalaning optimal 
y
echimini ta‘minlashga yo‗naltiriladi. Masalan, Maksimal foyda olish 
uchun resurslarni qanday taqsimlash lozim yoki mavjud sharoitda 
xarajatlarni qanday minimallashtirish mumkin. SHuningdek, aralash 
usul, ya‘ni normativlar orqali passivlarni aktivlarga joylashtirish usuli 
ham qo‗llanilishi mumkin. Qaysi usulni qo‗llash yo‗li bilan aktivlar 
portfelini samarali shakllantirish doimo bankning rahbariyatiga va 
ularning qabul qilgan qarorlarning sifatiga bog‗liq. 
AQSh tijorat banklarining kredit operatsiyalari 
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari bank aktivlarining 
yetakchi qismini tashkil etib banklar daromadining asosiy manbasi 
hisoblanadi. Bugungi kunda biznes kredit vositasida olib boriladi. Kredit 
167
2. Sotilgan federal fondlar hisob raqami 
– FRTga a‘zo bo‗lgan 
banklar u
chun FRT joylashtiriladigan, ularning rezervlar bo‗yicha 
talabini qondiradigan depozitlar bo‗yicha talablar; Federal fondlarni 
sotish va sotib olish orqali bozor qisqa muddatga muvofiqlashtirilib 
turiladi. 
3. Xazina qimmatli qog‗ozlariga investitsiya qilish bo‗yicha hisob 
varaqlari 
– AQSh hukumatining majburiyatlarini bozorda sotiladigan 
majburiyatlari. Bu o‗z ichiga xazina veksellarini, davlat qimmatli 
qog‗ozlari va obligatsiyalari. 
4. AQSh hukumati korporatsiyalari va boshqa idoralarining 
majburiyatlar 
bo‗yicha investitsiyalari – Federal yer banki tomonidan 
chiqarilgan qarz qimmatli qog‗ozlari.
5. Sh
tatlar va boshqa siyosiy bo‗linmalarning majburiyatlari 
bo‗yicha investitsiyalar – daromadi soliqdan ozod qilingan munitsipal 
obligatsiyalar. 
6. Ko‗chmas mulk uchun ajratilgan kreditlar. 
7. Biznesni rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlar. 
8. Iste‘mol kreditlari. 
9. Bino inshootlarni 
ta‘mirlash va jihozlashga yo‗naltirilgan 
mablag‗lar. 
AQSh banklari amaliyotida bularni barchasi tijorat banklarining 
aktivlari portfelini
tashkil etadi. Boshqarish usulllariga qarab bank 
aktivlarini to‗rtta asosiy guruhga bo‗linadi. Bular: 

kassadagi pul mablag‗lari va unga tenglashtirilgan mablag‗lar; 

qimmatli qog‗ozlarga investitsiyalar; 
- kreditlar va lizing; 
- bino, inshoatlar va nomoddiy aktivlar.
Aktivlarni yuqoridagi yo‗nalishlar bo‗yicha oqilona boshqarish 
banklarga daromad olishni ta‘minlasa, ularni to‗g‗ri joylashtirish bank 
ishida muammolarning yuzaga kelishiga olib keladi.
Amerika banklari amaliyotida ham aktivlarning daromadliligi 
darajasiga qarab ularni 2 guruhga ajratish mumkin.: 
- Daromadli aktivlar (Earning Assets); 
- Daromad keltirmaydigan aktivlar (Noearning Assets). 


168
Daromad keltiruvchi aktivlarga ssudalar, qimmatli qog‗ozlar bilan 
operatsiyalar, hisobga olish operatsiyalari, bank investitsiyalari va 
boshqalar kiradi. Daromad keltiruvchi aktivlar salmog‗ining oshishi 
bankda zarur rezervlarning bo‗lishiga va bank tomonidan samarali 
depozit siyosatini olib borishga bog‗liq. Aktivlarning to‗g‗ri va samarali 
joylashtirilishi banklarning kredit siyosatiga ham bog‗liq. Banklarning 
kredit operatsiyalari bo‗yicha kredit ekspansiyasini o‗rnatish, kredit 
hajmini qisqartirish (rezerv talablar orqali), ochiq bozorda operatsiyalar 
olib borish, veksellarni qayta h
isobga olish bo‗yicha limit o‗rnatish, 
hisob stavkaning yuqori chegarasini belgilash, ssudalar va investitsiyalar 
hajmini kamaytirish yoki oshirish orqali aktivlar bo‗yicha daromadlarni 
oshirish va kamaytirish bankning kredit siyosatida belgilanadi.
Daromad keltirmaydigan aktivlar daromadsiz aktivlar deb ataladi. 
Ularga kassadagi va bank omboridagi naqd pullar, Federal rezerv bank 
yoki korrespondent banklardagi depozitlar, inkassatsiyada bo‗lgan 
cheklar, asosiy fondlar va boshqalar kiradi.
AQSh tijorat banklarida aktivlar tijorat banklari faoliyatining
rezervlari sifatida 2 kategoriyaga bo‗linadi: 
- birlamchi rezervlar; 
- ikkilamchi rezervlar.
Birlamchi rezervlarga naqd shakldagi likvid aktivlar kiradi. Bu 
aktivlar yuqori likvidlilikga ega bo‗lsada daromad keltirmaydi. Ularga 
kassadagi va rezervdagi naqd pullar, Federal rezerv bank va 
korrespondentlik hisob varag‗ida bo‗lgan mablag‗lar kiradi. Odatda, 
kassadagi mablag‗lar bank mablag‗larining bir qismi bo‗lib bank kassiri 
tomonidan joriy to‗lovlar uchun ishlatilsa, rezerv pullar bank tomonidan 
depozitlar bo‗yicha to‗lovlarni amalga oshirishga yo‗naltirishi 
mo‗ljallangan banknotalar hisoblanadi.
AQSh qonunchiligiga muvofiq hech qanday muvofiqlashtiruvchi 
tashkilot bank tizimi va tijorat banklarida mablag‗larni zaxiraga olib 
qo‗yishga haqli emas.
Ikkilamchi rezervlar 
– bular pul shaklida bo‗lmagan likvid aktivlar 
bo‗lib ular tarkibiga davlat va munitsipal obligatsiyalar, tez to‗lanishi 
lozim bo‗lgan, muddati 30 kungacha bo‗lgan kreditlar kiradi.
169
Ikkilamchi aktivlarning asosiy funksiyasi 
– birlamchi (kassa) aktivlarni 
ta‘minlashga xizmat qilishdan iborat. Ikkilamchi aktivlarning zarur 
miqdori - 
rezervlar darajasining o‗rtacha ko‗rsatkichiga, bank tizimining 
ba‘zi likvidlilik ko‗rsatkichlariga, jumladan, kassa rezervlari va hukumat 
qimmatli qog‗ozlarining bank tizimidagi umumiy depozitlar summasiga 
nisbati bilan aniqlanadi.
18-jadval 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling