Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- muammoli aktivlar
- Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari
Aktivlar sifati b
o„yicha shakllantiriladigan maxsus zaxira miqdori Aktivlar sifati Maxsus zaxira (qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi (foizda) Standart 1 Substandart 10 Qoniqarsiz 25 Shubhali 50 Umidsiz 100 Sifati «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan aktivlar muammoli aktivlar deyiladi. Tijorat banki balansida va balansdan tashqari moddalarda yuritilayotgan muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning o„n foizidan ortiq bo‗lsa, Markaziy bank tomonidan tijorat banki ijro rahbariyatining malakasi Markaziy bank talablariga muvofiq emas deb topishga hamda tijorat banki kengashi tomonidan bank faoliyati ustidan o‗rnatilgan nazoratni yetarli emas deb hisoblanishi mumkin. Odatda, sifati «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan aktivlar bo‗yicha ehtimoliy y o‗qotishlarni qoplashga m o‗ljallangan majburiy zaxiralar shakllantiriladi va u banklar faoliyatida maxsus zaxiralar deb ataladi. 3- §. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari va ularni boshqarish Daromad olish maqsadida resurslarni aktivlarga joylashtirish bilan bo g‗liq bo‗lgan operatsiyalar tijorat banklarining aktiv operatsiyalari deyiladi. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari – bu, birinchi navbatda, ularning kredit operatsiyalari, investitsiya operatsiyalari, tijorat bankining mol-mulkini shakllantirish bilan bo g‗liq operatsiyalar, kassa-hisob operatsiyalari v.b. Shuningdek, tijorat banklari aktiv operatsiyalari qatoriga vositachilik bilan bo g‗liq faktoring, lizing, forfeyting operatsiyalarini ham kiritish mumkin. Tijorat banklari o‗zining joriy faoliyatini amalga oshirish, muddati kelgan, jalb qilingan jam g‗arma mablag‗larini qaytarib berish, turli operatsion xarajatlarni, jumladan, xodimlarga ish haqi va boshqa 164 material hamda xizmatlarga t o‗lovlarni amalga oshirish uchun kassasida yetarli miqdorda pul mabla g‗iga ega bo‗lishi lozim. Xorijiy davlatlar banklarida naqd puldagi kassa aktivlarining hajmi bizning banklardagiga qaraganda kam miqdorni egallaydi. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari o‗z shakli, ahamiyati va y o‗nalishi, iqtisodiy mohiyati, likvidligi, risk va daromad darajasiga qarab turlicha o‗rin va ahamiyatga ega. Tijorat banklari aktivlari bilan bo g‗liq bo‗lgan risklar ichida kredit operatsiyalar b o‗yicha risklar asosiy o‗rinni egallaydi. Kredit operatsiyalari tijorat banklarining yuqori riskli operatsiyalaridan hisoblansada, bankka yuqori foyda olishini ta‘minlaydi. Bu aktiv operatsiyalar bilan bo g‗liq bo‗lib, bu risklarga berilgan kreditlar hamda t o‗lov muddati kechiktirilgan ssudalar bo‗yicha risklar kiradi. Kredit riski nafaqat kredit obyektiga, balki kredit subyektiga yangicha yondashishi orqali ham o‗sib boradi. 11-rasm. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari Bu risk mijozning moliyaviy ahvoli o g‗irlashganda, ularning faoliyatida k o‗zda tutilmagan qiyinchilik va muammolar yuzaga kelganda, bozorda noqulay sharoit yuzaga kelgani sababli paydo b o‗lishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham, har bir tijorat banki o‗z aktivlarini joylashtirishni va uni boshqarish usullarini o‗zi ishlab chiqishi zarur. Ma‘lumki, tijorat banklari aktivlarining qiymati va ulardan olinadigan foyda o‗zgarib turishi mumkin. Aktivlar bilan bog‗liq risklar aktivlar bahosining va ular orqali olinadigan foyda miqdorining kamayishi aktivlar b o‗yicha risklar salmog‗ining oshishiga olib keladi. Kredit ope- ratsiyalar Investitsiya operatsiya- lari Kassa ope- ratsiyalar Bank mol-mulki bilan bog ‗liq operatsiyalar Vositachilik operatsiyalari Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari 173 Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling