Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi savolda
savolning
kredit oluvchi tomon t o‗ldirishi, uning moliyaviy ahvoli, undagi hisob-kitoblar holati, auditorlik tekshiruvlar b o‗yicha hisobotlar va xulosalar, korxona balansi, pul oqimi t o‗g‗risida hisobot, daromadlari va boshqa ma ‘lumotlar bank uchun zarur hamda bu hujjatlarning mavjudligi korxonaning o‗z moliyaviy resurslarini muvafaqqiyatli boshqarayotganligidan dalolat berishi mumkin. Uchinchi savolda esa bank u berayotgan kredit uning kredit portfeliga mos keladimi yoki y o‗qmi, shuni aniqlashi lozim. Agar bu beriladigan kredit bankning kredit portfelining yanada k o‗proq diversifikatsiyalanishiga olib kelsa, bu bankning kredit portfeli riskini kamaytiradi. Agar bu kredit bir tarmoqqa kreditlarning yi g‗ilishini kuchaytiradigan, t o‗lash muddati bir vaqtda to‗g‗ri keladigan bo‗lsa, kredit portfelining riski oshishi mumkin. Bunda bank xodimlari kredit berish, kreditni baholash sohasida yetarli bilimga egami, ular bozor o‗zgarishlarini inobatga olgan holda bank ishining texnikasini bilishi, kredit berish b o‗yicha oxirgi qarorni qabul qilmasada, u kreditni baholash jarayoniga javobgar hisoblanishi lozim. Kredit riskning yuqori b o‗lishi bank tomonidan pul bozoriga murojaat qilish va uning mabla g‗laridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga da‘vat qiladi. Kredit risklarini tahlil qilish nafaqat qarz oluvchining moliyaviy holatini o‗rganish, shuningdek, bankning ichki 593 risksiz operatsiyasi mavjud emas, bankning barcha operatsiyalari risk bilan bo g‗liq. Chunki x o‗jalik subyektlari faoliyatida o‗z mablag‗lariga tayansa, tijorat banklari asosan jalb qilingan mabla g‗larga tayanib faoliyat olib boradi. Shu bois tijorat banklari o‗z faoliyati bilan bir tomondan, o‗z aksiyadorlari oldida javobgar b o‗lsalar, ikkinchi tomondan, o‗z mabla g‗larini ishonib topshirgan va bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlar oldida majburiyatga egadirlar. Shu tufayli bank riski, uning mohiyati, turlari, kelib chiqish sabablarini chuqur o‗rganish banklar faoliyatini samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Risk keng ma‘noli, faoliyatning, jarayonlarning turli bosqichlarida uchrab turuvchi k o‗p qirrali tushunchadir. Bank riskining mohiyati haqida k o‗pgina mahalliy iqtisodchilar tomonidan bank tavakkalchiligi, kredit xavf- xatari, bank xatari, y o‗qotishlar, ehtimollik, qaltislik, ikkilanish, noaniqlik kabi qator tushunchalar berilgan. Biz ta‘kidlaganimizdek, bank faoliyati har tomonlama risk bilan bo g‗liq bo‗lib, bank ―bergan krediti o‗z vaqtida qaytib keladimi? Keyingi oyda depozitlar salmo g‗i oshadimi? Bank aksiyasining bahosi va bank foydasi oshadimi? Keyingi chorakda (oyda) foiz stavkalar qanaqa b o‗ladi, ular bank foydasiga qanday ta‘sir ko‗rsatadi?» kabi ehtimollar bilan bo g‗liq faoliyat olib boradi. Shu holatlarning tahlilini hisob qilgan holda, mabla g‗larni aktivlarga joylashtiradi: kreditlar beradi, investitsiya qiladi va boshqa sohalarga y o‗naltirib, ijobiy natijaga erishishni maqsad qilib q o‗yadi. Bank riski iqtisodiy risklar turkumiga kirib, bank bilan jismoniy va huquqiy shaxslar o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga tayanadi. Bank faoliyatining tashkil etilishi va amalga oshirilishi, bank mabla g‗larining ma‘lum tamoyillar asosida kreditga berilishi uning faoliyati risk bilan bo g‗liq ekanligini ko‗rsatadi. Bu hol bank riskining obyektivligini ifodalasa, bank faoliyatiga boshqa omillarning ta‘siri, ularning natijasini hisoblash imkoniyatining mavjudligi va bir turdagi riskning turli sharoitda b o‗lishi, uni turlicha qabul qilish va hisoblay olish uning yuzaga kelishining subyektiv sabablari hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me‘yoriy hujjatlarida bank riski- tavakkalchiligi – bank faoliyatiga ta‘sir qiluvchi iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, siyosiy, texnologik ichki va (yoki) tashqi omillarga bo g‗liq bo‗lgan holatlar natijasida bank faoliyatiga xos b o‗lgan moliyaviy zararlar ko‗rish va (yoki) bank 594 likvidligi (bank o‗z majburiyatlarini vaqtida bajarish qobiliyati)ni to‗liq yoki qisman y o‗qotish xavfining mavjudligidir, deb ta‘riflanadi. Bank faoliyatida riskning yuzaga kelishi, uning salmo g‗i, ta‘siri, shakli turli sabablar va noaniqliklarga bo g‗liq bo‗ladi. Chunki tashqi va ichki muhit, obyektiv iqtisodiy va siyosiy jarayonlar va ulardagi b o‗ladigan o‗zgarishlar bank faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bank faoliyatida risklarning yuzaga kelishining quyidagi sabablari mavjud: - bozorni yaxshi o‗rganmaslik; - resurslarni jalb qilish va ularni joylashtirishda yuzaga keladigan nomutannosiblik; - kreditlanadigan loyiha, obyekt va mijozlar t o‗g‗risida, ularning moliyaviy ahvoli t o‗g‗risidagi ma‘lumot va axborotlarning to‗liq emasligi; - mijozning kreditga layoqaliligi, moliyaviy k o‗rsatkichlarining chuqur tahlil qilinmasligi, uning kredit tarixini o‗rganmaslik; - tarmoqlar faoliyati xususiyatining inobatga olinmasligi; - subyektlar yoki mijozlarning mabla g‗lardan maqsadli va to‗g‗ri foydalanish b o‗yicha ko‗nikmalariga e‘tibor qaratmaslik; - bank xodimlarining malakasi va o‗z kasbiga mas‘uliyati sayozligi va boshqalar bank risklari yuzaga kelishining umumiy sabablaridan hisoblanadi. Bank riski - bu bank faoliyatini amalga oshirish jarayonida bank mabla g‗larining bir qismini yo‗qotish yoki daromad ola olmaslik sharoitida ijobiy natijaga umid qilib bank operatsiyalarini (depozit, kredit, investitsiya, valyuta) o‗tkazishdan iborat. Bankning barcha operatsiyalari risk bilan bo g‗liq bo‗lsada, bank shu operatsiyalarni amalga oshirishda yuqori daromad olishga intiladi Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling