Жамият фикрининг абстрактланиш жараёни


Энергиянинг сақланиш қонуни


Download 1.38 Mb.
bet18/22
Sana16.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1360758
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
MatModel YN javoblannnn

Энергиянинг сақланиш қонуни.


Energiya yo‘qdan bor bo‘lmaydi va yuqolmaydi, u faqat bir turdan boshqa turga o‘tadi. Biz quyida mexanikaviy energiyaning fakat ikki turi – kinetik va potensial energiyalar bilan tanishamiz.
Xarakatdagi jismning mexanikaviy energiyasi kinetik energiyadir. Umuman energiya jismning ish bajarish qobiliyati ekanligini nazarda tutsak, kinetik energiyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: kinetik energiya deb harakatlanayotgan jismning ish bajarish qobiliyatiga aytiladi.
v tezlik bilan harakatlanayotgan jismning kinetik energiyasi uning massasi bilan tezligi kvadrati ko‘paytmasining yarmiga teng, ya’ni massasi m bo‘lgan jism v tezlik bilan xarakatlanayotgan bo‘lsa, uning kinetik energiyasi ga teng. Ikkinchi tomondan, massasi m va tezligi v bo‘lgan jismni to‘xtatish uchun tashqi kuchlar ga teng bulgan manfiy ish bajarishi lozim va aksincha, massasi m bulgan tinch turgan jismni v tezlik bilan harakatga keltirish uchun tashqi kuchlar ga teng bo‘lgan musbat ish bajarishi lozim bo‘ladi.
Mexanikaviy energiyaning yuqorida ko‘rib o‘tilgan turi — kinetik energiyadan tashqari yana bir turi mavjud bo‘lib, u potensial energiyadir. Potyensial energiya — jismlarning yoki ularning ayrim qismlarining o‘zaro ta’sir energiyasi bo‘lib, bu energiya ularning bir-biriga nisbatan joylashuviga bog‘lik. Shuning uchun potensial energiyaning qiymati jism (yoki tizim)ni bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga o‘tkazishda tashqi kuchlarning bajargan ishi bilan o‘lchanadi.
Jism (moddiy nuqta) konservativ kuchlar maydonida joylashgan bo‘lsin, ya’ni jismga konservativ kuchlardan boshqa kuchlar ta’sir qilmayotgan bo‘lsin. Konservativ kuchlarning elementar ko‘chishda bajargan ishi jism potensial energiyasining kamayishiga teng:
.
Ikkinchi tomondan, jismning masofaga ko‘chishida konservativ kuchlarning bajargan ishi uning kinetik energiyasining ortishiga teng

Bu ikki tenglikdan:

yoki

ni hosil qilamiz. Oxirgi ifodadagi kinetik va potensial energiyalarning yig‘indisi jismning to‘la energiyasi deyiladi va

ekanligi kelib chiqadi.
Bu formula bitta jism uchun energiyaning saqlanish qonunini ifodalaydi: konservativ kuchlar maydonida harakatlanayotgan jismlarning to‘la mexanikaviy energiyasi o‘zgarmaydi. Bu qonundan shu xulosa kelib chiqadiki, konservativ kuchlar maydonida kinetik energiya potensial energiyaga aylanishi va aksincha, potensial energiya kinetik energiyaga aylanishi mumkin, lekin jismning to‘la energiyasi o‘zgarmaydi. Ya’ni jismning potensial energiyasi qanchaga kamaysa, uning kinetik energiyasi shunchaga ortadi va aksincha.


  1. Масса (материя)нинг сақланиш қонуни.

Jismning massasi unda mavjud bo'lgan modda miqdorini ifodalaydi. Klassik mexanikada massa to'g’risida quyidagilar mavjud.
a) Moddiy nuqtaning massasi uning harakatiga, holatiga bog’liq bo'lmay, nuqtaning o'zgarmas xarakteristikasidir.
b) Massa additiv miqdor, ya'ni jismning massasi shu jismning tashkil etuvchi moddiy nuqtalar massalarining yig’indisiga teng. m=
v) Yopiq tizim massasi shu tizimda yuz berayotgan har qanday jarayonda ham o'zgarmaydi (massaning yoki modda miqdorining saqlanish qonuni.)
O'zgaruvchan massali jism deganimizda klassik mexanik qonunlariga bo'ysinib o'zining harakati davomida massasi o'zgaradigan, ya'ni massasi kamayishi yoki orttishi mumkin bo'lgan jismlar tushuniladi. Masalan, yoz kunlari ko'cha mashinalarda suv sepilganda, raketalar va reaktiv samalyotlarda yonilg’i yonishi natijasida Yerning massasi ortadi va hokazo.
Ammo tezlik ortishi bilan massasi o'zgarmaydi. Nyutonning II qonuni umumiy ko'rinishda ifodalasak

Massa o'zgarishi bilan tezlik kattaligi ham o'zgaradi, umumiy holda kuch yo'nalishi bilan mos tushmaydi va tezlanishning kuchga to'g’ri mutanosibligi saqlanmaydi. Agar kuch yo'nalishi tezlik yo'nalishi bilan bir yo'nalishda yoki kuch tezlikka tik holatda yo'nalsa, tezlanish bilan kuch bir yo'nalishda bo'ladi.
Endi impulsning o'zgarishda foydalanib o'zgaruvchan massali jism harakatini qaraymiz. Buning uchun vaqt o'tishi bilan massasi o'zgaruvchan raketa harakati bilan tanishamiz. Harakat davomida raketaning massa markazi o'zgarmaydi. Shundan kelib chiqib, o'zgaruvchan massali nuqtaning harakat tenglamasi quyidagicha ifodalanadi.

Mesherskiy tenglamasi deyiladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling