Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Hind okeani mintaqasida integratsiya jarayonlari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Hind okeani mintaqasida integratsiya jarayonlari
Bu mintaqadagi integratsion jarayonlarga Hind okeani mamlakatlarining mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi (ARSIO) sezilarli ta’sir ko‘rsatmokda. Assotsiatsiya 1997 yil 7 martda Mavrikiy Respublikasi poytaxti Port-Lui shahrida tuzilganligi e’lon qilindi. Yangi tashkilotning xartasi va harakat dasturi qabul qilindi. Uning maqsad va vazifalari belgilab olindi. Hozirgi kunda assotsiatsiyaga Avstraliya, Hindiston, Keniya, Mavrikiy, Ummon, Singapur, Janubiy Afrika Respublikasi, Indoneziya, Yaman, Madagaskar, Malayziya, Mozambik, Tanzaniya va Shri-Lanka a’zodir. 5 1995 йилда Жануби-Шарқий Осиё мамлакатлари ассоциациясига Вьетнам ҳам қўшилди. 2005 илга келиб бу ташкилотга Ҳиндихитой ярим оролининг барча мамлакатлари аъзо бўлиши мўлжалланган. Mazkur tashkilot o‘zining amaliy faoliyati va tashkiliy jixatdan shakllanishida Osiyo- Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) tajribasiga suyanishni mo‘ljallagan. U "janub" deb atalmish mamlakatlar uchun jahon xalqaro munosabatlarida "shimol"ning hozir mavjud bo‘lgan yakka hokimligiga qarshi tura oladigan tuzilmani barpo etish yo‘lidagi dastlabki urinishlaridan biridir. Bugungi dunyo uch qutbga bo‘lingan. Unda Yevrola Ittifoqi (EU). Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi haqidagi shartnoma (NAFTA) va Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligvdan (ATES) iborat uchta qudratli blok faoliyat ko‘rsatmoqda, jahon iqtisodiy ayirboshlashlarning 80%i shular hisobiga to‘g‘ri keladi. Afrika va Hind okeani mintaqasida bu jarayonlar hozircha unchalik sezilmaydi. Vaholanki, yer yuzi aholisining 20-25%i shu mintaqada yashaydi. Unda joylashgan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo yalpi savdoning juda kam qismini tashkil etmoqda. 2003 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, jahon yalpi mahsulotining 5.4%igina shu mintaqa davlatlariga to‘g‘ri kelgan, mintaqaning jahon savdosidagi satmog‘i esa, 10% dan oshmagan. Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (AQSH va Yaponiyadan tashqari) xos bo‘lgan o‘sha ko‘rsatkichlar shu tartibda 10,8 va 21,8%ni tashkil etadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling