Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasida


Download 312.95 Kb.
bet39/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ifodalovchi norma quyidagicha ifodalangan: “O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi mumkin.
Pretsedent avval sodir bo‘lgan vaziyat yana yuzaga kelganda qanday yo‘l tutish lozimligini anglatadi va o‘ziga xos namuna sifatida qabul qilinishi tushuniladi. Sud ishlari bilan bog‘liq pretsedentga sud pretsedenti deb qaraladi. Sud pretsedenti – bu muayyan ish bo‘yicha sudning shunday qaroriki, u boshqa sudyalarga kelgusida shunga o‘xshash ishlarni hal qilishda qanday qaror qabul qilish lozimligini ko‘rsatadi.

88. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar singari qonunlar ham huquq ijodkorligi mahsuli hisoblanadi. Biroq ularning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi qonunning huquqiy hayotdagi tutgan o‘rni va ahamiyatiga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qonun norma ijodkorligining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan qonun ijodkorligi jarayonida yaratiladi.


Huquq ijodkorligi maxsuli sifatida qonunni muhokama qiling.
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasidaO‘zbekiston Respublikasining qonunlari tushunchasiga ta’rif berilgan.
Qonun – davlat hokimiyatining oliy vakillik va qonunchilik hokimiyati organi tomonidan yoki bevosita xalqning xohish - irodasiga ko‘ra (masalan, referendum o‘tkazish yo‘li bilan) qabul qilingan, qoida tariqasida eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik hujjat. Qonun davlat huquq tizimining negizini tashkil etadi, davlatning boshqa organlari normativ hujjatlariga nisbatan oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi. Qonun muhim deb hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasidir.

89. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 23-moddasida ko‘rsatilishicha, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozimligi belgilangan. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerakligi ba’zi holatlarda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining javobgarlikdan qutulib qolishiga sabab bo‘lmoqda.


Huquqiy prezumpsiyalarni tahlil qiling va ularning turlarini sanab bering.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling