Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet25/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,Dispozitsiya - lotincha, “dispositio”-joylashuv. Dispozitsiya huquq normasining bir qismi bo‘lib, unda gipotezada ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganida huquq sub’ektlari rioya etishlari lozim bo‘lgan xatti-harakat qoidasi (huquq va majburiyatlari) ifodalangan bo‘ladi. Oddiy dispozitsiya xulq-atvor, yurish-turishning konkret variantini uning mazmunini to‘la ochib bermagan holda ko‘rsatib o‘tadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasi mazmuniga binoan, O‘zbekiston Respublikasi xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin. Murakkab dispozitsiya esa yurish-turishning barcha asosiy belgilarini ko‘rsatadi va sanab o‘tadi. Muqobil dispozitsiyada xulq-atvor, yurish-turishning bir nechta variantlari ko‘rsatib o‘tiladi va munosabat ishtirokchilari ulardan biriga amal qilishlari mumkin yoki shart. Masalan, Jinoyat protsessual Kodeksining 385-moddasi. Tavsiflovchi dispozitsiya - huquqbuzarlik belgilarining to‘liq bayonini o‘z ichiga oladi (masalan, JK ning 169-moddasi: o‘g‘rilik - o‘zgalar mulkini yashirin ravishda egallab olish (qonunda, garchand bu mantiqan o‘rinli bo‘lmasa-da, talon-toroj qilish, deb yozilgan). Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun shu qonunda yoki qonunchilikning boshqa sohalari normalarida belgilangan tegishli qoidalarga havola qiladi. Havola etuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga ega bo‘lmagan, balki o‘sha qonunning boshqa normasiga (masalan, JK ning 110-m. “Qiynash”) yoki boshqa huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi dispozitsiya havola etuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi.
33. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ki­shilar bir-birlari bilan nafaqat ishlab chiqarish munosabatlariga balki huquqiy munosabatlarga ham kirishadilar. Xususan, mulkchi­lik sohasidagi bunday munosabatlar mulkka egalik qilish va ega­lik qilmaslik huquqiga taalluqlidir. SHu ma’noda mulkchilik mu­nosabatlari huquqiy munosabatlarga aylanadi. Mulkdor bilan ishchi orasidagi, ya’ni birida mulkning mavjudligi va boshqasida mavjud bo‘lmasligi bilan bevosita ifodalangan munosabatlar yuridik munosabatlar hisoblanib, ular turli asoslarga ko‘ra vujudga keladi.
Huquqiy munosabatlarning yuzaga kelish asoslarini misollar yordamida muhokama qiling.
Javob: Xuquqiy munosabat - o‘zaro sub’ektiv huquq va majburiyatlar bilan bog‘liq shaxslar (ya’ni, fuqarolar va yuridik shaxslar) o‘rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqadir. Huquqiy munosabat ta’rifidagi asosiy narsa, avvalo, bu tomonlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aks ettirishdir. Bunday munosabatlarda kamida ikki tomon - huquq sohiblari ishtirok etib, o‘zaro muloqotga kirishadilar.
Huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun moddiy asoslar (tomonlarning xohish-istagi, manfaati) va yuridik asoslar (mazkur ijtimoiy munosabatni tartibga soladigan tegishli huquq normasining mavjudligi; tomonlarning huquq va muomala layoqatiga ega bo‘lishligi; yuridik faktning mavjudligi) bo‘lishi lozim.

34. Huquq huquqiy munosabatlar asosida fuqarolar, jamoat birlashmalari, davlat idoralari va boshqa yuridik shaxslar o‘rtasidagi turli-tuman aloqalarni tartibga solishda namoyon bo‘ladi. YA’ni huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda amalga oshiriladi hamda tatbiq etiladi. SHuningdek adabiyotlarda ob’ektiv va sub’ektiv huquqni amalga oshirish tushunchalarini berib o‘tishadi.


Masalani atroflicha tahlil qiling.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling