Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida


Download 312.95 Kb.
bet23/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida «YAshash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», degan mazmundagi huquqiy qoida mustahkamlangan. Bu normada insonni hayotdan mahrum etganlik uchun qanday jazo berilishi ko‘rsatilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida qasddan odam o‘ldirganlik uchun o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Huquqiy normalarning hammasida ham uning uch elementi birgalikda kelavermaydi. Aksariyat konstitutsiyaviy normalar gipoteza va dispozitsiyadangina iborat. Konstitutsiyaviy normalarning sanksiyasi boshqa qonunchilik hujjatlarida, tegishli kodekslarda mustahkamlangan bo‘ladi.
Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning maxsus qismi, ya’ni huquqbuzarliklar ko‘rsatilgan qismida joylashgan moddalar asosan dispozitsiya va sanksiyadan iborat (Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning maxsus qismi normalariga qarang), ularning gipotezasi mazkur kodekslarning umumiy qismida, ayrim hollarda boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan bo‘ladi. Masalan, JKning 97-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning sub’ekti jinoyat qonunchiligida belgilangan yoshga etgan, aqli raso, mazkur jinoyatni qasddan sodir etgan shaxs bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar JK ning Umumiy qismida ko‘rsatib o‘tilgan. SHunday qilib, huquq normasining strukturasi – bu uning o‘zaro mazmunan uzviy bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan ichki tuzilishidir.

29. Huquqni amalga oshirish davlat tomonidan yuridik jihatdan mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarning amalga oshirilishi bo‘lib, huquq normalarini kishilar va ularning tashkilotlari faoliyatida hayotga tadbiq etilishiga aytiladi. Aksariyat hollarda huquqni amalga oshirish alohida yuridik hujjatlarni ishlab chiqish bilan amalga oshiriladi hamda u yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishni talab etadi. Ushbu hujjatlarni ishlab chiqishning quyidagi asosiy qoidalari mavjud bo‘lib, ular: hujjat qisqa bo‘lishi, aniq bo‘lishi, yo‘llanuvchiga tushunarli bo‘lishi va barcha zarur ma’lumotlarni o‘zida aks etishi (bu eng asosiysi) lozim.


YUqoridagi masalalardan kelib chiqib, ushbu hujjatlarni yuridik-texnik rasmiylashtirish talablarini alohida muhokama qiling.
Javob: Huquqni qo‘llash hujjatlari quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
1) Kirish (hujjatda aks etgan huquqiy munosabatlarning ob’ekti, predmeti va mohiyati);
2) Tavsiflovchi(hujjatniyaratishuchunasosbo‘lganishninghaqiqiy holatlarini aniqlash);
3) Motivatsion (hujjat muallifining fikriga kora, ijtimoiy munosabatlarning tavsiflovchi qismida belgilangan regulyatorlar bolgan huquq normalari);
4)Rezolyusion (huquqiy munosabatlarning aniq ishtirokchilarining sub’ektiv huquqlari va majburiyatlarini belgilash, qaror qabul qilish).

30. Huquq normalarini, ayniqsa, yuksak normativ umumlash­ganlik darajasi bilan ajralib turuvchi normalarni amalga oshi­rishda, ayrim olingan alohida hodisaga nisbatan qo‘llashda bu normalarni sharhlash zarurati yuzaga keladi. Huquqda sharhlash zarurati yana uning shakli va mazmuni o‘rtasidagi ehtimol tutilgan ziddiyatlar bilan ham yuzaga keladi. Haqiqatan ham huquq mazmuni normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z ifo­dasini topadi, lekin, afsuski, bu hujjatlar hamisha ham qonun chiqaruvchi irodasini ifodalayvermaydi.


Agar har doim huquqni sharhlash qonun chiqaruvchining irodasini ifodalamasa huquqni sharhlashning ahamiyati nimalarda ko‘rinishini muhokama qiling

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling