Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet22/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquqni amalga oshirish jarayonida shunday holatlar uch­raydiki, bunda huquq normasini sharhlovchi sub’ekt bir qarashda qonun matnidan kelib chiqadigan normaning haqiqiy mazmunini mumkin bo‘lganidan yo torroq, yoki aksincha, kengroq tushunishi lozim bo‘ladigan vaziyat bilan to‘qnashadi. SHu bois, huquq normalarini aynan, kengaytirilgan va cheklangan sharhlash­ zarurati tug‘iladi. Huquq normalarini aynan sharhlash sharhlanayotgan huquq normasi ma’no­sini tushunish huquq manbai matniga to‘liq mos kelishida o‘z ifo­dasini topadi. Kengaytirilgan sharhlash huquq normasi ma’nosi uning matndagi ifodasidan kengroq bo‘lgan holatlarda amalga oshiriladi. Kengaytirilgan sharhlashni talab qiluvchi holatlar ro‘yxatida ko‘pincha “va hokazo”, “va boshqalar” degan so‘zlar uchraydi. CHeklangan sharhlashda huquq normasining so‘zda ifodalangan va rasmiylashtirilgan ma’nosi uning mantiqiy ma’nosi va mazmunidan keng bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Ayrim hollarda huquq normasining mazmuni uning matndagi ifoda­sidan torroq bo‘lishi mumkin. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi moddalaridan birida, er-xotinlar nikohda bo‘lgan vaqtlarida orttirilgan mol-mulk ularning birgalikdagi mulki hisoblanadi, deyilgan. Biroq shunday holatlar ham bo‘ladiki, er-xotinlar hali ajralmay turib, alohida yashashadi. SHunday holat­larda ular orttirgan mol-mulk ularning birgalikdagi mulki bo‘lib qolaveradimi? Ushbu o‘rinda, mazkur normani cheklangan holda sharh­lashga to‘g‘ri keladi (ya’ni nikohdagi vaqtda orttirilgan har qanday mulk ham birgalikdagi mulk hisoblanmaydi).

27. O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlarida bo‘shliq mavjud bo‘lsa qonun yoki huquq analogiyasi qo‘llanilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Qonun hujjatlari tahlili orqali analogiyani qo‘llashning bir qator talab va shartlarini ko‘rish mumkin.


Masalani atroflicha tahlil qiling.
Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,Qonun analogiyasini qo‘llash ham huquq analogiyasini qo‘llash ham uning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlovchi bir qator talablarga rioya qilinishini ko‘zda tutadi. Ushbu talablar sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
birinchidan, muayyan hayotiy vaziyat huquqiy ahamiyatga ega bo‘lishi va uni huquqiy hal etish talab qilinishi;
ikkinchidan, qonunchilikda bunday munosabatlarni (vaziyatlarni) tartibga soluvchi muayyan huquqiy norma mavjud bo‘lmasligi;
uchinchidan, qonunchilikdan shunga o‘xshash vaziyatlarni tartibga soluvchi normalarni qidirib topish va shu asosda ishni xal etish (qonun analogiyasi), agar bunday norma mavjud bo‘lmasa huquqning umumiy tamoyillariga asoslangan holda (huquq analogiyasi) ishni hal etish;
to‘rtinchidan, ish bo‘yicha chiqarilgan qarorda mazkur vaziyat bo‘yicha qonun yoki huquq analogiyasining qo‘llanilishi yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish.

28. Huquq normalarining gipoteza, dispozitsiya va sanksiyaga bo‘linishi mantiqiy norma sifatida ko‘rsatiladi. Mantiqiy norma elementlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan turli hujjatlarda ham aks etishi mumkin. Huquq normalari ichki tarkibiy elementlari o‘rtasidagi uzviy mantiqiy bog‘liqlikka erishish o‘z o‘rnida ushbu huquq normalarining hayotiyligini, barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.


SHu bilan birga, ayrim manbalarda gipoteza, dispozitsiya va sanksiyaning huquq normasida birgalikda uchrashi doimo ham kuzatilmasligi qayd etiladi.
Masalani atroflicha muhokama qilib, vaziyatga huquqiy baho bering.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling