Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet30/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, davlat funksiyalari - bu davlatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy (bosh) yo‘nalishlaridir. Davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishi uchun ma’lum bir vazifalarni hal qilishi lozim, bu esa o‘z navbatida, ushbu vazifalarni bajarishga qaratilgan tegishli funksiyalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Davlat o‘z funksiyalarini amalga oshirishda muayyan shakl va usullardan foydalanadi. Davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllarining huquqiy va huquqiy xarakterga ega bo‘lmagan turlari mavjud. Huquqiy shakllar sifatida huquqni ijod qilish, huquqni ijro qilish va huquqni muhofaza qilishni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Huquqiy xarakterda bo‘lmagan shakllari davlat funksiyalarini amalga oshirishda tashkiliy-tayyorgarlik ishlarining asosiy qismini qamrab oladi. Davlat o‘zining funksiyalarini amalga oshirish jarayonida ishontirish, majburlash va rag‘batlantirish usullarini qo‘llaydi. Xususan, iqtisodiy funksiyani amalga oshirish misolida prognoz qilish, rejalashtirish, imtiyozli kreditlashtirish, moliyalashtirish, davlat subsidiyalarini berish, iste’molchilarni himoyalash va boshqa bir qator usullarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

46. Davlat hokimiyatini hududiy nuqtai nazardan tashkil etish va amalga oshirish – murakkab, ko‘p tarkibli hodisa bo‘lib, unda davlat tuzilishining muayyan tartibi, davlatning alohida tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik munosabatlari nazarda tutiladi. Bu ma’muriy-hududiy tuzilish, iqtisodiy va maxsus hududlarga ajratishni ham qamrab oladi. Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o‘rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi.


Davlatning tuzilish shakli turlarini va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini muhokama qiling.
Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,davlatning tuzilish shakli - bu davlatning siyosiy va ma’muriy -hududiy tuzilishi bo‘lib, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tavsiflaydigan davlat shaklining tarkibiy qismidir.
Davlatning tuzilish shakliga ko‘ra: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) ko‘rinishlari mavjud.
Unitar tuzilishdagi davlat yagona bo‘lib, u tarkibiy qismlari suverenitet belgilariga ega bo‘lmagan ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘ladi. Bunday davlatga xos belgilar quyidagilar:
- qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyati organlari yagona tizimining mavjudligi;
- yagona konstitutsiya, qonunchilik, soliq, moliya tizimlarining mavjudligi;
- yagona fuqarolikning joriy etilganligi;
- barcha tashqi munosabatlar markaziy organlar tomonidan amalga oshirilishi.
Federatsiya - bu mustaqil bo‘lgan bir necha davlat tuzilmalarining ixtiyoriy asosda birlashgan yagona ittifoqi. Federativ davlatning milliy (Sobiq Ittifoq, muayyan darajada Rossiya Federatsiyasi) va hududiy (AQSH, Meksika, Hindiston) shakllari mavjud. Federativ davlatning quyidagi umumiy belgilari mavjud:
- federatsiya hududi uning alohida sub’ektlaridan – shtatlar, kantonlar, respublikalar, o‘lkalar va boshqa hududlardan iborat bo‘ladi;
- federatsiya va uning sub’ektlari vakolatlari doirasi ittifoq shartnomasida, konstitutsiyasida, o‘zaro vakolatlarni chegaralash to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalarda belgilab qo‘yilgan bo‘ladi;
- federatsiya sub’ektlari o‘zlarining konstitutsiyalari va qonunchilik tizimiga, oliy qonunchilik, ijro, sud hokimiyatlari tizimiga ega bo‘ladi;
- federativ davlatda ittifoq fuqaroligi bilan bir qatorda sub’ektlarning ham fuqaroligi bo‘lishi mumkin;
- federativ davlat parlamenti asosan ikki palatali bo‘lib, yuqori palata asosan federatsiya sub’ektlarining manfaatlarini himoya qiladi;
- tashqi siyosat, qurolli kuchlarga yagona qo‘mondonlik, mudofaa, moliya, soliq tizimlariga rahbarlikni asosan federal davlat organlari amalga oshiradi.
Konfederatsiya deganda siyosiy, harbiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda muayyan maqsadlarga erishish uchun tashkil qilinadigan davlatlarning muvaqqat ittifoqi tushuniladi. Uning quyidagi belgilari mavjud:
- konfederatsiya suverenitetga ega bo‘lmaydi, chunki u mustaqil davlatlarning ittifoqidir;
- konfederatsiyada markaziy davlat apparati va yagona qonunchilik tizimi mavjud bo‘lmaydi;
- konfederatsiya doirasida u yoki bu muammolarni hal qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida ittifoq organlari tashkil etilishi mumkin;
- konfederatsiyaga birlashgan davlatlarning o‘z fuqaroligi saqlanib qolinadi, lekin bu davlatlarning fuqarolari konfederatsiya hududida erkin harakatlanish (viza va boshqa rasmiyatchiliklarsiz) huquqiga ega bo‘ladilar;
- konfederatsiyada yagona soliq tizimi, byudjet va armiya mavjud bo‘lmaydi, lekin konfederatsiya sub’ektlari muayyan muddatga yagona pul tizimi, bojxona qoidalari, davlatlararo kredit siyosati, konfederatsiya maqsadlari uchun byudjet tizimini tashkil qilishlari mumkin;
- konfederativ davlatlar uzoq muddatga saqlanib qolmaydi, bunda ular keyinchalik federatsiyaga aylanishi yoki umuman tarqalib ketishi mumkin.

47. Normativ huquqiy hujjatlarni (qonunchilikni) tizimlashtirish huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, qonunchilikni eskirgan aktlar va o‘zaro qarama-qarshi normalardan halos etish, normativ hujjatlardan foydalanishni engillashtirish va soddalashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishning bir qator turlarini mavjud.Masalani atroflicha tahlil qiling.



Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling