Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan
Javob: SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan
Download 312.95 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob:Huquqni amalga oshirish shakllari
- Huquqni amalga oshirish sub’ektlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lish mumkin
Javob: SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquqni amalga oshirish jarayonida shunday holatlar uchraydiki, bunda huquq normasini sharhlovchi sub’ekt bir qarashda qonun matnidan kelib chiqadigan normaning haqiqiy mazmunini mumkin bo‘lganidan yo torroq, yoki aksincha kengroq tushunish lozim bo‘ladigan vaziyat bilan to‘qnashadi. SHu bois huquq normalarini aynan, kengaytirilgan va cheklangan sharhlash zarurati tug‘iladi.
Huquq normalarini aynan sharhlash sharhlanayotgan huquq normasi ma’nosini tushunish huquq manbai matniga to‘liq mos kelishida o‘z ifodasini topadi. Bunday sharhlashning natijasi huquqiy ko‘rsatmaning so‘zlardagi ifodasiga to‘liq mos keladi. YA’ni qonun shakli bilan uning mazmuni bir-biriga to‘g‘ri kelganligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Kengaytirilgan sharhlash huquq normasi ma’nosi uning matndagi ifodasidan kengroq bo‘lgan holatlarda amalga oshiriladi. Kengaytirilgan sharhlashni talab qiluvchi holatlar ro‘yxatida ko‘pincha “va hokazo”, “va boshqalar” degan so‘zlar uchraydi. CHeklangan sharhlashda huquq normasining so‘zda ifodalangan va rasmiylashtirilgan ma’nosi uning mantiqiy ma’nosi va mazmunidan keng bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Ayrim hollarda huquq normasining mazmuni uning matndagi ifodasidan torroq bo‘lishi mumkin. 81.Huquqdorlik tushunchasi tarkibida huquqiy layoqat muhim belgilovchi o‘rinni egallaydi. Muomala layoqati bilan delikt layoqati esa undan kelib chiqadi. Ba’zi olimlar shaxs huquq layoqatiga ega bo‘lmasa, huquqni amalga oshirishga oid harakat yoki u bilan bog‘liq javobgarlik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlashadi. Lekin muoamala layoqatiga ega bo‘lmagan yoki muomala layoqati vaqtincha cheklangan shaxslar ham bo‘lib, ularga ham huquqni amalga oshirishga oid harakatlari mavjud hisoblanadi. Huquqni amalga oshirish shakllarini muhokama qiling va holat bo‘yicha fikrlaringizni asoslab bering. Javob:Huquqni amalga oshirish shakllari:Huquqni amalga oshirishning normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan qoidalarni qo‘llanish darajasiga ko‘ra: huquqiy faoliyat davomida amalga oshiriladigan umumiy vazifalar va tamoyillar o‘z ifodasini topgan qonunlar hamda moddalarning muqaddimalarida ko‘zda tutilgan umumiy ko‘rsatmalarni tatbiq etish; huquq sub’ektlarining huquqiy maqomini va vakolatlar doirasini o‘rnatuvchi umumiy normalarni tatbiq etish; muayyan huquqiy munosabatlarga oid huquq normalarini tatbiq etish. Huquqni amalga oshirish sub’ektlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:individual; jamoatomonidan. Huquq sub’ektlari faoliyati xarakteriga ko‘ra huquqni amalga oshirish quyidagicha tasniflanadi:Huquq normalariga rioya qilish. Huquq normalarini bajarish. Huquq normalaridan foydalanish. Huquq normalarini qo‘llash. 82. O‘zbekiston Respublikasida ham qonun hujjatlarida bo‘shliq mavjud bo‘lsa qonun yoki huquq analogiyasi qo‘llanilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5-moddasiga asosan fuqarolik huquqiy munosabatlari qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonun hujjatlarining o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi), Qonun va huquq analogiyasini muhokama qiling. Javob: Huquq analogiyasi – bu muayyan yuridik ish (munosabat)ni huquqning asosiy tamoyillari va ma’nosidan kelib chiqqan holda ko‘rib hal etish. Qonun analogiyasi – bu o‘z ahamiyati va harakatlariga ko‘ra o‘xshash bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni (o‘zini emas) tartibga solishga qaratilgan muayyan yuridik ishni huquq normalari asosida hal etish. Huquqni qo‘llash sub’ektlari qonun va huquq analogiyasidan foydalanishda quyidagi bir qator talablarga rioya qilishlari lozim: birinchidan, ko‘rib chiqilayotgan ish (munosabat) huquqiy tartibga solish doirasida bo‘lishi va uning huquqiy hal etilishining talab qilinishi; ikkinchidan, qonun hujjatlarida tegishli huquq normasining mavjud emasligi; uchinchidan, qonun hujjatlarida o‘xshash vaziyatlarni tartibga soluvchi normalarni topish va shu asosda ishni hal etish (qonun analogiyasi), agar bunday norma mavjud bo‘lmagan holatlarda huquqning umumiy tamoyillariga asoslanib ishni hal etish (huquq analogiyasi); to‘rtinchidan, ish bo‘yicha chiqarilgan huquqni qo‘llash hujjatida tegishli vaziyat yuzasidan qonun yoki huquq analogiyasini qo‘llash zaruratini asoslantirgan holda tushuntirish berish. 83. Davlat funksiyalari taraqqiyotning u yoki bu bosqichida jamiyat oldida turgan asosiy vazifalarga qarab belgilanadi va bu vazifalarni ro‘yobga chiqarishning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, mamlakat iqtisodiy sohasidagi tanglik hodisalari davlatning, uning barcha organlarining kuch-g‘ayratini iqtisodiy vazifalarni hal qilishga jalb etishni talab qiladi. Davlat o‘z funksiyalarini amalga oshirishda muayyan shakl va usullardan foydalanadi. Davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllarining huquqiy va huquqiy xususiyatga ega bo‘lmagan turlari mavjud. Davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllariga huquqiy baho bering va masalani atroflicha yoriting. Javob: Davlat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllari bo‘yicha quyidagilarga bo‘lish mumkin: huquq ijodkorligi; ijro etish; huquqni muhofaza qilish. Huquq ijodkorligi bu normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ularni qabul qilish bo‘lib, mazkur faoliyatsiz davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirib bo‘lmaydi. Huquqni ijro etish funksiyasi normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan qoidalarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. Bunda qonunchilikda belgilangan talablarni kundalik hayotda bajarishga va boshqaruv xarakteriga ega bo‘lgan turli xil masalalarni hal qilishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi. Huquqni muhofaza qilish faoliyatiga huquq-tartibotni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora ko‘rish, yuridik ishlarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish kabilarni kiritish mumkin. Bundan tashqari, dalat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy bo‘lmagan shakllari ham mavjud. Davlat funksiyalarini amalga oshirishning ushbu shakllariga quyidagilar kiradi: 1) tashkiliy-tartibga soluvchi – davlat organlarining hujjatlar loyihalarini tayyorlash, saylovlarni tashkil etish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat bilan bog‘liq faoliyat; 2) tashkiliy-xo‘jalik – kreditlash, ta’minot, statistika, buxgalterlik hisobi bilan bog‘liq bo‘lgan tezkor-texnik va xo‘jalik ishlari; 3) tashkiliy-mafkuraviy – yangi qabul qilingan normativ- huquqiy hujjatlarni tushuntirish, ijtimoiy fikrni shakllantirish, aholiga murojaat qilish kabi davlat organlarining turli funksiyalarini mafkuraviy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq faoliyat. 84. Tarixda yirik davlatlar vujudga keliishining ikki yo‘li bo‘lgan. Har ikki yo‘l bir necha yoki ko‘pchilik alohida davlatlarning birlashuvidan boshlanadi. Birinchi yo‘l muayyan iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy maqsadlarga erishish maqsadida shartnomaviy birlashuv (federatsiya yo‘li); ikkinchisi – unitar davlatga iqtisodiy va madaniy chatishib ketadigan siyosiy qo‘shilishyo‘li. Federatsiya tushunchasi haqida ko‘pchilikning tasavvuri vatushunchasi noxolis yoki mavhum bo‘lib, ayrimlarning fikricha,federatsiyaga birlashish go‘yoki, federatsiya tarkibidagi mavqeiyuqori bo‘lgan davlatga qaram bo‘lib qolishni nazarda tutadi. Aslida, federatsiya turli tarixiy davrlarda bir necha kichik davlatlarning tashqi xavfdan mudofaalanish maqsadida birlashuvi natijasida yuzaga kelgan. Davlatning tuzilish shaklining federativ turini unitar turidan farqli tomonlarini muhokama qiling va misollar keltiring. Javob:Federativ tuzilishga ega bo‘lgan davlat – bu mustaqil bo‘lgan bir necha davlat tuzilmalarining ixtiyoriy asosda birlashgan yagona ittifoqi. Federativ davlatning milliy, hududiy (AQSH, Meksika, Hindiston) va milliy-hududiy (Rossiya Federatsiyasi) shakllari mavjud. Federativ davlatning umumiy belgilari: • federatsiya hududi uning alohida sub’ektlari (shtatlar, kantonlar, respublikalar, o‘lkalar va boshqalar) hududlaridan tashkil topgan bo‘ladi; • davlat hokimiyati organlari – oliy qonun chiqaruvi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federatsiya va sub’ektlar miqyosida ikki pog‘onali bo‘ladi; • federatsiya va uning sub’ektlari vakolatlari konstitutsiyasida, ittifoq shartnomasi yoki o‘zaro vakolatlarni chegaralash to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalarda belgilab qo‘yilgan bo‘ladi; • federatsiya sub’ektlari o‘zlarining konstitutsiyalari va qonunchilik tizimiga, oliy qonunchilik, ijro, sud hokimiyatlari tizimiga ega bo‘ladi; • federativ davlatda ittifoq fuqaroligi bilan bir qatorda sub’ektlarning ham fuqaroligi bo‘lishi mumkin; • federativ davlat parlamenti asosan ikki palatali bo‘lib, yuqori palata asosan federatsiya sub’ektlarining manfaatlarini ifodalaydi, himoya qiladi; • tashqi siyosat, qurolli kuchlarga yagona qo‘mondonlik, mudofaa, moliya, soliq tizimlariga rahbarlikni asosan federal davlat organlari amalga oshiradi. 85. Huquq fanining umumnazariy muammolari orasida huquqiy normalarni ifodalash hamda mustahkamlash shakllari rasman-yuridik mazmundagi huquq manbai sifatida belgilanadi. Huquq manbaining bunday talqini ma’lum darajada shartli bo‘lib, ushbu tushuncha boshqacha ma’noga ham ega bo‘lishi mumkin. Masalan, huquq manbai deganda, huquqiy normalar mazmunini belgilovchi ijtimoiy omillarni; huquqni bevosita ijod qiluvchi kuch bo‘lgan davlatni; huquq to‘g‘risidagi axborot manbalarini (qonunchilik asoslari, huquq fani bo‘yicha darsliklar va hokazolarni) tushunish mumkin. Huquq manbasining o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha muhokama qiling, misollar yordamida yoritib bering. Javob: Huquqning manbasi deganda umumiy ma’noda huquqni ifoda etilish shakli tushuniladi. Huquqiy hodisa sifatida huquq manbasini uch xil ma’noda tushunish mumkin: moddiy ma’noda – bu jamiyatdagi mulkchilik shakllari, moddiy shart-sharoitlar, jamiyat a’zolarining qiziqishlari va manfaatlari; mafkuraviy ma’noda – bu turli huquqiy mafkura va ta’limotlar, huquqiy ong; maxsus yuridik ma’noda – bu huquqning shakllari. Huquqning quyidagi shakllari mavjud: huquqiy odat, normativ-huquqiy hujjat, huquqiy pretsedent, normativ shartnomalar va boshqalar. 86. Hozirgi zamon ta’limoti urf-odatni nohuquqiy va huquqiy turlarga ajratadi. Olimlarning aksariyati, nohuquqiy urf-odat shunday urf-odatki, yo huquq hali tarixan tarkib topmagan joyda (urug‘ qabilasi urf-odati), yoxud davlatga uyushgan yoki unga o‘tayotgan jamiyatda amal qilarkan, nohuquqiy sohani (masalan, odob-axloq sohasini) tartibga soladi. Davlat sanksiyasini olgan va shuning oqibatida huquq manbai sifatida e’tirof etilgan odat huquqiy odat deb tushuniladi. Huquq manbasi sifatida huquqiy odatning o‘ziga xos tomonlarini boshqa huquq manbalariga taqqoslagan holda muhokama qiling. Javob: Huquqiy odat – uzoq davr mobaynida amalda bo‘lish natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir. Har qanday odat ham huquqiy odatga aylana olmaydi, balki ma’lum bir guruh yoki butun jamiyatning manfaatlariga javob bera oladigan va davlat tomonidan sanksiyalangan odatgina huquqiy odat bo‘lishi mumkin. Huquqning manbalari tizimida huquqiy odatning roli va o‘rni turli davlatlarda turlicha bo‘lgan. Davlat yuzaga kelishi bilan qonunlar, farmoyishlar, sud pretsedentlari, ma’qullangan urf-odatlar va hokazolar ko‘rinishida o‘rnatilgan pozitiv huquq tizimini shakllantirgan. Lekin maxsus siyosiy tashkilot sifatida davlat vujudga kelgunga qadar ham insoniyatga odat huquqi normalari bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning muayyan tajribasi shakllangan edi. 87. Huquq ijodkorligi o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat irodasini qonunga, umummajburiy ahamiyatga molik yuridik ko‘rsatmalarga nisbatan namoyon qilishni nazarda tutadi. Huquq ijodkorligi rivojlanishining hozirgi bosqichida, eng avvalo, referendum yo‘li bilan bevosita mamlakat aholisi tomonidan huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoxud davlat va boshqa boshqaruv organlari tomonidan huquqiy normalarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlarni nashr etish yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ba’zi mamlakatlarda huquq ijodkorligining shakllaridan biri sud pretsedenti hisoblanadi. Huquq ijodkorligining referendum va sud pretsedenti shakllarini muhokama qiling. Download 312.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling