Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob.M.K.Najimovning “Norma ijodkorligi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet37/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob.M.K.Najimovning “Norma ijodkorligi” nomli darsligiga asosan,Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish murakkab va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan mas’ul vazifadir. Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilishda qator talablarga amal qilinishi lozim. Bunday talablar yuridik texnika qoidalarni qo‘llashda namoyon bo‘ladi. YUridik texnika – bu vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, rasmiylashtirish, amaldagilariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, eskilarini bekor qilishda hamda individual yuridik hujjatlar, ya’ni huquqni qo‘llash hujjatlarini qabul qilish jarayonida foydalaniladigan uslublar, usullar, yo‘llar va vositalar, shuningdek amaliy ko‘nikmalar majmuidan iborat. YUridik texnikaning eng muhim talablaridan biri – bu har bir yaratilgan qonun, eng avvalo, mantiqiy izchillikka asoslangan holda bir-biriga bog‘liq va har biri oldingi normaning mazmunidan kelib chiqadigan normalar tizimidan iborat bo‘lishidir. YA’ni har bir norma yaxlit bir tizimning mustaqil, biroq o‘zigacha va o‘zidan keyingi normalarga mazmunan bog‘liq birligi sifatida joylashtirilishi lozim.

79. Huquqni amalga oshirish – bu davlat tomonidan yuridik jihatdan mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarning amalga oshirilishi bo‘lib, huquq normalarini kishilar va ularning tashkilotlari faoliyatida hayotga tadbiq etilishidir.


Huquqni amalga oshirishni tasniflang va uning turlarini izohlang.
Javob: Huquqni amalga oshirish – bu davlat tomonidan yuridik jihatdan mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarning amalga oshirilishi bo‘lib, huquq normalarini kishilar va ularning tashkilotlari faoliyatida hayotga tatbiq etilishidir. Huquq sub’ektlari faoliyati xarakteriga ko‘ra huquqni amalga oshirish quyidagicha tasniflanadi: Huquq normalariga rioya qilish. Huquq normalarini bajarish. Huquq normalaridan foydalanish. Huquq normalarini qo‘llash.

80.Huquq normalarini aynan sharhlash sharhlanayotgan huquq normasi ma’nosini tushunish huquq manbai matniga to‘liq mos kelishida o‘z ifodasini topadi. Bunday sharhlashning natijasi huquqiy ko‘rsatmaning so‘zlardagi ifodasiga to‘liq mos keladi.


Huquq normalarini hajmiga ko‘ra sharhlashni amaliy ahamiyatini tushuntiring va turlarini ko‘rsatib bering.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling