Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan
Javob:X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan
Download 312.95 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)
Javob:X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquq tizimi - bu ijtimoiy munosabatlarning xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan huquqning ichki tuzilishi bo‘lib, u huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalarining qat’iy ilmiy izchillikda joylashgan tartibidir.
Huquq tizimining quyidagi elementlari mavjud: 1) huquq normasi; 2) huquq instituti; 3) huquq sohasi. Huquqiy tizim deganda esa bir mamlakat doirasida amal qiluvchi ob’ektiv huquq tushuniladi. Boshqacha aytganda, muayyan mamlakatning huquqiy tizimi ushbu davlatning hududida amal qiladigan va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqdir. Bugungi kunda siyosiy xaritada 200 dan ortiq davlat mavjudligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, demak shuncha huquqiy tizim shakllangan. Huquqiy tizimning tarkibiy elementlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: normativ xususiyatga ega bo‘lgan tarkibiy elementlar (huquq,huquq tizimi, huquqiy prinsiplar, huquqning manbalari); harakatda (muayyan jarayon orqali) ifodalanadigan tarkibiy elementlar (huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash jarayoni, huquqiy munosabatlar, huquqiy tartibga solish mexanizmi); g‘oyaviy – mafkuraviy mazmunga ega bo‘lgan elementlar (huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy mafkura, huquqiy siyosat, yuridik fan, qonuniylik muhiti va huquqiy tartibot rejimi); 4) tashkiliy – tarkibiy elementlar (yuridik muassasalar: huquqiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar). Demak, huquq tizimi va huquqiy tizim ayni tushunchalar emas, ular o‘rtasida o‘ziga xos nisbat bor. 49. Huquqdorlik tushunchasi tarkibida huquqiy layoqat muhim belgilovchi o‘rinni egallaydi. Muomala layoqati bilan delikt layoqati esa undan kelib chiqadi. Ba’zi olimlar shaxs huquq layoqatiga ega bo‘lmasa, huquqni amalga oshirishga oid harakat yoki u bilan bog‘liq javobgarlik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlashadi. Lekin muomala layoqatiga ega bo‘lmagan yoki muomala layoqati vaqtincha cheklangan shaxslar ham bo‘lib, ularga ham huquqni amalga oshirishga oid harakatlari mavjud hisoblanadi. Masalani atroflicha muhokama qiling. Javob: Huquqdorlik tarkibida huquq layoqati, muomala layoqati tushunchalari muhim o‘rin egallaydi. Zero, ular shaxsning ma’lum bir huquqiy munosabatlarga kirisha olish yoki kirisha olmaslik mezonlarini belgilab beradi. Huquq layoqati deganda shaxsning qonunda nazarda tutilgan sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘lish layoqati tushuniladi. Fuqarolarning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. YUridik shaxslarda esa huquq layoqati uning ustavi tasdiqlangan paytdan boshlab vujudga keladi. Muomala layoqatideganda fuqaro yoki yuridik shaxsning o‘z harakatlari bilan huquqqa ega bo‘lish va o‘zi uchun majburiyatlar yaratish qobiliyati tushuniladi. Muomala layoqati – bu shaxsning o‘z hatti-harakati orqali huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishining qonunda belgilangan (tan olingan) imkoniyati. Muomala layoqati faqat sud tomonidan cheklanishi mumkin. Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish (muomala layoqati) u voyaga etgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach, to‘la hajmda vujudga keladi. Delikt layoqati deganda shaxsning ma’lum bir huquqbuzarlik uchun javobgar bo‘la olish qobiliyati tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga asosan ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi. To‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmagan voyaga etmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27,29-moddalarida nazarda tutilgan ma’lum turdagi fuqarolik harakatlarini amalga oshirishlari mumkin. 50. Ma’lumki, tegishli qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlarning turlari va ularni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan sub’ektlar qat’iy belgilab qo‘yilgan. SHu bilan birga, normativ-huquqiy hujjatlardagi huquq normalari tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan muayyan ishga nisbatan qaror chiqarish (qo‘llash) jarayonida hayotga tatbiq etiladi. SHunday vaziyatda ayrim huquqni qo‘llovchi sub’ektlar huquqni qo‘llash hujjatida aks etgan (kazual) sharh va huquq ijodkorligi sub’ekti yaratgan huquq normasi mazmuni o‘rtasida tafovut yuzaga kelsa qay biri ustuvor huquqiy ahamiyatga egaligi bo‘yicha tasavvurga ega emas. Vaziyatga huquqiy baho bering. Huquqiy asoslarini atroflicha muhokama qiling. Download 312.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling