Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet40/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, prezumpsiya lotincha “praesumtio” so‘zidan olingan bo‘lib, taxminga asoslangan “faraz” degan ma’noni anglatadi. Prezumpsiya – aksi tasdiqlanmaguncha biror dalilni yuridik jihatdan to‘g‘ri deb hisoblash. Normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilayotganida, ya’ni kishilar xatti-harakatlarida ro‘yobga chiqayotganida moddiylikka ko‘chadi. Biroq rasmiy huquqiy talabning bajarilishi faqat bajaruvchi tomonidan uning mazmuni tushunilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.
Prezumpsiyalarni huquqiy mustahkamlanganlik faktiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
– faktik, ya’ni qonunchilikda o‘z ifodasini topmagan va yuridik ahamiyatga ega bo‘lmagan, lekin muayyan yuridik ishlarni amalga oshirishda e’tiborga olinadigan prezumpsiyalar;
qonuniy prezumpsiyalar;
– preyuditsiya, ya’ni oldin muayyan ishlar bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari yoki hukmi bilan o‘rnatilgan faktik dalillar va tekshiruvlarni ishni ko‘rib chiqayotgan sudlar tomonidan tan olish majburiyligi.
Prezumpsiyalarni amal qilish doirasiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Umumhuquqiy prezumpsiyalar;
2. Huquq sohalariga tegishli bo‘lgan prezumpsiyalar.

90. Huquqiy ong ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo‘lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his-tuyg‘ular, tasavvurlar yig‘indisi xisoblanadi. O‘z o‘rnida huquqiy ongning tarkibiy elementlari va turlari mavjud.


Huquqiy ongning tarkibiy elementlarini atroflicha muxokama qiling.
Javob:X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquqiy ong – bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo‘lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his-tuyg‘ular, tasavvurlar yig‘indisidir.
Huquqiy ongning asosiy tarkibiy elementlari: huquqiy ruhiyat (psixologiya) va huquqiy mafkura (ideologiya).
Huquqiy ruhiyat (psixologiya) – bu alohida ijtimoiy guruh, shaxs yoki butun jamiyatda stixiyali ravishda vujudga keladigan huquqiy tuyg‘ular, hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan huquqiy ongning tarkibiy elementi. Huquqiy ruhiyat jamiyatdagi mavjud huquqiy muhitning bevosita ta’siri ostida vujudga keladi va huquqiy ongning boshlang‘ich pog‘onasi hisoblanadi. SHaxs huquqiy ongining aynan shu darajasidan huquqiy reallikni anglash, u bilan dastlabki tanishuviboshlanadi.
Huquqiy mafkura – bu muayyan ijtimoiy guruhlarning, jamiyatning huquqiy qarashlari, g‘oyalari, tasavvurlari va talablarining ilmiy tizimlashtirilgan ifodasidir. Huquqiy mafkura g‘oyalar, konsepsiyalar, huquqiy tamoyillar, huquqni rivojlantirish istiqbollarini baholash, huquqiy aktlarni qabul qilishning maqsadlari, vazifalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

1Миллий қонунчилик базаси - https://lex.uz/docs/5378966

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling