Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalaridan olingan bo‘lib


Download 312.95 Kb.
bet35/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalaridan olingan bo‘lib, bu yuridik texnikada til qoidalariga to‘g‘ri keladi. Mazkur til qoidalariga amal qilish YUridik texnikaning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bunday holatlarning mavjudligi normativ-huquqiy hujjatning huquqiy ekspertiza natijalari salbiy chiqishiga olib keladi. SHuningdek, norma ijodkorligi sub’ektiga intizomiy chora qo‘llanilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu borada mamlakatimizda qat’iy ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik holatlari mavjud emas.

71. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida maydonga chiqadi. U bir tomondan, ijtimoiy yo‘nalish va mazmunga, ikkinchi tomondan, yuridik voqelikni, davlat va huquq hodisalarini ilmiy, nazariy jihatdan tahlil etish xususiyatiga ega.


Mazkur fanning yuridik fanlar tizimidagi o‘rnini muhokama qiling va atroflicha yoriting.
Javob: Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq nazariyasining boshqa huquqiy fanlar bilan aloqasi aynan shundan kelib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi maxsus va amaliy huquqiy fanlarning aniq materiallariga tayanadi, ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi. Umumiy va fundamental fan sifatida huquqshunoslikning asosiy tushuncha va qoidalarini ishlab chiqadi, masalan, jamiyat, davlat, huquq, davlat mexanizmi, davlat organi, demokratiya, qonunchilik, huquqiy ong, huquqiy tartibot, huquqbuzarlik, yuridik javobgarlik, huquqiy munosabatlar va boshqalar shular jumlasidandir.

72. Davlatning shakllari muayyan tarixiy sharoitlarga, jamiyatning ijtimoiy tuzumiga, iqlim va boshqa sharoitlariga, aholining ijtimoiy tarkibiga, siyosiy kuchlar nisbatiga bog‘liq ravishda turli-tuman bo‘lishi mumkin. Davlat shakli – bu uning uch tarkibiy qismi - boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli birlikda olingan siyosiy hokimiyat tashkiloti hisoblanadi.


Ushbu holatda, davlat shaklining tarkibiy qismlarini muhokama qiling va izohlab bering.
Javob: Davlat boshqaruv shakli – bu davlat hokimiyatining oliy organlarini tashkil etish hamda ushbu organlarning o‘zaro va aholi bilan bo‘lgan munosabatlarini belgilovchi davlat shaklining tarkibiy qismi. SHuningdek, muayyan mamlakatda davlat boshlig‘i (monarx yoki prezident)ning huquqiy maqomi bilan bog‘liq masalalar ham davlat boshqaruv shaklining mazmuni tarkibiga kiradi. Davlat boshqaruv shakliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: monarxiya va respublika.
Davlatning tuzilish shakli – bu davlatning siyosiy va ma’muriy-hududiy tuzilishi bo‘lib, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tavsiflaydigan davlat shaklining tarkibiy qismidir. Davlatning tuzilish shakliga ko‘ra: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) ko‘rinishlari mavjud.
Siyosiy (davlat) rejim(i) – bu siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirishda qo‘llaniladigan usul, uslub va vositalar yig‘indisidir. Siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan o‘zaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo‘ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday,davlatorganlari o‘z hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo‘yicha amalda qanday rol o‘ynaydi degan savollarga javob beradi. Siyosiy rejimlar ikki xil ko‘rinishdagi, ya’ni demokratik va nodemokratik turlarga bo‘linadi.

73. Axloq normalari adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, maqtov va isnod, jamiyat tomonidan rag‘batlantiriladigan yoki qoralanadigan xatti-harakatlar, or-nomus, vijdon, burch, qadr-qimmat va boshqa mezonlarda ijtimoiy hayot sharoitlarining bevosita ta’siri sifatida kishilar ongida shakllanadigan qarashlar, tasavvurlar va qoidalardir.


Mazkur ta’rifdan kelib chiqib, axloq normalarini jamiyat hayotida tutgan o‘rni hamda huquq normalari bilan o‘zaro farqli jihatlarini izohlang.
Javob:Huquq va axloq normalari bir-biridan quyidagi jihatlar bo‘yicha farqlanadi:

Huquq va axloq bir-biridan, eng avvalo, o‘rnatilishi, shakllanish usullari va manbalari bo‘yicha farq qiladi.
Huquq va axloq normalari ta’minlash usullari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
Huquq va axloq normalari ifoda etish shakliga ko‘ra farq qiladi.
Axloq va huquq normalari kishilar ongiga ta’sir etish xususiyati va usullariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Huquq va axloq normalari ularni buzganlik uchun javobgarlik mohiyati va tartibi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
Huquq va axloq normalari amal qilish sohalari bo‘yicha farq qiladi.

74. Siyosiy rejim tushunchasi davlat hokimiyatining aholi bilan o‘zaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshirilishi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo‘lishi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qandayligi hamda davlat organlarining o‘z faoliyatlarini qanday amalga oshirishi kabi tushunchalar bilan uzviy bog‘liq.


Siyosiy rejimning turlari va o‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha izohlab bering.
Javob: Siyosiy (davlat) rejim(i) – bu siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirishda qo‘llaniladigan usul, uslub va vositalar yig‘indisidir. Siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan o‘zaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo‘ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday,davlat organlari o‘z hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo‘yicha amalda qanday rol o‘ynaydi degan savollarga javob beradi. Davlat va huquq nazariyasi davlatchilikning ko‘p asrlik tarixida ma’lum bo‘lgan siyosiy rejimlarning bir qator turlarini ajratib ko‘rsatadi. Siyosiy rejim ikki xil ko‘rinishdagi, ya’ni demokratik va nodemokratik turlarga bo‘linadi.

75. Har qanday ijtimoiy hodisa kabi huquq ham ma’lum shaklda o‘z ifodasini topadi. Huquq shaklini tahlil etish xalq irodasini qonun darajasiga qanday usullar bilan ko‘tarilganligini anglashga ko‘maklashadi. Huquq shakli, davlat irodasining hamma uchun majburiylik usuliga qarab belgilanadi.


SHu ma’noda, huquqiy odat, yuridik pretsedent, normativ-huquqiy akt va normativ shartnomaning o‘ziga xos xususiyatlarini muhokama qiling.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling