Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy xujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida


Download 312.95 Kb.
bet34/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy xujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida normativ huquqiy xujjatlar turlari qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarini kiritgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ham normativ huquqiy-xujjat hisoblangani bois qonunchilik texnikasida keltirilgan qoidalarga rioya qilgan holda ishlab chiqarilishi va qabul qilinishi kerak.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.01.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi ayrim muassasalari tashkiliy- shtat tuzilmasini takomillashtirish va faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4558-sonli qarori normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2020 yildagi
“O.A. Nazarbekovni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirining Birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etish to‘g‘risida”gi 4571-sonli qarori esa huquqni qo‘llash hujjati hisoblanadi.
4558-sonli qaror va 4571-sonli qarorlar tuzilishi jihatidan belgilangan qonun normalari asosida ishlab chiqiladi. Ammo, ikkala qarorlarning qabul qilinish jarayoni va ijrosi bir-biridan farqlanadi. Masalan: 4558-sonli qaror umumiy tarzdagi majburiy xarakterga ega normativ hujjat hisoblansa, 4571-sonli qaror maxsus tarzdagi majburiy xarakterga ega hujjat hisoblanadi.

53. Dars jarayonida talaba Komilov Fuqarolik ishlari bo‘yicha hal etiladigan masalalarga ko‘ra sud qarorlari ikki turga: hal qiluv qarorlari va ajrimlarga bo‘linishini ta’kidladi, ammo talaba Polvonov uning fikriga qo‘shilmasligini, yuqorida aytilgan hujjatlardan boshqa turlari ham borligini ta’kidladi.


Qonun hujjatlariga asoslanib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha hal etiladigan masalalarga ko‘ra sud qarorlarning turlarini va ularning yuridik – texnik qoidalarining o‘ziga xos jihatlarini bayon eting hamda amaliy misolar bilan fikringizni asoslang.
Javob: Biz kazusimizdagi holatda talabalarning Fuqarolik ishlari bo‘yicha hal etiladigan masalalarga ko‘ra sud qarorlarining turlarga bo‘lish masalasida tortishib qolganligiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu vaziyatda biz birinchi navbatda fuqarolik huquqi bo‘yicha qonunlarga murojaat qilamiz.O‘zbeksiton Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksining 6-moddasida sud hujjatlariga ta’rif berib o‘tilgan. Unga ko‘ra:
Sud ko‘rilayotgan va hal etilayotgan masala bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi.
Sud qonunda o‘zining vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror chiqaradi. Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha hal etiladigan masalalarga ko‘ra sud qarorlarning yuridik texnik qoidalari huquqni qo‘llash hujjatlarida belgilangan bosqichlar kabi talqin qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlarda bo‘lganligi kabi sud hujjatlari ham o‘z rekvizitlariga ega bo‘lishi lozim. Sud hujjatlarida ham hujjatning nomi, uni imzolagan sud tarkibi, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, sudning manzili va boshqa ma’lumotlar keltiriladi.
Bundan tashqari, huquqni qo‘llash hujjatlarida bo‘lganligi kabi sud hujjatlarida ham kirish qism, tavsiflovchi qism, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat. Bunga misol tariqasida sudning istalgan ish bo‘yicha hal qiluv qarorini olishimiz mumkin. Unga ko‘ra:
Hal qiluv qarorining kirish qismida ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan vaqt va joy, hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining bayon qismi o‘zida da’vogarning talabi, javobgarning e’tirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari ko‘rsatilishi kerak. Arz qilingan talab javobgar tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablardan har birini to‘liq yoki qisman qanoatlantirish to‘g‘risidagi yoxud qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosasi bo‘lishi, sud xarajatlarini taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi ko‘rsatilishi kerak deb belgilangan.

54. Huquq normalari qanchalik samarali bo‘lsa, hayot va turmush farovonligi oshadi. Har jihatdan pishiq, puxta tayyorlangan qonunlarda hayotiy va xalqchil tamoyillar ustuvor ahamiyat kasb etsa, uni amaliyotga tatbiq qilish ham samarali kechadi. Aksincha, amalga oshirishning aniq mexanizmiga ega bo‘lmagan, faqatgina umumiy masalalarni hal etadigan qonun hujjatlarini qabul qilish amalda ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi.


Qonunchilik palatasi deputatlari qonun loyihasini birinchi o‘qishda bir ovozdan qabul qilishga qaror qilishdi. Ammo, ma’ruzachi Halimov qonuniy tartiblarni ketma-ket bajarish kerakligini tushuntirdi. Ma’ruzachi Qonunchilik palatasining Reglamentiga binoan qonun loyihasini bitta o‘qishda qabul qilishning iloji yo‘qligini tushuntirdi.
Vaziyatga huquqiy echim bering. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida ko‘rib chiqish tartibini tahlil qiling.
Javob:O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida gi Qarorining 126-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch o‘qishda ko‘rib chiqadi.
Birinchi o‘qishda
qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida mazkur qonun loyihasini qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar va moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi.
Ikkinchi o‘qishda
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitasi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash vaqtida tushgan fikrlar hamda takliflarni o‘rganadi va umumlashtiradi, zarurat bo‘lganda, qonun loyihasi bo‘yicha tushgan fikrlar va takliflarning mustaqil ekspertizasini tashkil etadi.
Uchinchi o‘qishda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining kengashi qonun loyihasini qonun sifatida qabul qilish maqsadida ovoz berish uchun loyihaning uchinchi o‘qishini tayinlaydi. Agar qonun loyihasini ikkinchi o‘qish jarayonida unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, Kengash qonun loyihasi matnini deputatlarga etkazishni tashkil etadi. Uchinchi o‘qishda qonun loyihasi uni muhokama qilmay to‘laligicha ovozga qo‘yiladi. Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilayotganida unga tuzatishlar kiritilishiga hamda qonun loyihasini to‘laligicha yoki uning ayrim bo‘limlari, boblari, moddalarini muhokama qilish uchun qaytishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilinmasa, u rad etilgan hisoblanadi. Qonun loyihasi bo‘yicha to‘xtam qo‘shimcha ovoz berish o‘tkazilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonunloyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektiga yuboriladi.
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida” KonstitutsiyaviyQonuniva O‘zbekiston Respublikasi “Qonunchilik palatasining ” reglamenti asoslari bilan belgilab beriladi.
Ikkinchidan, keyingi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiningO‘zbekistonRespublikasi Qonunchilik palatasining reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida gi Qarorining 126-moddasiga ko‘ra Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch o‘qishda ko‘rib chiqadi.
Uchinchidan, qonunchilik palatasi tomonidan deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlar Qonunchilik palatasining tegishli qarorlari va zarur materiallar bilan birgalikda qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan Senatga ko‘rib chiqish uchun o‘n kun ichida yuboriladi.
To‘rtinchidan, ma’ruzachi Halimov tomonidan keltirib o‘tilgan asoslar qonuniy ekanligiini ko‘rishimiz mumkin.

55. Huquqni qo‘llash bu – vakolatli davlat organi tomonidan individual-aniq ko‘rsatma (qaror, buyruq, farmoyish) chiqarish orqali huquq normalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.


Huquqni qo‘llash aktining o‘ziga xos belgilarini va uning tarkibiy qismini yoriting. Mustaqil ravishda mahalliy davlat boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadigan huquqni qo‘llash akti loyihasini tuzilishini tushuntirib bering.
Javob:Huquqni qo‘llash akti – bu ma’lum bir yuridik ish yuzasidan muayyan shaxsning huquqlarini, majburiyatlarini va uning yuridik javobgarlik darajasini belgilovchi, huquq normalariga asoslanib vakolatli yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqariladigan huquqiy akt sanaladi. Huquqni qo‘llash akti ko‘pincha tergov, ma’muriy va sud organlarining faoliyatini amalga oshirish jarayonida vakolatli mansabdor shaxs yoki organ tomonidan qabul qilinib, uning quyidagi belgilari mavjud:
1) vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan chiqarilishi;
2) aktlarqat’iyindividuallashganligi,ularningmuayyanshaxsva hodisalarga nisbatan ekanligi;
3) davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanishi;
4) huquqni qo‘llash aktlarining bir marotaba qo‘llanilishi va shu bilan u o‘z vazifasini tamomlashi (ya’ni uning o‘z kuchini yo‘qotishi).
Huquqni qo‘llash akti quyidagi tarkiblardan iborat bo‘ladi:
1. Huquqni qo‘llash aktini qabul qilayotgan davlat organi yoki mansabdor shaxs;
2. Huquqni qo‘llash aktining nomi va raqami;
3. Qabul qilinayot huquqni qo‘llash aktining huquqiy asosi;
4. Huquqni qo‘llash aktining unda keltirilgan sub’ektlar uchun belgilangan huquq va majburiyatlar qismi;
5. Huquqniqo‘llashaktiningsuybektlaritomonidanbajarilishilozim bo‘lgan majburiyatlarning muddati va yo‘nalishlari;
6. Huquqniqo‘llashaktininge’lonqilinishiuchunshart-sharoitlar yaratilishi;
7. Huquqni qo‘llash aktining qonuniy kuchga kirish sanasi;
8. Huquqni qo‘llash aktida belgilangan tartib-qoidaning bajarilishni nazorat qiluvchi mansabdor shaxs;
Huquqni qo‘llash aktida ko‘rsatilgan ilovalar.

56. YUridik texnika dars mashg‘uloti davomida talaba SHerzod Sattorov tomonidan Markaziy bank tomonidan chiqariladigan qimmatbaho qog‘ozlar hamda naqd pullar yuridik hujjat bo‘lishi mumkin emasligi bildirib o‘tildi. Uning fikricha, naqd pul bu fuqarolik huquqiy munosabatlarni amalga oshirishda vosita sifatida foydalanilishini ta’kidlandi. Biroq talaba Dilshod Norqobilov YUridik texnikaga oid huquqiy adabiyotlardan iqtibos keltirgan holda uning fikrlarini rad etdi.


YUridik hujjat turlarini tahlil etgan holda vaziyatga huquqiy baho bering.
Javob:Normativ-huquqiy hujjatlar: Ularning xususiyati shundaki, ularda umummajburiyligi mavjud. Hozirgi davrda normativ-huquqiy hujjatlar huquqning etakchi turi hisoblanadi. YUridik hujjatlar orasida ular ustun mavqeni ega. Normativ-huquqiy hujjat - vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi yuridik hujjati hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar, ularni chiqaradigan davlat organlari va mansabdor shaxslarning mavqeiga, aktlarning yuridik kuchiga ko‘ra, quyidagi turkumlarga bo‘linadi: 1) qonunlar (Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar va joriy qonunlar); 2) Prezident farmonlari va qarorlari; 3) hukumat qarori; 4) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqaruv organlarining normativ hujjatlari; 5) mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari.
Huquqni sharhlash hujjatlari: Har doim ham qonuniy harakatlarni amalga oshirishda vosita sifatida qo‘llanilmadyi. Asosan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek huquqni qo‘llash hujjatlarini talqin etishda va amaliyotdagi noaniqlik va ziddiyatlarni bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.
YUridik faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar: Ularning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular turli xil faktlarni (xizmat staji, yoshi va hokazo) dalillashtirish uchun keng qo‘llaniladi.
Individual hujjatlar: Faqatgina ma’lum shaxs yoki shaxslar guruhi uchun majburiy bo‘lgan yuridik hujjatlar tizimi bo‘lib, o‘z navbatida ular huquqni amalga oshirish va huquqni qo‘llash hujjatlariga bo‘linadi. SHuningdek, individual hujjatlar huquqni amalga oshirishga oid hujjatlar (shartnoma, buyruq, tilxat, viksel, qimmatbaho qog‘ozlar, ariza v.b.), huquqni qo‘llash hujjatlari (ijro organlarining hujjatlari, sud va HMQO larning yuridik hujjatlari)ga bo‘linadi.
YUqoridagi tahlillardan kelib chiqib xulosa qilsak, yuridik texnikadarsmashg‘ulotidavomidatalabaSHerzodSattorovtomonidanMarkaziybank tomonidan chiqariladigan qimmatbaho qog‘ozlar hamda naqd pullaryuridik hujjat bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi fikri xato ekanliginiko‘ramiz.CHunki,qimmatbahoqog‘ozlarhamdanaqdpullarhamyuridikhujjathisoblanib,individualhujjatlarturigakiradi.SababiMarkaziy bank tomonidan chiqariladigan qimmatbaho qog‘ozlar hamda naqdpullarhuquqniamalgaoshirishgaxizmatqiladi.BuesatalabaDilshodNorqobilovningSHerzodSattorovningfikrlariniradetganligiasosliekanliginianglatadi.
Demak, Markaziy bank tomonidan chiqariladigan qimmatbaho qog‘ozlarhamda naqd pullar yuridik hujjat bo‘lib, individual hujjatlarninghuquqniamalgaoshirishshakligakiradi.

57. Davlat va huquq nazariyasi moduli bo‘yicha dars mashg‘ulotlari davomida talaba Sobirov “Norma ijodkorligi”, “Qonunchilik texnikasi” va “YUridik texnika” modullarining predmet va metodlari o‘zaro bir biriga yaqin hisoblanishini, shu sababli bu modullarni fanlar majmui sifatida Davlat va huquq nazariyasi moduli doirasida o‘tilishi maqsadga muvofiq ekanligini bildirib o‘tdi. Muqobil yo‘l sifatida ularning barchasini yagona “Huquq ijodkorligi” deb nomlanuvchi mavzuga birlashtirishni taklif etdi.


Biroq, talaba SHodiyorova Sobirovning fikriga qo‘shilmasligini, Evropa va AQSH mamlakatlarining oliy ta’lim muassasalarida “Legal writing”, “Academic writing” modullari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida esa asosan “Norma ijodkorligi” hamda “YUridik texnika” modullaridan dars mashg‘ulotlari olib borilishini tushuntirib berdi.
“Norma ijodkorligi”, “Qonunchilik texnikasi” va “YUridik texnika” modullari predmetlarini tahlil eting.
Javob:Bizga taqdim etilgan kazusda “Norma ijodkorligi”, “Qonunchilik texnikasi” va “YUridik texnika” modullari perdmetlarini tahlil etish vazifasi yuklatilgan. Mazkur modullarning predmetini tahlil etishdan, ushbu modularga ta’rif berib olamiz:
M.Boyko yuridik texnikaga quyidagicha ta’rif beradi: “YUridik texnika deganda-normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning sof texnik jihatlari ya’ni huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish va tuzish bilan bog‘liq uslubiyotga tegishli barcha masalalarni tushunish lozim”. A.X.Saidovva SH.N.Ko‘chimovlarning fikricha, “yuridik texnika - normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tuzish bo‘yicha qoida va usullar yig‘indisi, hujjatning ichki tuzilishi, uning tili va uslubi, huquqiy atamashunoslik (yuridik terminologiya), qonun loyihalarini bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilish san’ati haqidagi bilimlar majmuidir.
Norma ijodkorligiga norma ijodkori tomonidan yagona qonun hujjatlari tizimini yaratish,o‘zgartirish va uning muayyan elementlarini shakllantirish va takomillashtirish yuzasidan chiqariladigan huquq normalarini normativ-huquqiy hujjatlar matnida ifoda etishda qo‘llaniladigan tamoyillar, usul va vositalar tizimi sifatida ta’rif berish mumkin.
Qonunchilik texnikasiga qonun ijodkorligi texnikasi, ya’ni qonunshunos tomonidan yagona qonunchilik tizimini yaratish, o‘zgartirish va uning muayyan elementlarini shakllantirish va takomillashtirish yuzasidan chiqariladigan huquq normalarini normativ huquqiy hujjatlar matnida ifoda etishda qo‘llaniladigan tamoyillar, usul va vositalar tizimi sifatida ta’rif berish mumkin.
Mazkur ta’riflardan ko‘rinib turibdiki norma ijodkorligi va qonunchilik texnikasi deyarli bir xil tushunchalar chunki ularga adabiyotlarda berilgan ta’riflar ham deyarli bir xil deyishimiz mumkin. YUridik manbalarda yuridik texnikaga quyidagicha ta’rif berilgan:
YUridik texnika – bu muayyan mamlakatda vakolatli davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, rasmiylashtirish, amaldagilariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, eskilarini bekor qilishda hamda individual yuridik hujjatlar, ya’ni huquqni qo‘llash hujjatlarini qabul qilish jarayonida foydalaniladigan uslublar, usullar, yo‘llar va vositalar, shuningdek amaliy ko‘nikmalar majmuidir.

58. YUridik texnika modulidan seminar mashg‘uloti davomida talaba Karimov “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar shaklida qabul qilinishi mumkinligini tushuntirdi.


Ammo talaba Sanoevning ta’kidlashicha, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunda “konstitutsion huquq” tushunchasiga rasmiy ta’rif berilmaganligini ta’kidladi. Ammo Karimov, Qonunchilik palatasida konstitutsiyaviy qonun qabul qilish uchun alohida tartib mavjudligini qayd etib o‘tdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Normativ-huquqiy hujjatlar turlarini va ularning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qiling va konstitutsiyaviy qonunlarning maxsus yuridik texnik xususiyatlarini tushuntiring.
Javob: Birinchi navbatda, konstitutsiyaviy qonun tushunchasining nazariy jihatiga e’tibor qaratsak. Konstitutsiyaviy qonun – normativ-huquqiy hujjatlar tizimida o‘zining yuridik kuchi va ahamiyatiga ko‘ra konstitutsiyadan keyin turadigan qonun shakli. Konstitutsiyaviy qonunlar konstitutsiyada ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qabul qilinadi. Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilish tartibi joriy qonunlarni qabul qilishga qaraganda birmuncha farq qiladi. Jumladan, bunday qonunni qabul qilish uchun deputatlarning mutloq ko‘pchiligi ovozi, ya’ni uchdan ikki qism ovoz berilishi talab qilinadi. 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun ana shunday qonunlar jumlasiga kiradi. Konstitutsiyaviy qonunlarning qabul qilinishi konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga sabab bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizda 2002 yil 27 yanvar kuni o‘tkazilgan referendum natijalariga muvofiq “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi va ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII, XIX, XX, XXII boblariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Konstitutsiyaviy qonunlar alohida normativ-huquqiy hujjat sifatida konstitutsiya bilan birga xarakatda bo‘lib, uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Bevosita kazusga echimiga quyidagilar orqali javob bersa bo‘ladi. Birinchidan,talabaKarimov“Normativ-huquqiyhujjatlarto‘g‘risida”giqonungabinoan,O‘zbekistonRespublikasiningqonunlarikonstitutsiyaviyqonunlarshaklidaqabulqilinishimumkinliginitushuntirdi.UshbuxolatgaasossifatidaO‘zbekistonRespublikasining2021 yil20apreldaqabulqilingan“Normativ-huquqiyhujjatlarto‘g‘risida”giQonunining9-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari huquqiy prinsiplar va normalarni mustahkamlovchi, birlashtiruvchi, tizimlashtiruvchi, shuningdek ijtimoiy munosabatlar eng muhim sohasining huquqiy jihatdan kompleks tartibga solinishini ta’minlovchi kodekslar tarzida qabul qilinishi mumkin.
Ikkinchidan,KarimovQonunchilikpalatasidakonstitutsiyaviyqonunqabul qilish uchun alohida tartib mavjudligini qayd etilganini takidladi.UshbusavolgajavobtopishdaO‘zbekistonRespublikasiOliyMajlisiQonunchilikpalatasining2005yil28iyuldagi102-I-sonliQaroribilanqabulqilinganO‘zbekistonRespublikasiOliyMajlisiQonunchilikpalatasining Reglamentto‘g‘risida»gi Qonunida keltirilgan.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,o‘zdavlathokimiyatiningoliyvakillikorganiorqaliQoraqalpog‘istonRespublikasi,O‘zbekistonRespublikasiOliyMajlisiningQonunchilikpalatasideputatlari,O‘zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasi,O‘zbekistonRespublikasiningKonstitutsiyaviysudi,Oliysudi,Boshprokuroriegadir.
Respublikasiningkonstitutsiyaviyqonunlarihamdaqonunlarigao‘zgartishvaqo‘shimchalarkiritishto‘g‘risidagiqonunloyihalariniyokiO‘zbekistonRespublikasi qonunlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritish shaklida amalga oshiriladi.

59. Qonun hujjatlaridagi kolliziyalar muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik va ziddiyatlardir. Bunday kolliziyalar turli usullar yordamida bartaraf etiladi va bunda norma ijodkorligi texnikasining ahamiyati katta.


Qonun hujjatlaridagi kolliziyalarni bartaraf etishda norma ijodkorligi texnikasining ahamiyatini misollar yordamida tushuntirib bering.
Javob: Hozirgi kunda, yuridik fan tizimida ziddiyatlar, shu jumladan,qonunchilikdagi kolliziyalar yuzasidan yagona yondashuv mavjud emas. Turli xil olimlar bu tushunchaga xilma xil fikrni ilgari surganligini korishimiz mumkin.
Qonunchilikdagi kolliziyalar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Huquqni tushunishda turli xil yondashuvlar va qarashlarning mavjudligi; Milliy huquq tizimi doirasidagi norma va hujjatlarning to‘qnashuvi; Xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi bilan; Milliy va xalqaro huquq normalari o‘rtasida yuzaga keladi.
Qonunchilikdagi kolliziyalar kelib chiqishiga quyidagi omillarni sabab sifatida korsatib otish mumkin:
Birinchidan, ob’ektiv, yani ijtimoiy munosabatlarning doimiy tarzda rivojlanib va ozgarib borishi natijasida yuzaga keladi. Bunda huquq ijodkori doim ham tegishli o‘zgarishlarga mos ravishda huquq normalarini shakllantirib borishga ulgurmasligii mumkin.
Ikkinchidan, sub’ektiv, etarli tarzda huquqiy madaniyat demokratik ananalar va tajribaning mavjud emasligi; qonun va boshqa normativ hujjatlarning sifat darajasining pastligi; huquqdagi boshliqlarning mavjudligi; huquq ijodkorligi jarayonining lozim darajada muvofiqlashmaganligi;normativ-huquqiy hujjatlarning qat’iy va to‘liq tizimlashtirilmaganligi;tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatidagi kamchiliklar;byurokratizm va boshqa omillarda yuzaga kelishi mumkin.
Qonunchilikdagi kolliziyalarning quyidagi: Konstitutsiya va boshqa hujjatlr;bir organ tomonidan qabul qilingan turli hujjatlar;turli xil organlar tomonidan qabul qilingan hujjatlar hamda umumiy va maxsus hujjatlar ortasida yuzaga keladigan turlarini koratib o‘tish mumkin.
Xulosa qiladigan bolsak, Umumiy tusga ega bolgan qonunlarning ko‘pligi, shuningdek ularni amalga oshirishning aniq va muayyan mexanizimsiz ayrim qarorlarning qabul qilinishi, umuman davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, ijtimoiy munosabatlarni asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solishga olib kelmoqda.

60. AQSH Federal sudyalar xulq atvor kodeksi quyidagi 7 tamoyildan tashkil topgan:


1. Sudya sud korpusini mustaqilligi va halloligini qo‘llab-quvvatlash majburiyatini oladi.
2. Sudya kasbiy etika normalarini real buzilishini shuningdek bunday huquqbuzarlik sodir etilishida shubha tug‘ilishini oldini olish majburiyatini oladi.
3. Sudya o‘z majburiyatlarini xolis va har tomonlama to‘liq bajarishni o‘z zimmasiga oladi.
4. Sudya qonunchilikni, sud tizimini va sudlovni yuritishni takomillashtirish bo‘yicha jarayonlarda ishtirok etishi mumkin.
5. Sudya o‘zining asosiy majburiyatlari bilan ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida suddan tashqaridagi faoliyatini nazorat qilib borishi kerak.
6. Sudya sudyalik va suddan tashqaridagi faoliyati uchun olgan mablag‘lari haqida sistematik ravishda hisobot berib borishi kerak.
7. Sudya siyosiy faoliyat olib borishdan tiyilishi kerak.
YUqoridagi prinsiplar yuridik texnik qoidalar bilan aloqadorlik hosil qiladimi? Fikringizni misollar bilan qiyosiy tahlil qiling.
Javob: YUridik texnikaning asosiy qoidalariga quyidagilar kiradi:
Til qoidalari;
Mantiq qoidalari;
Rasmiy rekvizit qoidalari;
Tizimlilik qoidalari.
Mazkur qoidalardan mantiq hamda tizimlik qoidalari yuqoridagi korporativ normada aks ettirilgan. CHunki mantiq qoidlariga ko‘ra mazkur korporativ norma umumiydan xususiylikka tomon ishlab chiqilgan. Tizimlilik nuqtai nazaridan esa boshqa yuqori turuvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlikni keltirib chiqarishi lozim.

61. YUridik texnika dars mashg‘ulotlari davomida talaba Dilmurod ma’ruza o‘qituvchisning fikrlarini keltirgan holda “YUridik texnika fani asosan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida ta’lim berilishini, Evropa va AQSHda bunday fan o‘tilmasligini” ta’kidlab o‘tdi.


Biroq talaba Donoxon tomonidan Dilmurodning fikrlariga qarshilik bildirildi. Donoxonning fikricha, Evropa va AQSHda yuridik texnika fanining o‘rniga “Legal writing”, “Professional writing skills” hamda “Academic writing” kabi modullar oliy ta’lim muassasalarining dasturlarida mavjud ekanligini bildirib o‘tdi.
YUridik texnikaning predmeti va funksiyalarini tahlil etgan holda xorijiy mamlakatlar tajribasini taqqoslang. Fikringizni amaliy misollar bilan asoslang.
Javob: YUridik texnikaning predmeti yuridik faoliyatni amalga oshirishning usullari, uslublari va vositalari bilan ifodalanadi, shu tufayli huquqiy normalarni shakllantirish va qo‘llash, huquqiy hujjatlarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Fanning funksiyalariga esa ыuyidagilarni keltirib щtish mumkin:
normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarida huquq normalarini ifoda etish va qonun ijodkorligi jarayoniga huquqiy xarakterga ega bo‘lmagan omillarning ta’sirini oldini olish;
ijtimoiy munosabatlarni qonunchilik asosida tartibga solinishini ta’minlash va huquqdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish;
ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari, ya’ni huquq sub’ektlarining normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini to‘liq va aniq anglashlariga imkoniyat yaratish;
qonunchilikning yaxlitligi va tizimliligini ta’minlash hamda undagi ziddiyatlarni bartaraf etish;
qonunchilik tizimini uning tartibga solish imkoniyatlarini yo‘qotmagan holda takomilashtirish imkoniyatlarini yaratish va ta’minlash;
huquqni qo‘llash, alohida hujjatlarni tayyorlashda sifat belgi miqdorini oshirish.
YUqorida nomlari qayd etilgan modullarning o‘zaro farqi shundaki, yuridik texnika yuridik hujjatlarni tayyorlashda qo‘llaniladigan uslub, usul va vositalarni jamlagan kompleks modul hisoblanadi.

62. Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “YUridik texnika bilimdoni” musoboqasi tashkil etildi. Unda 1-o‘rin uchun da’vogarlik qilayotgan Dilfuza “YUridik texnika fanini sof nazariy xarakterga ega ekanligini” komissiya a’zolariga bildirib o‘tdi.


Ammo komissiya raisi tomonidan uning fikri zamonaviy qarashlarga muvofiq kelmasligini hamda uning amaliy ahamiyati ham mavjud ekanligini bildirib, Dilfuzaning javobini “noto‘g‘ri” deb qabul qildi.
1-o‘rinni egallay olmagan Dilfuza holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qildi.
YUridik texnikaning amaliy hamda nazariy xarakterga ega ekanligini misollar bilan tahlil eting. Vaziyatga huquqiy baho bering.
Javob: YUridik texnika faniga olimlar ham nazariy fan ham amaliy fan sifatida yondashadilar. CHunki nazariy jihatdan normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qo‘llash hujjatlari, sud hujjatlarini tayyorlashda nazariy yondashuvlarni ishlab chiqish bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirishga xizmat qiladi. SHuning uchun ham YUridik texnika fanini nazariy-amaliy fan sifatida qarash hamda yondashuv maqsadga muvofiq hisoblanadi.

63. YUridik texnika moduli bo‘yicha seminar dars mashg‘uloti davomida o‘qituvchi tomonidan yuridik fanlarning tizimi tushuntirib berildi. SHunda talaba Jasoratov tomonidan YUridik texnika fani yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlarning hech biriga kirmasligini, u aslida Davlat va huquq nazariyasidan kelib chiqqanligini, mazkur fan “Huquq ijodkorligi” mavzusi doirasida o‘tilishi kerakligini da’vo qildi.


SHunda o‘qituvchi tomonidan har qanday soha yoki tarmoq fan darajasiga ko‘tarilishi uchun, o‘zining predmeti, institutlari, tadqiqot metodlari, funksiyalariga ega bo‘lishi kerakligini bildirib o‘tdi.
YUridik texnikani fan sifatida shakllanishini tahlil etgan holda uning predmeti, institutlari, tadqiqot metodlari, funksiyalarini Davlat va huquq nazariyasi fanidan farqli jihatlarini yoritib bering. Fikringizni amaliy misollar yordamida tushuntiring.
Javob: YUridik texnika fani Davlat va huquq nazariyasidan kelib chiqqanligi e’tirof etiladi. Xususan, Davlat va huquq nazariyasining ikkinchi qismi Huquq nazariyasi qismidagi Huquq ijodkorligi mavzusi elementlarini qamrab olgan holda shakllanganligini ta’kidlab o‘tishadi. Mazkur ikki fanning asosiy farqi shundaki, Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va istiqbollariga oid eng muhik qonuniyatlarni o‘rgansa, yuridik texnika yuridik hujjatlarni tayyorlash, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, bekor qilishga oid eng muhim usul, uslub va vositalarni o‘rganadi.

64. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga ko‘ra, bank tomonidan soliq (yig‘im), bo‘nak to‘lovi, penya va jarima summasini o‘tkazish to‘g‘risidagi soliq to‘lovchining topshiriqnomasini, soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarmaslik (bajarilishini kechiktirish) – Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining bir yuz ellikdan bir qismi miqdorida, lekin kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun o‘tkazilmagan summa bir foizining beshdan bir qismidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


YUqoridagi normada yuridik texnikaning qanday vositalari qo‘llanilgan. YUridik texnik vositalarni boshqa amaliy misollar yordamida tahlil eting.
Javob: YUridik texnik vositalarga prezumpsiya, fiksiya, tarmoqqa muvofiq tiplashtirish, yuridik konstruksiyalar kiradi. Ular turli yuridik hujjatlarda turlicha qo‘llanilishi mumkin. YUqoridagi normativ-huquqiy hujjatning tegishli normasida tarmoqqa muvofiq tiplashtirish va yuridik konstruksiyalardan foydalanilgan. Xususan, tarmoqqa muvofiq tiplashtirishda “...topshiriqnomasini bajarmaslik (bajarilishini kechiktirish)” kabi jumla misol bo‘lishi mumkin. Bunda javobgarlikni keltirib chiqaruvchi normalarga muvofiqlik asosida ishlab chiqilgan. YUridik konstruksiya esa tegishli normaning sanksiyasida qo‘llanilgan.

65. Quyidagi tushunchalarga e’tibor bering.


ariza – huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;
taklif – davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;
shikoyat – buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;
elektron murojaat – belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno.
YUqoridagilarning barchasini yuridik hujjat sifatida qabul qilish mumkinmi? Fikringizni amaliy misollar bilan asoslang.
Javob: YUridik hujjat – bu o‘zida huquqiy axborotni aks ettirgan va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan hujjatdir. SHu nuqtai nazardan yuqorida qayd etilgan ariza, taklif, shikoyat va elektron murojaatlarni yuridik hujjat deb atash mumkin. Ularning yuridik tabiati “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilanadi. SHuningdek, elektron murojaat qog‘oz shakldagi murojaatga tenglashtirib qo‘yilganligini unutmaslik lozim.

66. Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Marjona Asadova “Elektron hujjat tushunchasi” bo‘yicha tadqiqot ishini olib borayotgan edi. U tadqiqot ishi doirasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga pm.gov.uz hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga president.uz sayti orqali murojaat qilish imkoniyati mavjud ekanligini o‘rganib chiqdi.


Biroq uning bilimlari va normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, elektron hujjatning majburiy rekvizitlaridan biri elektron raqamli imzo edi. Afsuski jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan onlayn rejimda murojaat qilish nazariy jihatdan bir necha savollarni keltirib chiqarar edi. Ayniqsa murojaatning shakli elektron yoki qog‘ozda aks etishi masalasi mavhum qoldi.
Elektron hujjat tushunchasini yoritgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qanday yuridik hujjat shakli ekanligini tahlil eting.
Javob: 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasiga ko‘ra, elektron murojaat – belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat hisoblanadi. Elektron murojaat tegishli tartibda elektron raqamli imzo yoki boshqa identifikatsion belgi bilan tasdiqlanishi lozim. Murojaatning barcha turlari – ariza, taklif, shikoyat va elektron murojaat qanday shaklda (og‘zaki, yozma yoki elektron) bo‘lishidan qat’iy nazar bir xil huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi. SHuningdek, ular alohida yuridik hujjatlar turkumiga kiritiladi.

67. YUridik texnika dars mashg‘uloti davomida talaba SHerzod Sattorov tomonidan Markaziy bank tomonidan chiqariladigan qimmatbaho qog‘ozlar hamda naqd pullar yuridik hujjat bo‘lishi mumkin emasligi bildirib o‘tildi. Uning fikricha, naqd pul bu fuqarolik huquqiy munosabatlarni amalga oshirishda vosita sifatida foydalanilishini ta’kidlandi. Biroq talaba Dilshod Norqobilov YUridik texnikaga oid huquqiy adabiyotlardan iqtibos keltirgan holda uning fikrlarini rad etdi.


YUridik hujjat turlarini tahlil eting.
Javob: YUridik xujjatlar 4 turga bo‘linadi, bular:
1. Normativ-huquqiy hujjatlar. Ularning xususiyati shundaki, ularda umummajburiyligi mavjud. Hozirgi davrda normativ-huquqiy hujjatlar huquqning etakchi turi hisoblanadi. YUridik hujjatlar orasida ular ustun mavqeni ega.
2. SHarhlash hujjatlari. Har doim ham qonuniy harakatlarni amalga oshirishda vosita sifatida qo‘llanilmadyi. Asosan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek huquqni qo‘llash hujjatlarini talqin etishda va amaliyotdagi noaniqlik va ziddiyatlarni bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.
3. YUridik faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar. Ularning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular turli xil faktlarni (xizmat staji, yoshi va hokazo) dalillashtirish uchun keng qo‘llaniladi.
4. Individual hujjatlar. Faqatgina ma’lum shaxs yoki shaxslar guruhi uchun majburiy bo‘lgan yuridik hujjatlar tizimi bo‘lib, o‘z navbatida ular huquqni amalga oshirish va huquqni qo‘llash hujjatlariga bo‘linadi.

68. Oraliq nazorati uchun javob tayyorlayotgan talaba Azamat Salixov O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risidagi” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonunlarni o‘rganib chiqqanda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Konstitutsiyaviy sudi qarorlari barcha jismoniy, yuridik shaxslar, korxona tashkilot va muassasalar uchun umum majburiy xarakterga ega ekanligini aniqladi. Bundatashqari, “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra Bosh prokurorning buyruqlari ham umum majburiy xususiyatga ega ekanligi to‘g‘risida bir adabiyotda o‘qib qoldi. Natijada Azamat Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud hamda Bosh prokuror tomonidan chiqarilgan hujjatlar “normativ-huquqiy hujjatlar ekan” degan tasavvur paydo bo‘ldi.


YUridik hujjat turi sifatida normativ-huquqiy hujjat turlarini tahlil etgan holda Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud hamda Bosh prokuror qaror va buyruqlarining maqomini belgilang. Fikringizni amaliy misollar bilan asoslang.
Javob: YUridik xujjatlar 4 turga bo‘linadi, jumladan normativ-huquqiy hujjatlar, sharhlash hujjatlari, yuridik faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar, individual hujjatlar. 2021 yil 20 apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir. Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud hamda Bosh prokuror qaror va buyruqlari milliy qonunchiligimiz bo‘yicha huquqni qo‘llash hujjatlari hisoblanadi. Ular normativ-huquqiy hujjatlar sirasiga kirmaydi.
2021 yil 20 apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlar, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari vamahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasiga ko‘ra, Oliy sud raisi buyruqlar va farmoyishlar chiqarish vakolatiga ega, shuningdek “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga ko‘ra, buyruqlar chiqaradi hamda prokuratura organlarining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi.
Biroq, sudlarning va Bosh prokurorning qaror va buyruqlari normativ tusga ega bo‘lmay, soha faoliyatiga oid bo‘lgan tashkiliy va individual tusdagi hujjatlar hisoblanib, normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi.

69. YAkuniy nazorat uchun berilgan muammoli savollarni muhokama qilish jarayonida talaba Jumagulda yuridik hujjatlarning rekvizitlari huquqni amalga oshirish hujjatlarida doim ham majburiy ahamiyatga ega emasligini tushundi. Biroq uning fikriga kursdoshi Orzigul qarshi chiqib “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘hrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bo‘yicha ariza, taklif va shikoyatlarda tegishli ma’lumotlarni ko‘rsatish majburiy rekvizit ekanligi bildirib o‘tdi. Bundan tashqari, huquqni amalga oshirish hujjatlarining o‘ziga hos namunalari (shablon) lariga amal qilmaslik tegishli yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmasligini bildirib o‘tdi.


Huquqnii amalga oshirish hujjatlarining rekvizitlari hamda namunalarini tahlil eting. Fikrlaringizni amaliy misollar bilan asoslang.
Javob: Huquqnii amalga oshirish hujjatlari – alohida yuridik hujjatlar deb ham yuritiladi. Alohida yuridik hujjatlar turlariga ariza, bitim, shikoyat, murojaat, ishonchnoma, shartnoma kabi hujjatlar kiradi.Bu hujjatlar turlari ko‘pchilikni tashkil etganligi uchun ularni hammasini sanash imkoniyati cheklangan. Hujjatning rekvizitlariga, avvalambor, shaxsning ma’lumotlari yani shaxsiy ma’lumotlari to‘ldirilishi shart aks holda ular anonimlik sababli ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmasligi mumkin. SHartnomalarda esa ularning rekvizitlari butunlay farq qilib unda shartnoma raqami, sanasi, joyi, tomonlarning ma’lumotlari bo‘lishi talab etiladi.

70. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi: O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik Kengashi kabi.


Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning o‘rinbosari, Mudofaa vaziri, YOzuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi.
Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi.
YUqoridagi qoidalar YUridik texnikada muhim ahamiyatga egami? Ularga amal qilmaslik qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin?

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling