Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet31/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash jarayonini engillashtirish va shu asosda huquqiy tartibga solishning samaradorligini oshirishda qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Normativ huquqiy hujjatlarni (qonunchilikni) tizimlashtirish ularni tartibga solish va takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lib, u ushbu hujjatlarni belgilangan va o‘zaro ichki bog‘langan tizim holiga keltirishni anglatadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish turlari sifatida kodifikatsiya, inkorporatsiya, konsolidatsiyani ko‘rsatish mumkin.
Kodifikatsiya – qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni kodekslar chiqarish yo‘li bilan tizimga solishdir. Kodifikatsiya qilish jarayonida eskirgan normalar tugatiladi, butun huquq tizimidagi ziddiyatlar bartaraf etiladi, huquqiy bo‘shliqlar to‘ldiriladi.
Inkorporatsiya – tizimlashtirishning bir turi bo‘lib, bunda, kodifikatsiyadan farqli o‘laroq, amaldagi qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari, farmoyishlar va boshqa normativ-huquqiy aktlarning mazmuniga biron-bir o‘zgarish kiritilmasdan, ular xronologik, alifbo, mavzu bo‘yicha yoki o‘zgacha tartibda (masalan, huquq sohalari bo‘yicha) tizimga solib nashr qilinadi. Qonunlarni inkorporatsiya qilish orqali tizimlashtirish deyarli barcha davlatlarda amalga oshiriladi. Inkorporatsiyaning rasmiy, norasmiy va ofitsioz inkorporatsiya kabi turlari mavjud.
Konsolidatsiya - bu tizimlashtirishning shunday shaklidirki, bunda normativ-huquqiy aktlarning mazmuniga o‘zgartirishlar kiritilmaydi, lekin bu hujjatlar mustaqil yuridik akt sifatida o‘zining kuchini yo‘qotadi. Konsolidatsiya normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishning inkorporatsiya va kodifikatsiya o‘rtasidagi oraliq shakli hisoblanadi.

48. Ba’zi mualliflar “huquqiy tizim”ni “huquq tizimi” iborasi bilan bir xil deb tushunadilar, boshqa olimlar esa, mazkur tushuncha doirasida huquqiy normalar va huquqiy munosabatlarning o‘zaro daxldorligini nazarda tutadilar. Uchinchi guruh mutaxassislar “huquqiy tizim tushunchasi normativ tuzilma sifatida huquqning tuzilishini, vakolatli organlarning huquq ijodkorlik va huquqni qo‘llash sohasidagi faoliyatlarini qamrab oladi”, deb ta’kidlaydilar. “Huquq tizimi” va “huquqiy tizim” tushunchalari tahlili ular o‘rtasida qator farqlar mavjudligini ko‘rsatadi.


Masalani atroflicha tahlil qiling va fikringizni misollar yordamida mustahkamlang.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling