Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet2/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, normativ-huquqiy hujjatlarning turlari ko‘rsatib o‘tilgan. Normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar bo‘lgan taqdirda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi. Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar bo‘lgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat qoidalari amal qiladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno. Agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil maqomdagi boshqa vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘ladi.

3. Huquqni sharhlash – maxsus yuridik vakolatli organlarning huquqni qo‘llashni tartibga solish maqsadida huquqiy normalar talablari mazmunini aniqlash va tushuntirish bo‘yicha faoliyatini anglatadi. SHu ma’noda aytish mumkinki, huquq normalarni sharhlash huquqni qo‘llash jarayonida muhim o‘rin tutadi. SHarhlash o‘z navbatida huquqni amalga oshiruvchilarni huquq normalarini bir xil ma’noda tushunish va aynan qo‘llashga yo‘naltiradi.


Huquq normasini rasmiy va norasmiy sharhlashning bir biridan farqini izohlab bering, ularning huquqni qo‘llashdagi ahamiyatiniatroflicha muhokama qiling.
Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, davlat organlari, nodavlat tuzilmalari va alohida shaxslarning huquq normalarini tushuntirishga qaratilgan faoliyati sharhlash jarayonining ikkinchi tomoni bo‘lib hisoblanadi.
SHarhlashning maqsadi qonun chiqaruvchi idoraning huquq normasida mujassamlashgan irodasini, ushbu norma bilan bog‘liq deb hisoblagan tasavvurlar va tushunchalarni ifodalashdan iborat.
SHarhlashning asosiy vazifasi qonun chiqaruvchi idora qonunchilik hujjatida bayon etgan qoidaning mazmunini ochib berishdir. Huquqning mazmunini aniqlash sharhlashning maxsus usul va yo‘llarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar matnidagi so‘z va iboralarni grammatik, mantiqiy va yuridik jihatdan talqin etish sharhlovchi sub’ektdan ijodiy va ilmiy yondashuvni talab qiladi.
Tushuntirish natijasida kelib chiqadigan yuridik oqibatlarga ko‘ra, ularni rasmiy va norasmiy sharhlashga ajratish mumkin.
Rasmiy sharhlash vakolatli sub’ektlar, ya’ni davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, u maxsus hujjatlar bilan mustahkamlanadi va huquq sub’ektlari uchun majburiy xarakterga ega bo‘ladi. SHarhlashning bunday turi yuridik ahmiyatga ega bo‘ladi va tegishli huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Mazkur sharhlash o‘z navbatida huquqni amalga oshiruvchilarni huquq normalarini bir xil ma’noda tushunish va aynan qo‘llashga yo‘naltiradi.
Norasmiy sharhlash o‘z vazifasiga ko‘ra, bevosita huquq normalarini sharhlash vakolatiga ega bo‘lmagan sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday sub’ektlar sifatida nodavlat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, olimlar, amaliyot xodimlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ular huquq normalarini tushuntirishni tavsiya va maslahat berish kabi shakllarda amalga oshiradilar. Tushuntirishning bunday turi yuridik jihatdan majburiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi.

4. O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.


Toshkent davlat yuridik universitetining 1-kurs talabalari bilan seminar mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi shaklini muhokama qilish vaqtida, ayrim talabalar O‘zbekistonning unitar davlat ekanligini ta’kidlashsa, boshqalari federativ davlat degan fikrlarni bildirishgan.
Davlatning tuzilish shakllarini atroflicha muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling