Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan
Javob:X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan
Download 312.95 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)
Javob:X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, davlatning tuzilish shakli – bu davlatning siyosiy va ma’muriy-hududiy tuzilishi bo‘lib, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tavsiflaydigan davlat shaklining tarkibiy qismidir.
Davlatning tuzilish shakliga ko‘ra: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) ko‘rinishlari mavjud. Unitar tuzilishdagi davlat yagona bo‘lib, u tarkibiy qismlari suverenitet belgilariga ega bo‘lmagan ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘ladi. Unitar davlatga xos belgilar: qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyati organlari yagona tizimining mavjudligi; yagona konstitutsiya, qonunchilik, soliq, moliya tizimlarining mavjudligi; yagona fuqarolikning joriy etilganligi; barcha tashqi munosabatlar markaziy organlar tomonidan amalga oshirilishi. Federativ tuzilishga ega bo‘lgan davlat - bu mustaqil bo‘lgan bir necha davlat tuzilmalarining ixtiyoriy asosda birlashgan yagona ittifoqi. Federativ davlatning milliy va hududiy shakllari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi jihatidan unitar respublikadir. SHu bilan birga, O‘zbekistonda davlat tuzilishda federalizmning ayrim xususiyatlari ham mavjud. CHunki, uning tarkibiga ma’muriy-hududiy birliklar, shuningdek, suveren davlat huquqiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi kiradi. O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining quyidagi xususiyatlari mavjud: • O‘zbekiston Respublikasining hududiy tuzilishi bo‘yicha yaxlit birlikni tashkil qiladi; • qonunchilik tizimi butun O‘zbekiston uchun taalluqli bo‘lib, u O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi asosida amal qiladi; • sud hokimiyati va prokuratura organlari tizimi butun O‘zbekiston hududida yagonadir; • O‘zbekistonda tashqi siyosatni O‘zbekiston xalqining manfaatini ko‘zlab va uning nomidan faqat u saylab qo‘ygan Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti amalga oshiradi; • O‘zbekistonda moliya, soliq, bojxona tuzilishi va Respublika Qurolli Kuchlari, milliy xavfsizlik va ichki ishlar organlari markazlashtirilgan holda tashkil etilgan; • butun O‘zbekiston hududida yagona fuqarolik joriy qilingan. 5. Davlat mexanizmi muayyan ob’ektiv tamoyillar asosida amalga oshiriladi, bu esa jamiyatni davlat tomonidan idora etishning samaradorligini ta’minlash kafolati hisoblanadi. Qonun chiqarish va ijro etish vakolatlari ayni bir shaxs qo‘lida yoki ayni bir organ ixtiyorida jamlangan bo‘lsa, erkinlik mavjud bo‘lmaydi, zero davlat boshlig‘i yoki parlament noto‘g‘ri qonunlar qabul qilishi va ulardan turli maqsadlarda foydalanishi mumkin. SHu sababli hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga amal qilinishi lozim. Hokimiyatlar bo‘linishi uchala hokimiyatning muvozanatini, tengligini hamda ularning o‘zaro bir-birini tiyib turishini va qarama-qarshi ta’sir etishini ta’minlovchi tizimdir. Hokimiyatlar bo‘linish prinsipining mazmun va mohiyatini atroflicha muhokama qiling. Download 312.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling