Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:“Qonun loyihalarini tayyorlash va Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasiga ko‘ra


Download 312.95 Kb.
bet8/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:“Qonun loyihalarini tayyorlash va Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunining
9-moddasiga ko‘ra,
qonun chiqarish jarayoni bosqichlariga quyidagilar kiradi:
qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish va uni tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qilishni;
qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta’minlashni;
zarur materiallar va axborot to‘plashni;
qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishni;
qonun loyihasini tuzishni;
huquqiy va boshqa zarur ekspertiza o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
1. Qonunchilik tashabbusi – bu muayyan davlat organlari vamansabdor shaxslarning qonun chiqarish masalasini qo‘yish va uning loyihasini ko‘rib chiqish uchun qonun chiqaruvchi organga taqdim etish huquqidir. Qonun chiqarish tashabbusi – qonun chiqarish jarayonining ilk bosqichi. Ushbu jarayon qizg‘in sa’y-harakatlarga asoslanadi, ular natijasida qonun chiqaruvchi organga qonunchilik yuzasidan tegishli takliflar kiritiladi, parlament esa mazkur takliflar asosida yangi qonun chiqarish, amaldagisini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi.
2. Qonun loyihasi muhokamasi. Qonun loyihasini ishlab chiqish va muhokama etish qonun yaratish jarayonining alohida va muhim bosqichidir. Bu bosqich qonun chiqaruvchi organga qonun loyihasi taqdim etilib, kun tartibiga kirganidan so‘ng boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha a’zolari umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.
3. Qonunni qabul qilish. Qonunni Qonunchilik palatasi palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qiladi. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun o‘n kun ichida Senatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan birga qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish chog‘ida taqdim etilgan hujjatlar yuboriladi.
4. Qonunni imzolash va e’lon qilish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kuni dan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasida “Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hech kim hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas” deb belgilab qo‘yilgan. Zero, normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir.

11. Huquq normalari ularda mustahkamlangan qoidalarning xarakteriga qarab huquq va vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va ta’qiqlovchi (man qiluvchi) normalarga ajratiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida quyidagi normalar o‘z ifodasini topgan:



  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega…”;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar”;

  3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan “…Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va ta’qiqlovchi normalarning bir biridan farqli jihatlarini izohlash orqali keltirilgan normalar huquq normasining qay turiga kirishini atroflicha muhokama qiling.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling