Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob: SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet10/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquq prinsiplari qonun chiqaruvchi uchun dasturiy g‘oyalar sifatida maydonga chiqarkan, huquq normalarini takomillashtirish yo‘llarini belgilab beradi.
Avvalo qonunda, huquqiy normalarda o‘z tasdig‘ini topadigan huquq prinsiplari jamiyatning butun siyosiy-huquqiy hayotiga, mamlakat ijtimoiy tizimiga to‘laligicha singib ketadi. Ular nafaqat huquqning mohiyatini, balki uning mazmunini tavsiflaydi, uning ichki tuzilishi, statik holati bilan bir qatorda, huquqni qo‘llash jarayonini, huquq faoliyatining dinamikasini aks ettiradi. Huquq prinsiplari normativ hujjatlarni tayyorlashning butun jarayoniga, ularni qabul qilish va chiqarish, huquqiy talablarga rioya etish kafolatlari o‘rnatilishiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Huquq prinsiplari o‘ziga xos tayanch tuzilma bo‘lib, unga nafaqat huquq normalari, institutlari yoki tarmoqlari, balki butun huquq tizimi asoslanadi. Mazkur rahbariy tamoyillar davlat organlarining huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqni muhofaza qilish bilan bog‘liq butun faoliyati uchun yo‘naltiruvchi mash’al bo‘lib xizmat qiladi. Huquqiy tizimning bahamjihatligi, barqarorligi va samaradorligi ularga rioya etish darajasiga bevosita bog‘liq. Huquq prinsiplari umummajburiy tusga ega bo‘lganligi sababli ular turli huquq tarmoqlari va institutlari, normalari va huquqiy munosabatlar, ob’ektiv hamda sub’ektiv huquq o‘rtasidagi ichki birlikni, uyg‘unlik va o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashga ko‘maklashadi.
Huquq prinsiplari umuman huquqqa xos (umumhuquqiy), uning alohida tarmoqlariga xos (tarmoq) yoki o‘zaro bog‘langan tarmoqlar guruhiga xos (tarmoqlararo) prinsiplarga bo‘linadi. Masalan, tarmoq pritsipiga jinoiy huquqdagi jazoni individuallashtirish prinsipi tarmoqlararo prinsipga esa fuqarolik-protsessual va jinoiy-protsessual huquqdagi tortishuvlilik prinsipi kiradi.

13. Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar, mamlakat tarkibida davlat belgilariga ega alohida hududiy tuzilmalar bo‘lmaydi. Unitar davlatlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etadi, markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini, yurisdiksiyasini o‘tkazadi. Barcha ma’muriy hududlar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliya-kredit va soliq siyosati amal qiladi. SHu bilan birga, unitar davlatning ham bir qator turlari mavjud.


Masalani atroflicha muhokama qiling.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling