Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet13/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, rasmiy sharhlash normativ va kazual ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Normativ ko‘rinishdagi sharhlash keng doiradagi shaxs va hodisalarga qaratiladi. Bunday sharhlashning sub’ektlari bo‘lib barcha turdagi huquq ijodkorligi sub’ektlari hisoblanadi.
Kazual sharhlash umummajburiy xarakter kasb etmaydigan, balki huquqiy normani aniq hodisa, hayotiy holatga qo‘llash uchun ko‘zlangan rasmiy talqin etishdir. Kazus-hodisa, hayotiy fakt. Kazual sharhlash sud va boshqa vakolatli organlar tomonidan ko‘rilayotgan va hal qilinayotgan aniq ishlar bo‘yicha tegishli normaga beriladi va faqat shu ish uchun majburiydir.
Ko‘pincha bu sud va boshqa vakolatli organlar tomonidan sharoit va shaxslarga nisbatan ko‘rib chiqilayotgan va hal etilayotgan yuridik ishlar yuzasidan beriladigan huquqni sharhlashdir. Kazual sharhlash hujjatlari bir martalik ahamiyatga ega. Lekin prinsipial ishlar bo‘yicha, ayniqsa, huquqda kamchiliklar mavjud bo‘lgan sharoitda qabul qilingan hujjatlar sharhlash pretsedenti ahamiyatiga ega bo‘lib qoladi.
Sud organlari har bir fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishli huquqiy normalar bilan bu ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida huquqiy normalarni kazual sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi bo‘yicha chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo‘yicha chiqargan hukmi huquqiy normani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshiriladi.

16. Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga va amaliy ahamiyatga, ya’ni turli yuridik xususiyatga ega bo‘lgan huquqiy hujjatlarning murakkab, ko‘p darajali tizimidan iboratdir. Huquqni sharhlash hujjati – muayyan huquqiy normani qay tarzda tushunish va amaliyotda qo‘llashni tushuntirib beruvchi hujjat. Sub’ektlarga bog‘liq ravishda huquqni sharhlashning ikki turi va shunga mutanosib ravishda hujjatlarning ikki guruhi, ya’ni rasmiy sharhlash va norasmiy sharhlashni alohida farqlash qabul qilingan.


Rasmiy sharhlash davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hamda izohlanayotgan norma bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga solinadigan barcha sub’ektlar uchun majburiy xususiyatga ega bo‘lgan huquq normalarini tushuntirishga qaratilgan faoliyatdir. Rasmiy sharhlashning normativ va kazual turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Rasmiy sharhlash huquqni qo‘llash jarayonida muhim ahamiyat kasb etib, normativ-huquqiy hujjatlardan bir qator xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi.
Masalani atroflicha tahlil qiling.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling