Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet16/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquqdagi fiksiyalar – joriy qonunchilik bilan tan olingan va umummajburiy xarakter kasb etgan, lekin, amalda mavjud bo‘lmagan holatlar (masalan, muayyan shaxsning yo‘qolganligi sababli ma’lum muddat o‘tgandan keyin uning vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan taqdirda, mazkur shaxsning keyinchalik tirik ekanligi holati).
Fiksiya hozirgi zamon huquqida ham ma’lum. CHunonchi fuqarolik kodeksida «Fuqaroni o‘ldi deb e’lon qilingan kun, sudning uni o‘ldi deb e’lon qilinganligi to‘g‘risidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kundan deb belgilanadi» deyilgan. Fuqaroning o‘lgan kunini sudning uning o‘limi haqidagi qarorini qonunii kuchga kirgan kuniga bog‘lash masalasi to‘g‘rimi? Yo‘q, albatta, chunki bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari buni fiksiya deb ishonch bilan aytish mumkin. Ayrim hollarda sud qarorining kuchga kirgan kuni, fuqaroning haqiqatan ham o‘lgan kuniga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin, lekin bu mutlaqo tasodifiy bo‘ladi. Fiktiv (qalbaki) holat jinoyat qonunida ham mavjud. Buni sudlanganlikni olib tashlash masalasida ko‘rish mumkin. Qonunda belgilangan tartib sudlanganlik olib tashlanishi yoki ziyonning qoplanishi va boshqalar bunga misol bo‘ladi. Huquqiy tizimda fiksiyaning zarurligi shundaki, ular ijtimoiy munosabatni tartibga soladi va shaxsning huquqiy holatiga aniqlik va ravshanlik kiritadi.

19. Huquqiy norma mazmuni taqozo qilgan huquqni amalga oshirishning to‘rt shaklini farqlash kerakligi ko‘rsatilib uning asosiy shakli sifatida huquqqa rioya etish keltirib o‘tiladi. Huquqqa rioya etish orqali taqiqlovchi normalar amalga oshirilib, bu shaklning mohiyati taqiqlangan harakatlarni sodir etishdan passiv holatda o‘zini tiyishdan iboratligi belgilangan. Lekin shaxs o‘zining huquqlariga kundalik hayotda rioya etish uchun har doim ham taqiqlovchi normalarning mavjudligi shart emasligini ko‘rishimiz mumkin.


Huquqni amalga oshirish shakli sifatida huquqqa rioya etishning o‘ziga xos tomonlarini muhokama qiling va amaliy misollarda ko‘rsatib bering.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling