Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan
Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan
Download 312.95 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob:2021 yil 20 apreldagi O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga ko‘ra
Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, davlat shakli davlatning mohiyati bilan bevosita bog‘liqdir. CHunki, davlat shakli tushunchasini o‘rganish orqali davlat hokimiyati qanday uyushtirilganligi, uning qaysi idoralar orqali amalga oshirilishi, ushbu idoralarning tashkil etilish tartibi qanday bo‘lishi, ularning vakillik muddati, tuzilishi, o‘zaro munosabatlari, markaziy organlar bilan ma’muriy-hududiy birliklardagi mahalliy davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, davlat hokimiyatining amalga oshirish usullari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Davlat shakli - bu o‘z ichiga davlat boshqaruvi, davlat tuzilishi va siyosiy (davlat) rejimni qamrab oluvchi siyosiy hokimiyatni tashkil etish usullari yig‘indisidir. Davlat shakli – bu uning uch tarkibiy qismi (yoki tomoni) - boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli birlikda olingan siyosiy hokimiyat tashkiloti. Davlat shaklining tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat: – boshqaruv shakli, ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibi; – davlat tuzilishi shakli, ya’ni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning muayyan tartibi; – siyosiy (davlat) rejim, ya’ni siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirish usul va uslublaridir. 22. Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hech kim hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. Normativ-huquqiy hujjat bayon tarzida rasmiy e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilinganda uning barcha rekvizitlari ko‘rsatiladi. Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish, ularning kuchga kirishi va amal qilishini qonun hujjatlari asosida tahlil qiling. Javob:2021 yil 20 apreldagi O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. Normativ-huquqiy hujjatning bayon tarzida rasmiy e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilinganda uning barcha rekvizitlari ko‘rsatiladi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlarida normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilinganidan keyin bir kun ichida e’lon qilinishi shart. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllarini e’lon qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda e’lon qilishga, shuningdek ularni qonunchilikning elektron ma’lumotnoma tizimlari orqali tarqatishga normativ-huquqiy hujjat rasmiy manbalarda ularning barcha rekvizitlari, ular e’lon qilingan rasmiy nashrlar va ularning kuchga kirish sanasi ko‘rsatilgan holda e’lon qilinganidan so‘ng yo‘l qo‘yiladi. Bunda rasmiy nashrlarda e’lon qilingan normativ-huquqiy hujjat matnining aniq takrorlanishi ta’minlanishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir. 2.Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi Normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomili murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi. 3. Normativ-huquqiy hujjatning makon bo‘yicha amal qilishi Normativ-huquqiy hujjatning makon bo‘yicha amal qilishi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ uning makon bo‘yicha amal qilish doirasini cheklab qo‘yishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatning vaqt bo‘yicha amal qilishi Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqacha izoh berilmagan bo‘lsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning bir qismi uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda normativ-huquqiy hujjat yoxud uning bir qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar o‘z kuchini saqlab qolishi ko‘rsatilishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga qadar yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning yoki uning bir qismining amal qilishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish to‘g‘risida yoxud normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka, o‘tkazilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga, jamiyatdagi barqaror huquqiy munosabatlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda normativ-huquqiy hujjatga (uning qismiga) muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin. 23. Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Bunday hollarda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va ma’qullash uchun Senatga yuboriladi. SHuningdek, Senat tomonidan ma’kullanib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilgan qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.Senat tomonidan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan qaytarishining huquqiy tomonlarini qonunchilik hujjatlarida o‘z ifodasini topgan. Masalani atroflicha tahlil qiling. Download 312.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling