Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,Huquq tizimi – bu ijtimoiy munosabatlarning xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan huquqning ichki tuzilishi bo‘lib, u huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalarining qat’iy ilmiy izchillikda joylashgan tartibidir.
“Huquqiy tizim” atamasi quyidagi uch ma’noda qo‘llaniladi:
ijtimoiy-iqtisodiy ma’noda (bunda u umuman “huquqning ijtimoiy-iqtisodiy turi” tushunchasiga to‘g‘ri keladi);
biror mamlakatning huquqiy tizimi ma’nosida;
turli mamlakatlar huquqiy tizimlarining birligi ma’nosida.
Huquqiy tizim tushunchasi huquq tizimidan kengroq tushuncha bo‘lib, huquq tizimi huquqiy tizimning tarkibidagi normativ xususiyatga ega bo‘lgan tarkibiy elementlardan biri hisoblanadi.
huquq tizimi tarixiy o‘zgaruvchan, u jamiyat taraqqiyoti bilan mutanosib ravishda evolyusion jarayonlarni bosib o‘tadi;
huquq tizimi tarkibiga kiruvchi o‘zaro aloqada bo‘lgan sohalar bir-birini takrorlamaydi va aksincha o‘zaro bir-birini to‘ldiradi;
huquq tizimi ijtimoiy munosabatlar mazmuni bilan bog‘liq holda, ob’ektiv ravishda shakllanadi;
huquq tizimi yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini, ya’ni bu tizim qanday ichki “qurilma”dan iboratligini ko‘rsatadi;
huquq tizimi uni tashkil etuvchi yuridik normalarning muayyan guruhlarga birlashishini ko‘rsatadi;
huquq tizimini tashkil etuvchi yuridik normalar va ular birlashgan guruhlarning o‘zaro farqlanishini ko‘rsatadi;
26. Huquq normalarini sharhlash maqsadi huquq ijodkorligi sub’ekti nazarda tutgan huquq normasining mazmunini aniqlashdan iborat. Huquq ijodkorligi sub’ekti o‘z irodasini til vositalarida ifodalaydi. SHuning uchun uning so‘zlar yordamida ifodalangan irodasi har doim ham uning haqiqiy mazmuni bilan mos kelmasligi mumkin. Huquq normasi ma’nosining bir xilligi va to‘la aniqligiga erishish sharhlashning natijasi hisoblanadi. SHunga ko‘ra, o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘lgan hajmiga ko‘ra sharhlashning aynan, kengaytirilgan va cheklangan turlari farqlanadi. Mazkur sharhlash turlari huquqni qo‘llash jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Masalani atroflicha tahlil qiling, misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |