Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet15/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquq normasini sharhlash usullari – bu huquq normasining mazmuni va mohiyati hamda unda aks etgan huquq ijodkorining irodasini anglash imkonini beradigan usul va vositalar majmuidir.
SHarhlash (anglash) quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: grammatik (filologik); tizimli (sistematik); mantiqiy (logik); tarixiy-siyosiy; funksional; maxsus-yuridik.
Grammatik usul – bu normativ huquqiy hujjatlarning mazmuni va matnini grammatik-filologiya va til qoidalariga asosan tahlil qilib berishdir. SHarhlashning bunday usuli orqali umum qo‘llaniladigan alohida iboralarning ahamiyati hamda terminologik mazmuni aniqlanadi (masalan: epidemiya, retsidiv, ipoteka va boshqalar). Bunda eng avvalo, qonunshunos ushbu so‘zlarga qanday mazmun baxsh etganligini aniqlash muhimdir.
Tizimli (sistematik) usul – bunda yuridik normaning mazmuni boshqa yuridik normalar bilan solishtirilib, uning tegishli huquq sohasi normalari tizimidagi o‘rni va ahamiyati aniqlanadi. Tizimli sharhlash huquq normalari o‘rtasidagi ziddiyatlarni aniqlashga yordam beradi.
Mantiqiy (logik) usul – bu normativ huquqiy hujjatlarni mantiq fanining qoidalari asosida sharhlashdir. Mantiqiy sharhlash grammatik sharhlashdan farqli ravishda qonun va normadagi so‘zlarning tom ma’nosini aniqlashga emas balki, qonunshunos ifodalab bermoqchi bo‘lgan va aniq so‘z shaklida ko‘rsatib qo‘yilmagan qoidaning mohiyatini aniqlashga xizmat qiladi.
Tarixiy-siyosiy usul – huquq normasini qabul kilish jarayonidagi muayyan tarixiy va siyosiy shart-sharoitlarni tahlil qilish yordamida sharhlash. Bu normativ hujjatni qabul qilish maqsadini, uning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatini va joyi, vaqti va normativ hujjatni qo‘llash amaliyotini aniqlab olishni taqozo etadi.

18. Huquqdagi fiksiyalar bu joriy qonunchilik bilan tan olingan va umummajburiy xarakter kasb etgan, lekin amalda mavjud bo‘lmagan holatlar hisoblanadi.


Masalan, muayyan shaxsning bedarak yo‘qolganligi sababli ma’lum muddat o‘tgandan keyin u sud tomonidan vafot etgan deb topildi. Mazkur holatdan so‘ng vafot etgan deb topilgan shaxs tirik ekanligi aniqlanadi va u o‘z huquqlarini talab qildi. Huquqshunoslar ushbu holatni huquqdagi fiksiyaekanligini, uning qator o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini e’tirof etishadi.
Masalani atroflicha tahlil qiling.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling