Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan
Javob:O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga asosan
Download 312.95 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)
Javob:O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiya va qonun normalariga sharh beradigan yagona organdir. Bu sharhlash legal normativ bo‘lib, barcha davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.Davlat organlari, nodavlat tuzilmalari va alohida shaxslarning huquq normalarini tushuntirishga qaratilgan faoliyati sharhlash jarayonining ikkinchi tomoni bo‘lib hisoblanadi. Tushuntirish natijasida kelib chiqadigan yuridik oqibatlarga ko‘ra, ularni rasmiy va norasmiy sharhlashga ajratish mumkin.
Rasmiy sharhlash vakolatli sub’ektlar, ya’ni davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, u maxsus hujjatlar bilan mustahkamlanadi va huquq sub’ektlari uchun majburiy xarakterga ega bo‘ladi. SHarhlashning bunday turi yuridik ahmiyatga ega bo‘ladi va tegishli huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Mazkur sharhlash o‘z navbatida huquqni amalga oshiruvchilarni huquq normalarini bir xil ma’noda tushunish va aynan qo‘llashga yo‘naltiradi. Norasmiy sharhlash o‘z vazifasiga ko‘ra, bevosita huquq normalarini sharhlash vakolatiga ega bo‘lmagan sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday sub’ektlar sifatida nodavlat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, olimlar, amaliyot xodimlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ular huquq normalarini tushuntirishni tavsiya va maslahat berish kabi shakllarda amalga oshiradilar. Tushuntirishning bunday turi yuridik jihatdan majburiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Rasmiy sharhlash normativ va kazual ko‘rinishlarda bo‘ladi. Normativ ko‘rinishdagi sharhlash keng doiradagi shaxs va hodisalarga qaratiladi. Bunday sharhlashning sub’ektlari bo‘lib barcha turdagi huquq ijodkorligi sub’ektlari hisoblanadi. Normativ sharhlashning quyidagi turlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: – autentik sharhlash (aktni chiqargan organ tomonidan amalga oshiriladi); – legal sharhlash (vakolatli sub’ekt tomonidan beriladi). Autentik sharhlash normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ tomonidan sharhlash. Autentik – haqiqiylikni, dastlabki manbalarga asoslanganlikni nazarda tutadi. YUridik adabiyotlarda autentik sharh mualliflik sharhi ham deb ataladi. Huquqiy amaliyotda normativ sharhlashning alohida turi hisoblangan legal sharhlash ham mavjud. Legal sharhlash qonun bilan bunday vakolat ruxsat etilgan organ tomonidan amalga oshiriladi. Kazual sharhlash ham rasmiy deb hisoblansada, u umummajburiy xarakterga ega bulmaydi va muayyan hodisaga nisbatan huquq normasini qo‘llash jarayonida amalga oshiriladi. U aniq bir ishni vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilayotgan paytda beriladi va aynan ushbu ish uchun majburiy xarakterga ega bo‘ladi. 17. Huquq normalarining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini anglash uchun uni sharhlovchi sub’ektlar huquq normasini boshqa yuridik qoidalar va prinsiplar bilan o‘zaro aloqalarini aniqlaydilar va o‘rnatadilar. SHu ma’noda, huquqshunoslik fanida huquqni sharhlashning grammatik (filologik) sharhlash; tizimli (sistemali) sharhlash; tarixiy-siyosiy sharhlash; mantiqiy sharhlash; maxsus yuridik sharhlash usullari farqlanadi. Huquq normalarining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini aniqlashda mazkur sharhlash usullari muhim ahamiyatga ega. Ayrim huquqni qo‘llovchilarning fikriga ko‘ra huquq normasining mazmunini huquqni sharhlash jarayonida kengaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalani atroflicha tahlil qiling. Download 312.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling