Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob: SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet9/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,Huquq normalari ularda mustahkamlangan qoidalarning xarakteriga qarab huquq va vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va ta’qiqlovchi (man qiluvchi) normalarga ajratiladi:

  1. Huquq sub’ektiga muayyan harakatlarni sodir etish mumkinligini ko‘rsatuvchi huquq normalarihuquq va vakolat beruvchinormalar deyiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga binoan, “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega…”.

  2. Huquq sub’ektiga muayyan harakatlarni sodir etish lozimligini (shartligini) ko‘rsatuvchi huquq normalarimajburiyat yuklovchi normalar deyiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar”, deyilgan va bu qoida majburiyat yuklash xarakteriga ega.

  3. Huquq sub’ektiga muayyan xatti-harakatlarni sodir etishni man qiluvchi normalar ta’qiqlovchi normalar, deb ataladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan “…Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan qoida ta’qiqlovchi norma hisoblanadi.

12. Huquq tamoyillari – bu huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatidagi mohiyatini ifodalovchi boshlang‘ich normativ asoslar, eng asosiy qarashlar, g‘oyalar va qoidalardir­. Huquq tamoyillari, avvalambor, huquq qonuniyatlarini ifodalaydi, qolaversa, butun huquqiy tartibga solish sohasida amal qiladigan va barcha sub’ektlarga nisbatan qo‘llanadigan eng umumiy normalardan iborat bo‘ladi. Huquq tamoyillari huquq ijodkori uchun dasturiy g‘oyalar sifatida maydonga chiqarkan, huquq normalarini takomillashtirish yo‘llarini belgilab beradi. Huquq tamoyillari Konstitutsiyada, qonunlar va kodekslarning muqaddima yoki umumiy qoidalar qismida maxsus tartibda belgilab qo‘yiladi.


SHu bilan birga, ayrim yuristlar amaliyot uchun huquq tamoyillarining ahamiyati yo‘qligini bildirishsa, boshqalari muhim ahaiyatga egaligini, huquqiy tizim unga bog‘liq holda rivojlanishini ta’kidlashadi.
Masalani atroflicha muhokama qilib, vaziyatga huquqiy baho bering.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling