Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan
Javob:X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan
Download 312.95 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)
Javob:X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,Hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi – bu davlat hokimiyatini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga taqsimlanishidir.
Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasi «klassik» shaklining an’anaviy asoschilari Jon Lokk va SHarl Lui Monteskedir. Hokimiyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va federal turlarga bo‘linishi, Lokkning fikricha, inson huquqlarini ta’minlashning eng muhim vositalaridan biridir. Bunda «barcha qonun chiqaruvchi hokimiyatga itoat etadi, chunki u qonunlarni o‘rnata oladigan eng oliy organdir». Lokk sud hokimiyatini alohida e’tirof etmagan, sababi uni ijroiya hokimiyatning tarkibiy qismi deb hisoblagan. Hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir – biriga bo‘ysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linadi (ular bilan bir qatorda ba’zan ta’sis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham ajratiladi). Ushbu prinsipning vazifasi davlat hokimiyati to‘laligicha bir shaxs yoki organ qo‘lida jamlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Zero, hokimiyatning to‘liq bir shaxs yoki organ qo‘lida jamlanishi demokratiya va inson huquq va erkinliklariga bevosita xavf tug‘diradi, avtoritar tuzum o‘rnatilishiga olib keladi. Hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasi fransuz mutafakkiri SH.L.Monteskening “Qonunlar ruhi haqida” asarida bayon etilgan. Uning fikricha, adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha bir biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo‘lishi shart. Monteske ta’limotida alohida o‘rin tutadigan g‘oya – hokimiyatlarning muvozanati, tengligi hamda ularning «o‘zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etish sistemasi» haqidagi g‘oyadir. YUqorida zikr etilgan hokimiyatlar o‘rtasida shunday munosabat o‘rnatilmog‘i lozimki, bunda ularning har biri davlat vazifalarini mustaqil o‘tash bilan birgalikda, o‘z huquqiy vositalari yordamida bir-birlarini muvozanatda ushlab turadilar. 8. YUridik javobgarlikdan ozod qilish – bu huquqiy javobgarlikni liberallashtirish va uni individuallashtirishga qaratilgan mustaqil yuridik institut hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan institut murakkab tuzilishga ega bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: asoslar, prinsiplar, shartlar, qo‘llash doirasi, shakllari, tartibi va yuridik javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish. SHuningdek,yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar ham mavjud. Masalani atroflicha tahlil qiling va yuridik javobgarlik elementlarini yoritib bering. Javob:YUridik javobgarlik - bu huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida ko‘zda tutilgan sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qo‘llashdir. Bu choralar: shaxsiy (ozodlikdan mahrum etish); mulkiy (jarima); tashkiliy (muayyan huquqdan mahrum etish; ishdan bo‘shatish) xarakterga ega bo‘lishi mumkin. YUridik javobgarlik huquqbuzarlikning turlariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: jinoiy-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, ma’muriy-huquqiy, intizomiy-huquqiy. Jinoiy va fuqarolik huquqiy javobgarlikni belgilash sud tomonidan amalga oshiriladi. YUridik javobgarlik kuyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: – yuridik javobgarlik davlat majburlov choralari bilan bog‘liq; – yuridik javobgarlik huquqbuzarlik bilan bog‘liq; – yuridik javobgarlik huquqbuzar uchun salbiy oqibatlarni keltirib chikaradi (ozodlikdan, ota-onalikdan mahrum bo‘lish yoki sodir etilgan qilmishi uchun jarima to‘lash va xokazo); – normalarning sanksiyasida o‘rnatilgan bo‘ladi; YUridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar: zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi rasmiy vazifani bajarish; muomalaga layoqatsizlik va h. Zaruriy mudofaa deb – shaxs o‘ziga, boshqa shaxsga yoki jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan qonunga xilof tajovuzlarni tajovuzchiga zarar etkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilgan harakatiga aytiladi. Agarda shaxsning harakatlarida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi va javobgarlikka tortilmaydi. Oxirgi zarurat deb – shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa bir manfaatlarga zarar etkazgan holda sodir etilgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ka aytiladi. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish deb – shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar etkazishda ifodalanadigan harakatiga aytiladi. Bunday shaxsning harakati jinoyat deb topilmaydi va jinoiy javobgarlikni istisno qiladi. 9. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish qator omillarga bog‘liq bo‘lib, bunda huquqiy tarbiya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqiy tarbiya huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishi va o‘zgarishida asosiy vositalardan biri sanaladi. Huquqiy tarbiya jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga va ongiga huquq haqidagi bilimlarni doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali singdirib borish jarayoni hisoblanib, o‘zining muayyan vositalariga ega. Huquqiy tarbiya va uning vositalarini atroflicha muhokama qiling. Download 312.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling