Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet4/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi – bu davlat hokimiyatini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga taqsimlanishidir.
Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasi «klassik» shaklining an’anaviy asoschilari Jon Lokk va SHarl Lui Monteskedir. Hokimiyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va federal turlarga bo‘linishi, Lokkning fikricha, inson huquqlarini ta’minlashning eng muhim vositalaridan biridir. Bunda «barcha qonun chiqaruvchi hokimiyatga itoat etadi, chunki u qonunlarni o‘rnata oladigan eng oliy organdir». Lokk sud hokimiyatini alohida e’tirof etmagan, sababi uni ijroiya hokimiyatning tarkibiy qismi deb hisoblagan.
Hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir – biriga bo‘ysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linadi (ular bilan bir qatorda ba’zan ta’sis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham ajratiladi). Ushbu prinsipning vazifasi davlat hokimiyati to‘laligicha bir shaxs yoki organ qo‘lida jamlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Zero, hokimiyatning to‘liq bir shaxs yoki organ qo‘lida jamlanishi demokratiya va inson huquq va erkinliklariga bevosita xavf tug‘diradi, avtoritar tuzum o‘rnatilishiga olib keladi.
Hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasi fransuz mutafakkiri SH.L.Monteskening “Qonunlar ruhi haqida” asarida bayon etilgan. Uning fikricha, adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha bir biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo‘lishi shart.
Monteske ta’limotida alohida o‘rin tutadigan g‘oya – hokimiyatlarning muvozanati, tengligi hamda ularning «o‘zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etish sistemasi» haqidagi g‘oyadir. YUqorida zikr etilgan hokimiyatlar o‘rtasida shunday munosabat o‘rnatilmog‘i lozimki, bunda ularning har biri davlat vazifalarini mustaqil o‘tash bilan birgalikda, o‘z huquqiy vosi-talari yordamida bir-birlarini muvozanatda ushlab turadilar.

6. Davlatning belgilari davlatni jamiyatdagi barcha davlatga muayyan darajada yaqin va o‘xshash bo‘lgan boshqa tashkilotlardan farqlash imkonini beradi. “Ommaviy hokimiyat”, “davlat tuzilmalari”, “siyosiy tashkilot” singari bir qator tushunchalarni shular jumlasiga kiritish mumkin. Davlat belgilari xususida huquqshunos olimlarning fikr va mulohazalari, yondashuvlari turli-tuman bo‘lsada, ularni umumlashtirib asosiy belgilarini ko‘rsatish mumkin. SHu bilan birga, har bir mustaqil davlat, birinchi navbatda, davlatning qo‘shimcha belgilari (ramzlari) hisoblangan davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasiga ega.


Ayrim huquqshunos olimlar davlatning belgilari mavjud bo‘lishi bilan bir qatorda boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinishi lozimligini qayd etishadi.
Davlat belgilarini atroflicha muhokama qilish orqali mazkur masalaga baho bering.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling