Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan
Javob: SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan
Download 312.95 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)
Javob: SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquqiy odat – uzoq davr mobaynida amalda bo‘lish natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turishqoidasidir.
Huquqiy pretsedent (lot. “praecedens” – avvalgisi, oldingisi) – sud yoki ma’muriy organning yozma yoki og‘zaki qarori bo‘lib, bu qaror kelgusida barcha shunga o‘xshash ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish uchun asos bo‘ladigan namuna normadir. Normativ-huquqiy hujjat – vakolatli davlat organi (yoki mansabdor shaxs)ning belgilangan tartibda qabul qilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi yuridik hujjati. Ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq sub’ektlari o‘rtasida tuziladigan hamda ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan yoki bekor qiladigan og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalanadigan va tuziladigan bitimlarga normativ shartnomalar deyiladi. 76. Huquq tizimini ommaviy va xususiy huquqqa bo‘linish allaqachon umume’tirof etishga sazovor bo‘lgan hodisa hisoblanadi. Mazkur bo‘linish tabiiy bo‘lib, shaxs bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlar xususiyatidan kelib chiqadi. Huquq nazariyasining ushbu masalalari olis tarix mahsuli. SHu bois o‘z mazmuniga ko‘ra g‘oyat yaqqol va aniq namoyon bo‘ladi. Xususiy huquqning xususiy, individual manfaatlar, alohida shaxslar ishini, ommaviy huquqning esa davlat ishlari, umumdavlat manfaatlari doirasini qamrab olishini misollar yordamida tahlil qiling. Javob: Xususiy huquq esa davlat qatnashmaydigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquqning bu turida sub’ektlar o‘rtasidagi munosabat muvofiqlashtirish va avtonom usulda amalga oshiriladi. Xususiy huquqda normalar dispozitiv xususiyatga ega bo‘ladi. Xususiy huquq fuqarolarning shaxsiy hayoti, ijtimoiy munosabatlari, shuningdek tovar-pul munosabatlari, mehnat munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Huquqning bu turida davlat faqat xususiy huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlarda qatnashadi. Masalan, fuqarolik huquqiy munosabatlarida davlat mulk egasi sifatida yoki xususiy huquq bilan tartibga solinadigan ommaviy manfaatlar va boshqa munosabatlarni hal qilishda xususiy huquqdan foydalanadi. Fuqarolik va mehnat munosabatlarida erkin raqobatni shakllantirish, monopoliyani tugatish, iqtisodiy jihatdan zaifroq bo‘lgan tomonning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ommaviy huquq normalari qo‘llaniladi. 77. YUridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi. YUridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: huquqni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi. Lekin ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida ham huquq yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. YUridik faktlarning turlarini muhokama qiling va ham huquq yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi faktga misollar keltiring. Javob: Bitta fakt bir nechta yuridik oqibat keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, fuqaroning o‘limi meros bo‘yicha huquqiy munosabatlarning kelib chiqishiga, mehnat-huquqiy munosabatlarining to‘xtatilishiga va turar-joy ijarasi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. 78. YUridik texnika – bu har bir mamlakatda vakolatli davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, rasmiylashtirish, amaldagilarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish eskilarini bekorqilishda hamda huquqni qo‘llash hujjatlarini qabul qilish jarayonida foydaniladigan uslublar, usullar, yo‘llar va vositalar, shuningdek amaliy ko‘nikmalar majmuidir. Huquq ijodkorligi jarayonida yuridik texnikaning roliga huquqiy baho bering. Download 312.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling