JavoHir yo’ldoshev She’riy San’atlar
Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
she\'riy san\'atlar maruza 2020
Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusuf liqosen.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom Hoki taning barbod o’lur oxir jahonda necha yil, Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina 5 Tanosub Baytda bir-biriga aloqador, o’zaro daxldor bo’lgan so’zlarni qo’llash. Bir umumiy uyaga mansub so’zlarni qo’llash demakdir. Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to'ng'a kirib, Bir o'ngurlik , bir tirizlik , bir yaqo, yenglik qiling. Bir-bir ne deyin, boshdin ayoging yaxshi. Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma'mur-u himmati oliy. Sevgi tuyg'ulari bilan bog'liq mayl, vola, zor, vasl, xaridor singari so’zlari ham tanosub san’atini vujutga keltiradi. Kitobat Arab alifbosi harflari shaklidan lirik manzaralar chizishda, poetik obraz yaratilishida foydalanish usuli kitobat deyiladi. Halqa-halqa zulfikim ul mohi tobonindadur, Ching'a boqsam doldek xurshid aning yonindadur Qaddig‘a el mayli bo‘lg‘ondin ko‘ngul ozurdadu, Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.(Navoiy) alif - tik qomatni, dol - egik qomatni. egrilik - lom orqali ifodalanadi. Ul alifdek qomating hasrati Dol yanglig’ ayladi qadim duo Daxr muqayad bila ozodasan Barcha erur kof ila nun zodasi "Mushkin qoshining hay'ati ul chashmi jallod ustuna, Qatlim uchun nas keltirur, "nun” eltibon "sod” ustuna”. Arab alifbosida "nun” qoshga, "sod” ko'zga o'xshashligidan foydalanib, shoir yor go'zalligining o'ziga xos tasviriniyaratadi. "Nun”ni "sod”ning ustiga qo'yilsa (ya'ni avval "nun”, keyin unga qo'shib "sod” yozilsa), "nas”, ya'ni "hukm” so'zi hosil bo'ladi. (Ogahiy) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling