88. Иштирокчиликда содир этилган жиноятнинг ижтимоий хавфлилиги хусусиятларини муҳокама қилинг.
Жиноятда иштирокчилик деб – қасддан содир қилинадиган жиноятни икки ёки ундан ортиқ шахснинг биргалашиб содир этишига айтилади (ЖК 28 моддаси).
Икки ёки ундан ортиқ шахснинг биргалашиб, жиноят содир этиши жиноятнинг ижтимоий хавфлилик даражасини оширади, жиноятни содир этишни, жиноят изларини йўқотишни осонлаштиради. Иштирокчиликда жиноят содир этиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида эътироф этилади ва жазонинг оғирроқ турини қўллашни назарда тутади.
Иштирокчиликнинг иккита белгиси мавжуд бўлиб, улар:
- объектив белгилар;
- субъектив белгилар.
bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoridir, chunki bir kishi tomonidan sodir etilgan qilmishdan ko‘ra, bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan jinoyat tufayli ijtimoiy munosabatlarga ko‘proq zarar yetkaziladi. Jinoyatchilar guruh bo‘lib harakat qilishganda, ancha ishonch bilan qo‘pol va bemalol harakat qilishadi. Bunday holat ularning hayot tarziga aylanib qolishi mumkin.
Jinoyatning uyushgan guruh yoki jinoiy guruh tomonidan amalga oshirilishi yengil kechadi, iz qoldirmaslik va guvohlarni yo‘qotish osonlashadi. Guruh bo‘lib jinoyat sodir qilinganida guruh rahbarlarini fosh etish qiyinlashadi va ularning yashirinishi oson kechadi. Bu jihatlardan olganda, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning maxsus o‘rganilishi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda muayyan yutuqlarga erishishga yordam beradi. Тurli jinoyatlarda uyushgan jinoyatchilik darajasi bir xil bo‘lmay, ularning maxsus o‘rganilishi talab etiladi. Guruh bo‘lib jinoyatlarning sodir etilgan xavflilik darajasiga bir necha shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarga nisbatan ancha yuqoridir.
89.Иштирокчиликнинг объектив белгиларини муҳокама қилинг.
Иштирокчиликнинг объектив белгиларига:
- биргаликдаги ҳаракат (сифат кўрсаткичи);
- айни бир жиноятда икки ёки ундан ортиқ шахснинг қатнашиши (миқдор кўрсаткичи)ни ташкил этади.
Do'stlaringiz bilan baham: |