«JISMONIY MADANIYAT» IXTISOSLIGI BO’YICHA
III BOSQICH TALABALARI UCHUN UMUMTA’LIM
MAKTABLARIDAGI PEDAGOGIK AMALIYOT
D A S T U R I.
Maqsadi:
- «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlash tayyorlash milliy dasturi» hamda
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi talablaridan kelib chiqqan xolda bo’lg’usi
jismoniy tarbiya o’qituvchisining yuksak professional va psixologik
xususiyatlarini tarbiyalash, talabalarda jismoniy tarbiya o’qituvchisi kasbiga
nisbatan qiziqish uyg’otish, ularda jismoniy tarbiya darslarini yuksak saviyada
tashkil qilish malakalarini shakllantirish, mashg’ulotlar jarayonida innovatsion
texnologiyalardan foydalanishga o’rgatish.
Vazifalari:
- xar bir talabada pedagogik faoliyatga nisbatan fuqarolik (ongli, qiziqarli)
munosabatni shakllantirish;
- ijtimoiy – siyosiy, umummadaniyat va psixologik – pedagogik fanlarni chuqur
o’rganishga ijobiy ta’sirini oshirish, o’qituvchilik faoliyatining turli
funktsiyalarini samarali amalga oshirishga yordam beradigan zarur shaxsiy
xususiyatlarni taprbiyalash;
- talaba
tomonidan
fakultetda
maxsus
fanlardan
olingan
bilimlarni
chuqurlashtirish va mustaxkamlash, bu bilimlardan amaliy ish jarayonida
ijodiy foydalanishga o’rgatish;
- maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli xil shakllari
bilan tanishish va ularni amalga oshirishda faol qatnashish;
- psixologiya, pedagogika, xususiy metodikalarda olingan bilimlarga tayanib,
talabalarni pedagogik faoliyatining turli ko’rinishlarini ijodiy tashkil etish va
amalga oshirishga o’rgatish: kichik, o’rta va yuqori sinf o’quvchilari bilan
o’quv ishlarini tashkil qilish, maktab kun tartibidagi sog’lomlashtirish
tadbirlarini va sinfdan tashkari ishlarni tashkil etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |