Jismoniy madaniyat


Birlashtirilgan himoya tizimi


Download 91.15 Kb.
bet55/56
Sana07.11.2021
Hajmi91.15 Kb.
#171473
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Hakamlik.docx 1

Birlashtirilgan himoya tizimi - raqiblami shchitdan uzoqroq

oraliqdan savatga to‘p tashlashga majbur qilishni anglatadi. Bunday

taktik yo‘nalish raqibni yakkama-yakka himoyalash (ta’qib etish) va

zonali himoyani tashkil qilishga asoslanadi.

Raqibni yakkama-yakka (shaxsiy) himoyalashda har bir

o‘yinchi “o‘z raqibini” ta’qib qiladi. Bunday harakatlar uch ochkoli

chiziq atrofida amalga oshirilishi lozim.

Zonali himoyani tashkil qilish hududiy prinsipga asoslanadi.

Boshqacha qilib aytganda har bir himoyachi o‘zi uchun belgilangan

hududni himoya qiladi.

Ushbu himoya tizimi bir necha yo‘nalishlarda amalga oshiriladi

Zonaga kirib borish va erkin jarima chizig‘idan qanotga to‘p

uzatish

Orqa pozisiya va aldamchi harakat bilan siljib harakatlanish

Bu mashqni himoyachi bilan va himoyachisiz bajarish mumkin.

Jamoa besh kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi. Ikkita himoyachi

jarima chizig‘idagi pozisiyani egallaydi, to‘p ushlab turgan o‘yinchi

qanotlardan birida tugaydigan erkin jarima chizig‘ida turadi. To‘p

ushlagan o‘yinchi ikkita himoyachi zonasiga kirib boradi. Zonaga

kirib u to‘pni otib yuboradi yoki sakrab turib to‘p tashlash uchun

qanotga yoki burchakka to‘p uzatadi.

Hujum qilayotgan o‘yinchilar belgilangan miqdorda shunday

usullami amalga oshirishlari lozim shundan so‘ng ular himoyachilar

bilan joy almashadilar. Bu hujum qilish tushunchalarini o‘rganish

hamda to‘p tashlashlar ustida ishlash uchun yaxshi mashq

hisoblanadi. Undan tashqari, bu mashq maydonning turli xil

qismlariga bo‘lib yuborilishi va turli xil zonalardan hujum qilish

usullarini o‘rgatish uchun qo‘llanilishi mumkin. Masalan himoyachilar

markaziy chiziqdan va zonadagi himoyachilaming ikkita

yon chizig‘iga ishora qiluvchi ba’zaviy chiziqdan turib ishlashi

mumkin.

Bu mashq avvalgi mashq singari bajariladi, faqat bu mashqda

himoyachi paydo bo‘ladi.

Peremetrdagi o‘yinchi savat oldidan o‘yinchini qanotdan to‘p

bilan ta’minlaydi va burchakka siljitadi. Savat oldidagi o‘yinchidan

qayta to‘p qabul qilib olgan paytida uning tomoniga himoyachi

chiqa boshlaydi. Shunda o‘yinchi aldamchi harakatni bajaradi bir

marta to‘pga tegishi bilan driblingni (to‘pli o‘yinchi) amalga

oshiradi va sakrab turib to‘p tashlash uchun to‘xtaydi.


Download 91.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling