maqsadi va vazifalari
O’zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari to’g’risidagi Nizomda ularning asosiy maqsadi, vazifalari, me’yoriy talablari belgilangan.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlar sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, aholini jismoniy tarbiya va sport bo’yicha maxsus mashg’ulotlarga jalb etish, o’z sog’lig’ini mustahkamlashdagi ehtiyojni qondirish hamda hayotning turli bosqichlarida jismoniy tayyorgarligini oshirib borish vositasi sanaladi.
SHuningdek, maxsus testlar jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanishga doir asosiy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni egallash, o’qish, mehnat qilish va dam olish kun tartibida jismoniy mashqlarning xilma-xil shakllaridan foydalanish, iste’dodli sportchilarni aniqlash va tarbiyalash maqsadida ommaviy sportni rivojlantirishga yordam beradi.
Maxsus testlarning tizimi
Aholining jismoniy tayyorgarligini aniqlash maqsadiga qaratilgan maxsus testlar egiluvchanlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik va chaqqonlikni aks ettiruvchi sinov turlarini o’z ichiga oladi.
“Alpomish” maxsus testlari o’g’il bolalar (erkaklar), “Barchinoy” maxsus testlari esa qizlar (ayollar) uchun mo’ljallangan.
“Alpomish” testlari 3 bosqichdan iborat bo’lib, 5 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, “Barchinoy” testlari esa 5 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar uchun mo’jallangan.
“Alpomish” testlari:
1-bosqich – 5 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan o’g’il bolalar uchun (umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-9 sinf talabalari hamda kollej va litsey talabalari);
2-boskich – 18 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan erkaklar uchun (oliy o’quv muassasalarining Talabalari, harbiy xizmatchilar, ishlab chiqarishda band bo’lgan yoshlar va boshqalar);
3- bosqich – 35 yoshdan 60 va undan katta yoshdagi erkaklar uchun (xalq xo’jaligida band bo’lganlar, nafaqaho’rlar va boshqalar).
“Barchinoy” maxsus testlari:
1-bosqich - 5 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan qizlar uchun (umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-9 sinf talabalari hamda kollej va litsey talabalari);
2-boskich – 18 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar uchun (oliy o’quv muassasalarining Talabalari, harbiy xizmatchilar, ishlab chiqarishda band bo’lgan yoshlar va boshqalar);
3- bosqich – 35 yoshdan 55 va undan katta yoshdagi xotin-qizlar uchun (xalq xo’jaligida band bo’lganlar, nafaqaho’rlar va boshqalar).
69
Yosh guruhlari
Hammasi bo’lib uch bosqichli testlar bo’yicha 15 ta yosh guruhlari tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |