Jismoniy tarbiya pauzasi ertalabki gigiyenik gimnastika. Alpomish va barchinoy maxsus testlari tashkil qilish usullari
Download 49.08 Kb.
|
JISMONIY TARBIYA PAUZASI ERTALABKI GIGIYENIK GIMNASTIKA.ALPOMISH VA BARCHINOY MAXSUS TESTLARI TASHKIL QILISH USULLARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus testlar asosidagi sinovlarni o’tkazish shartlari va tartibi
- Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlar bo’yicha ishlarni tashkil etish
- Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo’yicha ishlarni joriy etish va tashkil qilishga doir tashkiliy-uslubiy ko’rsatmalar
bosqich (5-17 yosh)
1 guruh - 5-6- yosh (o’g’il va qiz bolalar) 2 guruh - 7-8- yosh (o’g’il va qiz bolalar) 3 guruh - 9-10- yosh (o’g’il va qiz bolalar) 4 guruh - 11-12- yosh (o’g’il va qiz bolalar) 5 guruh - 13-14- yosh (o’g’il va qiz bolalar) 6 guruh - 15-16- yosh (o’spirin va qizlar) 7 guruh - 17 yoshlar (o’spirin va qizlar) bosqich (18- 34 yosh) 8 guruh - 18-23- yosh (erkaklar, ayollar) 9 guruh - 24-29- yosh (erkaklar, ayollar) 10 guruh - 30-34- yosh (erkaklar, ayollar) 3 bosqich (35 – 60 yosh va undan yuqori) 11 guruh - 35-39 yosh (erkaklar, ayollar) 12guruh - 40-44 yosh (erkaklar, ayollar) 13 guruh - 45-49 yosh (erkaklar, ayollar) 14 guruh - 50-54 yosh (erkaklar, ayollar) 15 guruh - 55-60 yosh va undan katta (erkaklar, ayollar) “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari asosida ko’pkurash sport turiga ishtirokchining yoshi va jinsini hisobga olgan holda olti turi kiritiladi. Ko’pkurash musobaqalari sport turlari bo’yicha bo’ladigan musobaqalar qoidalariga muvofiq o’tkaziladi. Musobaqalar oldidan shug’ullanuvchilar me’yorlar majmuasini topshirishlari kerak. Buning uchun ular tayyorgarlik ko’rishlari zarur. Maxsus testlar asosidagi sinovlarni o’tkazish shartlari va tartibi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari asosida musobaqalar umumiy o’rta ta’lim maktablarining barcha sinflari, kollej, litsey va oliy o’quv muassasalarining barcha kurslari Talabalari o’rtasida (tibbiy guruhga kiruvchilardan tashqari) hamda mazkur muassasalarda faoliyat yuritayotgan o’qituvchi, murabbiy va boshqa xodimlari o’rtasida o’tkaziladi. Boshqa sohalarda mehnat qilayotgan yoshlar uchun sog’lomlashtirish yo’nalishidagi musobaqalar tashkil etiladi. Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi tao’kilot xodimlari uchun maxsus o’tkaziladigan mashg’ulotlar uyushtiriladi. Maxsus testlarni sinov topshiriga yuqorida nomlari zikr etilgan barcha kontingent jalb etiladi. Bundan tashqari shifokorning ruxsatnomasiga ega bo’lgan, tashkiliy sur’atdayoki mustaqil ravishda sport bilan shug’ullanadigan 70 barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining sinov turlari bo’yicha musobaqalardagi mashqlarning bajarish shartlariga hamda sport turlari bo’yicha musobaqalar qoidalariga muvofiq shahar (tuman) sport bo’limlari tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay’ati o’tkazadi. Hakamlar hay’ati tarkibiga tibbiy xodim ham kiradi. Testlarni topshirishga tayyorgarlik ishlari talabalar, Talabalar uchun o’quv muassasalarida o’quv mashg’ulotlari hamda o’qishdan tashqari jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport mashg’ulotlari jarayonida, turli yerdi mehnat qilayotgan yoshlar uchun sport sektsiyalari, umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhlar, sihat-salomatlik guruhlarida tashkil etiladi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlar bo’yicha ishlarni tashkil etish Respublika, viloyat, shahar va tumanlarda test me’yorlarining bajarilishiga rahbarlik va bu ishlar ustidan nazorat tegishli hokimiyat, sport bo’limlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’lim vazirliklari va ularning joylardagi bo’limlari, korxona va tashkilotlarning kasaba uyushmasi ko’mitalari, harbiy qismlarning qo’mondonlari va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning bo’lim rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Me’yorlarni va test talablarini bajargan musobaqa qatnashchilari ko’krak nishonlari va maxsus guvohnomalar bilan taqdirlanadi. Nishonlar va maxsus guvohnomalar bilan taqdirlashning sarf-harajatlarini tegishli o’quv tashkilot, harbiy qism va huquqni muhofaza qilish muassasalari o’z zimmasiga oladi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test natijalariga ko’ra nishon, guvohnoma, diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlash tantanali ravishda o’tkaziladi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo’yicha ishlarni joriy etish va tashkil qilishga doir tashkiliy-uslubiy ko’rsatmalar “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanishga doir bilimlar, ko’nikma va malakalarni egallash, shuningdek, gigiena va fuqarolar mudofaasi yuzasidan nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’zda tutadi. Mashg’ulotlar aholining o’qish, xizmat joylari, turar joylarida tashkil etiladi. Me’yorlarni qabul qilish ishlari ma’muriyatning buyruqlari bilan tasdiqlanib, joylardagi tegishli sport bo’limlari bilan kelishilgan holda maxsus testlar bo’yicha tegishli mahalliy komissiyalar tomonidan o’tkaziladi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo’yicha me’yorlarni topshirishga tayyorgarlik hamda uni bajarish ishlari o’quv yili davomida o’tkaziladi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari mamlakat aholisining jismoniy tarbiya tizimining dasturiy va me’yoriy asosidir. Nazorat me’yorlari yordamida aholining o’qish, mehnat faoliyati va harbiy xizmatga bo’lgan jismoniy tayyorgarligini umumiy darajasi aniqlanadi. Maxsus testlar 71 salomatlikni mustahkamlash, ijodiy va mehnat faolligini oshirishiga yordam beradi. Aholining salomatligini ta’minlovchi «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari mazmunida mamlakatda jismoniy tarbiya va sport harakatini yanada takomillashtirish vazifalari mufassal ishlab chiqilgan va ular amalda qo’llanilmoqda. Ta’kidlash joizki, aholining salomatligini mustaxkamlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining hayotga tatbiq qilinishi, o’quvchi yoshlar va Talabalarning turli sport musobaqalari, «Umid nihollari», «Barkamol avlod» o’yinlari, “Universiada”, xalq milliy o’yinlari festivallari hamda aholi istiqomat joylari, mehnat jamoalarida spartakiadalar, birinchiliklarning muntazam tashkil qilinishi e’tiborga molikdir. Barcha hududlar va markaziy shaharlarda yirik sport inshootlari qad ko’tarmoqda, yangi sport maktablari, litseylar, kasb-hunar kollejlari tashkil qilinmoqda. Sport jamoalarining turlari va sonlari tobora oshmoqda. Bunda ommaviy sog’lomlashtiruvchi va sport mahoratlarini oshiruvchi tadbirlarni maqsadli tashkil qilish mutaxassislar, jamoat idoralari va homiylardan katta matonat, diqqat-e’tiborni talab etadi. “Boshqaruvning quyi qatlamlarida, ayniqsa, tashkil qilish mutaxassislar, jamoat idoralari va homiylardan katta matonat, diqqat-e’tiborni talab etadi. “Boshqaruvning quyi qatlamlarida, ayniqsa, ishlab chiqarish sohasida yangilikka intilish, yangilikni joriy etishga sa’y-harakatlar bor, lekin bu olijanob mayl va harakatlar o’rta va yuqori bo’g’inlarda, xususan, mamlakat vazirliklari va idoralari darajasida o’tirgan, to’rachilikka mukkasidan ketgan, loqayd, eskicha fikrlaydigan, o’zini xon, ko’lankasini maydon hisoblaydigan, yangilikka yo’l bermaydigan ba’zi noshud rahbarlar qarshiligiga duch kelmoqda. Bizning qat’iy fikrimiz shuki, bunday kishilar yo tanqiddan zarur xulosa chiqarib, tez orada o’z fikr va saviyalarini o’zgartiradilar, yoinki biz ularning butunlay bag’ridan o’tamiz” Shu jihatdan jismoniy tarbiya va sport harakatiga rahbarlik qilish, bu sohada yetuk kadrlar tayyorlash, ularning malakalarini zamon talablari asosida oshirib borish muhim muammolardan biridir. Ana shu muammolarni o’rganish va hal qilish yo’llarini egallashni o’rgatuvchi fan Jismoniy tarbiya harakatini boshqarishdir. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti, Respublika oliy o’quv muassasalaridagi jismoniy tarbiya fakulьtetlari, Olimpiya zahiralari va sport kollejlari hamda pedagogika kollejlarining jismoniy tarbiya bo’limlarida oliy va o’rta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanadi. Bu ta’lim muassalarining o’quv rejalarida «Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish» fani o’zining maqsad hamda vazifalari bilan alohida o’rin tutadi. Fanning asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarish usullari bilan qurollantirishdir. Fanning asosiy vazifalari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa amaldagi qonunlar, qarorlar hamda nizomlarda ko’zda tutilgan jismoniy tarbiya va sport ishlari haqidagi xujjatlar mazmuni va ulardan kelib chikadigan vazifalarni o’rgatish. Sog’lom avlodni tarbiyalash, ishlab chiqarish unumdorligini, shuningdek mehnatkashlarning ish qobiliyatini oshirish hamda inson umrini uzaytirishda jismoniy tarbiya, sport va xalq milliy o’yinlarining ijtimoiy-pedagogik mohiyatlarini asoslab berish. Bo’lajak mutaxassislarni ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish hamda uni boshqarish qonuniyatlari va amaliyoti bilan qurollantirish. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining bosqichlariga tayangan holda sport klublari, jismoniy tarbiya jamoalari va aholi turar joylarida ommaviy sog’lomlashtirish tadbirlarini uyushtirishda Talabalarga boshqaruvchilik malakalarini va tadbirkorlik faoliyatlarni to’la singdirish Ushbu fan o’z navbatida, Talabalar, yosh mutaxassislar va sport tashkilotlarining xodimlariga quyidagi vazifalarni yuklaydi: - fanning mazmunini chuqur o’rganish va o’tgan davrlarda uning qay yo’sinda taraqqiyot etganligini taqqoslagan holda chuqur tahlil qilish; - davlat va jamoat tashkilotlarining sportni Boshqarish va rivojlantirish bo’yicha qabul kilgan farmon va karorlarni o’zlashtirib olish; - sport tashkilotlari va ularning rahbarlari erishgan yutuqlar, ilg’or tajribalarni qunt bilan o’rganish; - ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda o’tkaziladigan ilmiy-nazariy anjumanlarda ishtirok etish, qo’yilgan muammolarni o’rganish, ma’ruzalar qilish; - sport tashkilotlari va ularning quyi jamoalari haqidagi Nizomlarni bilish; - ommaviy targ’ibot vositalarining jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi ma’lumotlarini doimiy ravishda kuzatib, o’rganib borish; - boshqarish faoliyatlariga tegishli huquqiy, moddiy - texnik bilimlarni to’la o’zlashtirish; - hujjatlarni yuritish, rejalashtirish bilan bog’liq bo’lgan bilim va malakalarni egallash; - olingan nazariy bilim va amaliy malakalarni o’quv amaliyotlari jarayonida sinovdan htkazish; seminar va amaliy mashg’ulotlarga puxta tayyorlanish, ularga ijodiy yondoshish, reyting tizimi talablarini chuqur o’rganish, ularni amalda qo’llash; jismoniy tarbiya nazariyasi, pedagogika, psixologiya, ixtisoslik (sport turi) va boshqa fanlardagi boshqaruv usullarini tadbirkorlik asosida ushbu fan bilan bog’lay bilish. «Navro’z» bayrami, hosil bayrami, to’ylar, qadimgi milliy an’analardan hisoblanadi. Ularning safiga milliy bayram sifatida «Mustaqillik» kuni bayrami ham qo’shildi. Bu an’anaviy bayramlar, xalq sayillari va to’ylarda kurash, ko’pkari, uloq, poyga, otdan ag’darish, «qiz quvmoq», dorbozlik, tosh ko’tarish, bilak kuchini sinash va boshqa o’nlab o’yinlar doimiy ravishda qo’llanib kelingan. Ular haqida «Alpomish», «Qirq qiz», «To’maris afsonasi», «Shohnoma», «Manas» kabi juda ko’p dostonlar guvohlik beradi. O’zbekiston istiqlol sari dadil borar ekan, xalq milliy o’yinlari milliy qadriyatlar sifatida yanada e’zozlanmoqda. Ular «Navro’z», «Mustaqillik kuni», «Hosil bayrami», kasb-hunar bayramlari, to’ylar va ulug’ sanalarni nishonlash jarayonlarida yangi shakl va mazmunda keng qo’llanilmoqda. O’zbek kurashi xalqaro sport maydoniga chiqdi. Sportning bu turi bo’yicha jahon chempionatlari muvaffaqiyatli o’tkazildi. Shu tufayli kurash shahar va qishloq yoshlarining sevimli sporti sifatida ommalashmoqda. Qishloqlardagi katta to’ylar kurashsiz va ko’pkarisiz o’tkazilmaydi. Otlarning zotini ko’paytirish, chavandozlar sonini oshrish borasida qishloq, qo’rg’on faollari jiddiy ish yuritmoqda. Barcha milliy bayramlarimizda faqat chavandoz polvonlargina emas, hatto yoshlar ham poyga, ko’pkari va boshqa xalq miliy o’yinlarida faol qatnashmoqdalar. 1991 yil aperldan buyon Respublika miqyosida xalq milliy o’yinlari musobaqalari, «Alpomish» o’yinlari festivallari o’tkazilayotgani haqida yuqorida bayon etilgan edi. Ayollar yiliga bag’ishlab o’tkazilgan xalq milliy o’yinlari «To’maris» festivali, xalq milliy o’yinlarining mazmun va shakl jihatdan boyligi, ularning ijtimoiy-pedagogik mohiyatlari qanchalik ustun ekanligini namoyish qildi. Ta’kidlash lozimki, markaziy shaxarlar miqyosida va ba’zi qo’rg’on, qishloq hamda mahallalarda o’tkazilayotgan Navro’z, Mustaqillik kuni, Hosil bayramlari hamda to’ylarda xalq milliy o’yinlari namoyish shaklidagina olib borilmoqda. Bu esa yoshlarning o’zaro bellashuvi va o’yinlarning ommalashuviga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Mahallalar va qishloqlarda o’tkazilayotgan an’anaviy bayramlarda xalq milliy o’yinlarini tashkil qilishda mahalla oqsoqollari Kengashi faollari, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari yaqindan turib o’zaro hamkorlik qilishlari zarur. Shunga asosan ko’pchilik ishtirok etadigan xalq milliy o’yinlarini mazmun va qoidalarini ixchamlashtirgan holda tashkil qilish lozim bo’ladi. Bunday tadbirlarda mahalliy xotin-qizlarning ishtirokini ta’minlash xalq milliy o’yilarining turlaridan keng foydalanishga olib keladi. Xalq milliy o’yinlari shug’ullanuvchilar ning insoniy fazilatlari va jismoniy sifatlarini maqsad yo’lida tarbiyalashda milliy qadriyatlarga tayanadi va ma’naviy-jismoniy kamolotni o’stirishga xizmat qiladi. Ana shu jihatlar e’tiborga olinsa, mahalla oqsoqollari kengashi faoliyatini kuchaytirish va xalq milliy o’yinlaridan foydalanishni ta’minlashda ijobiy tomonlarga siljish bo’lishi mumkin. Mahallalar, mavzelar, ko’chalarda bolalar va o’smirlarning guruh (5-10 kishi) bo’lib futbol, tennis, badminton va turli harakatli o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishlari odatiy bir holdir. Goho ular ichida taklif va tashabbuslar chiqib, ko’chalararo, mavzelarda esa uylararo musobaqalar o’tkazib turiladi. Bunday hollarda tashkiliy va hakamlik ishlari bolalarning o’zidan chiqadi, ya’ni sport mutaxassislari bundan chetda qoladi. Natijada, ba’zan turli baxslar, shartlarni bajarmagani uchun mojarolar bo’lib turadi. Bu esa yoshlar orasida g’arazgo’ylik kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Oqibatda, ota-onalar orasida norozilik, xasadgo’ylik vujudga keladi va ularga mahalla oqsoqollari Kengashi xodimlari aralashishga to’g’ri keladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun sport turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha komandalar tuzish, ularga sport ishqibozlari, mutaxassislar boshchilik qilishlari lozim. Buning uchun esa quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur. Mahalla oqsoqollari Kengashi idorasi oldida komanda tuzish to’g’risida afisha osib qo’yish, faollar orqali bolalarga og’zaki e’lon qilish, radiouzel tarmoqlari, telefonlardan foy-dalanish. Murabbiylar va hakamlar tarkibini tuzish, ularning vazifalarini belgilash. Yig’ilgan bolalarni ro’yxatga olish va ularning hohishlari bo’yicha jamoalar tuzish. Sport mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maktabning o’yin va sport zallari yoki ishlab chiqarish korxonalarining sport inshootlaridan foydalanish. Download 49.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling