Jismoniy tarbiya pauzasi ertalabki gigiyenik gimnastika. Alpomish va barchinoy maxsus testlari tashkil qilish usullari


Download 49.08 Kb.
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi49.08 Kb.
#1516482
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA PAUZASI ERTALABKI GIGIYENIK GIMNASTIKA.ALPOMISH VA BARCHINOY MAXSUS TESTLARI TASHKIL QILISH USULLARI.

To’garaklar tashkil qilish


Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bilan shug’ullanuvchilarni bir joyga to’plab, komandalar mashg’ulotlarini to’garak sifatida tan olish, ularning barchasini uyushgan holda jismoniy tarbiya jamoasi yoki uyushmasini ta’sis etish. Barcha faoliyatlarni yuritish uchun Kengash saylash (har bir sport turi komandasining sardori kengash a’zosi etib saylanadi) hamda uning raisi (prezidenti)ni ham saylash lozim bo’ladi.


Jamoa (uyushma) kengashi raisi va a’zolari mahalla oqsoqollari kengashi bilan doimiy aloqada bo’lishi va hal qilinishi zarur bo’lgan masalalarni moslashtirib turishi kerak.




Mahalla oqsoqollari kengashi, o’z navbatida, mahallada tashkil etilgan sport jamoasi uyushmasi haqida tuman-shahar hokimiyati, sport qo’mitasi va boshqa mas’ul idoralarga ma’lum qilishi lozim. SHu tariqa maxalladagi komandalar, to’garaklar va sport jamoasining tashkiliy-tarkibiy, uning Nizomi va boshqa zarur tomonlari huquqiy hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi shart.
Dam olish maskanlarida (sport lagerlari, istirohat bog’lari va x.k.) sog’lomlashtirish ishlari


Aholi istiqomat joylarida dam olish va sog’lomlashtirish maskanlari shakli quyidagicha bo’lishi mumkin:



  1. Istirohat va ko’ngil ochish bog’lari.

  2. Anhor, ko’l, suv ombori va katta ariq yoqalari.




  1. Talabalarning dam olish oromgohlari lager.

  2. Sport oromgohlari (sport lageri).

  3. Mahalla va uylar oldidagi bolalarning o’yin maydonlari.



Bu shakllardagi dam olish maskanlarining qurilish, shart-sharoitlari, imkoniyatlari har xil bo’lishi tabiiydir. Shu sababdan ularda tashkil qilinadigan komandalar, sog’lomlashtiruvchi guruhlar, ularning mashg’ulotlari hamda musobaqalari ham shundan kelib chiqqan holda har xil bo’ladi. Bunday turli-tuman joylarda o’yinlar, mashg’ulotlar va musobaqalarni tashkil etish mutasaddi tashkilotlar, jamoat tashkilotlari, mahalla-qishloq oqsoqollari kengashi hamda faollari tomonidan olib boriladi. Bu faoliyatlarda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari, tibbiy xodimlar, qutqaruvchi va nazorat xizmatlari bo’lishi kerak.


Umumiy xulosa shundan iboratki, mamlakatda olib borilayotgan turli ommaviy tadbirlarda sport turlari va xalq milliy o’yinlari mazmun topmoqda. Ularni tayyorlash va o’tkazishda aholi turar joylaridagi faollar yaqindan yordam bermoqda.
«Avesto», «Alpomish», i va boshqa manbalarda jismoniy tarbiya haqidagi ma’lumotlar
O'zbekiston mustaqilligi yillarida milliy qadriyatlar bilan bog'liq bo'lgan ilmiy meroslar, xalq og'zaki ijodiyotining durdonalari, badiiy, diniy manbalami chuqur o'rganish va ularning ijtimoiy-tarbiyaviy ^jarayonlarini ommaga, ayniqsa, o'quvchi yoshlarga singdirish masalalari oldinga surilmoqda.
Respublika Prezidenti I.A.Karimovning «Alpomish» dostonining yaratilishiga 1000 yil, «Avesto» kitobining 3000 yilligi va b.q. haqidagi munozaralari, mulohazalari va farmonlari bunga dalildir.
«Sharq» nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati tomonidan madaniyatimiz tarixida ilk bor «Avesto» kitobi mukammal suratda nashr etildi.
Umuman olganda, qadimgi ajdodlar ijtimoiy turmush madaniyati, ayniqsa, sihat-salomatlik, jismonan chiniqish, mehnat hamda uzoq umr ko'rib yashash uchun yaratgan ta’lim-tarbiya jarayonlari «Avesto»da chuqur ma’no va o'rin egallagan.
Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati xalq og'zaki ijodida, ayniqsa, ko‘proq ifodalanadi. Bulami «Alpomish» dostoni misolida tan olishga to'g'ri keladi. «Alpomish» dostonida kurash, otda poyga, kamondan o‘q otish va merganlik kabi jismoniy sifatlar, vatanparvar va xalq uchun, sevikli yori uchun jonini ham fido qilish kabi eng ulug* insoniy fazilatlar madh etilgan.
«Alpomish» dostonining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki, bundan bir necha ming yillar mavjud boigan urf- odatlar, marosimlar, ayniqsa, yigit va qizlarining bir-biriga vafodorligi, jismoniy jihatdan o‘ta barkamolligi, dushmanlarga shafqatsiz kurashlari odilona bayon etilgan.
«Go‘ro‘gii» to‘g‘risida o‘nlab katta dostonlar mavjud. Ular Markaziy Osiyo, Kavkaz va boshqa hududlarda ham mashhurdir. Dostonlaming tarbiyaviy jihatlari shundaki, yigit va qizning muhabbatlari orqali xalq irodasi, an’analar, urf- odatlar mazmunida otda chopish, jang qilish, qilichlashish, tog‘, daryo, chakalakzorlarda quvlanib o‘tish, kurash, kamondan o‘q otish kabi jismoniy faoliyatlar yuqori saviyada madh etilgan.
«Qirq qiz» dostonida hozirgi Qoraqalpogiston hududi- dagi janglar o‘z ifodasini topgan. Bunda o‘z ota-onalari, qavm-qarindoshlari uchun o‘ch olishda dushmanlar bilan mardonavor jang qilishgan qizlar timsoli tasvirlanadi: «Rustam», «Tohir va Zuhra» kabi xalq og'zaki dostonlarida ham xalq irodasi, yovuz kuchlar va yigit-qizlarining sevgi- muhabbat yoiida qurbon boiganliklari bayon etilishi bilan birgalikda, jasur, botir, pahlavon, chavondoz kabi sifatlar ham o‘z ifodasini topgan.
Qadimgi davrlar jismoniy tarbiyasi haqida yana fikr yuritilganda, Ibn Sino haqida mulohazalar bildirishga to‘g‘ri keladi. - :
Jahon tibbiyot olamining buyuk sultonlaridan biri, Abu Ali ibn Sinodir (980—1037). U falsafa, adabiyot, musiqa va boshqa ko‘p sohalami ham mukammal bilgan donishmand- dir.
Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari beqiyos ko‘p. Ular ichida «Tib qonunlari» alohida ahamiyat kasb etadi. Bu asami deyarlik barcha xalqlar o'z tillariga tarjima qilishgan. O'zbek tiliga ilk bor 1153-yilda, keyinchalik (1956, 1980, 1993) bir necha bor qayta nashr etildi.
Ibn Sinoning ijodiy faoliyati, «Tib qonunlari» va boshqa asarlarini ilmiy jihatdan o‘igangan, tahlil qilgan va ularning mohiyatini ochib beigan taniqli olimlar juda ko‘p. Biigina 0‘zbekiston sharoitida ularning soni 100 dan oshib ketadi.
Buyuk allomaning ilmiy-pedagogik meroslarini chuqur o'iganishda taniqli pedagog S.R.Rahimov (Samarqand DU), respublikada xizmat ko‘rsatgan fan aibobi, professor
O.A.Rixsiyeva (0‘zDJTI 16) va boshqalaming xizmati katta- dir.
Respublika hukumati va mas’ul davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlarining tashabbusi bilan 1980-yilda Buxoroda Abu Ali ibn Sinoning tavailudiga 1000 yil to'lishi munosabati bilan katta ilmiy anjuman o'tkazildi. Bunda tib- biy xodimlar, jismoniy taibiya va sport sohasidagi olimlar va boshqalaming Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari haqida ma’ruza qildilar. Anjumanning materiallari respublikada jismoniy taibiya ilmini takomillashtirishda salmoqli hissa qo'shdi, desa boiadi.
Ibn Sinoning ta’biri bilan aytganda «Sogiiqni saqlash- ning asosiy tadblri — badan tarbiya»dir.
Mutafakkir adibning 30 dan oitiq tibbiy asarlari shu kun- gacha yetib kelganligi maium. Ularning hammasida ham, muallifning jismoniy mashqlaiga oid ilg'or fikrlari va amaliy mashqlar mazmuni uchraydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Ibn Sino jismoniy mashqlar- ning shakli va mazmuni hamda uning mohiyatlarini gigiyena, sogiiqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy tadbiriarda berib boiadi. Bu esa har bir insonning jismoniy mashqlar bilan qachon va qaysi taitibda shug‘ullanishini belgilab beruv- chi ta’limdir. Masalaga shunday yondashish maqsadga muvofiq boiar edi.
«Tib qonunlari» haqida mulohaza qilinadigan bo‘lsa, ki- tobning birinchi qismi (tomi) deyarli inson salomatligini saqlash va uni rivojlantirishga bag'ishlangan. Eng muhim to- moni shundaki, kitobda inson tanasi va uning a’zolari, in- sonni shakllantirish hamda uning kamolotida yuz beradigan anatomik tuzilishlar, fiziologik va mhiy jarayonlaming holati, kasallildaming kelib chiqish sabablari ilmiy jihatdan bayon qilingan. Bu holatlami bilish, shu asosda insonlar o‘z-o‘zini tarbiyalashdek muhim boigan ijtimoiy-taibiyaviy jarayonlami hayotda qoilash bugungi kunning eng dolzarb muammolari- dan biridir.
Ibn Sinoning jismoniy mashg'ulot kishining yoshiga, jin- siga, sog'-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va uslublarda o'tkazish kerakligi haqidagi g'oyalari—juda o'rinlidir. Shuningdek, bolalik, o'smirlik, yigitlik va qarilik g'oyalarida kishi jismoniy mashg'ulotga turlicha munosabatda boiishi kerakligi masalalarini alohida uqtiradi. Bu ilmiy- pedagogik ta’lim merosi jahon xalqlari jismoniy madaniyati tarkibiga singib ketgan ijtimoiy turmush voqealigidir, desa boiadi. Bu holatlami barcha oilalar, ayniqsa, mahalliy millat vakillari, shuningdek, barcha tarbiyaviy maskanlar, o'quv yurtlarida qayta-qayta o'iganishlari lozimdir.
Ibn Sino taiimining eng yuksak va hayotiy jihatlardan biri shundaki, «Badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakat» mo'tadil ravishda va o'z vaqtida badantarbiya bilan shug'ullanuvchi odam buzilgan xiltlar tufayli kelgan kasalliklaming va mijoz hamda ilgari o'tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklaming davosiga muhtoj bo'lmaganligini bashorat qilib beigan.
Ibn Sinoning turli xil kasalliklami oldini olish va uni davolashda badantarbiya mashqlaridan foydalanish tajri- balarini respublikada xizmat ko'rsatgan fan aibobi tibbiyot fanlari doktori professor O.A.Rixsiyeva (16—12) ham ma’qullaydi.
Ibn Sinoning ta’kidlashicha, badantarbiya bilan mashg'ul bo'lmay qo'ygan kishi ingichka og'riq (a’zolaming torayishi) kasaliga uchraydi, chunki harakatsizlik natijasida uning a’zolari zaiflashadi.
U badantarbiya turlarini asosan ikki guruhga boiadi:
1. Odamning ish jarayonlarida qiladigan harakatlari.
2. Maxsus badantarbiya harakatlart.-
Buyuk olim badantarbiya deganda, asosan maxsus badantarbiya harakatlarini nazarda tutadi. Shu sababdan, badantarbiya turlari juda ko‘p boiib, ular tez, nozik, yengil, kuchli va hokazo tarzlarda bajarilishini eslatadi. Bu, albatta, ilmiy nuq- tai nazardan olganda har bir shug'ullanuvchi uchun asosiy taiimdir.
Ibn Sino tortishish, mushtlashish, yoydan o'q otish, tez yurish, nayza otish, osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik, nayzabozlik va otda yurishlar badantarbiyaning tez bajariladigan turlariga kirishini aytadi.
Nozik va yengil turiga aig‘imchoq uchish, belanchakda tik yoki yotib uchish, qayiq va kemalarda sayr qilish va boshqa harakatlardir, deydi u.
Badantarbiyaning kuchli turiga, kishining o'z soyasi bilan olishishi, katta va kichik koptoklar bilan chavgon o‘ynash, kurash, tosh ko'tarish, chopayotgan otni jilovidan tortib to'xtatish kabilami kiritadi.
Ibn Sinoning tavsiyasiga ko'ra badantarbiya vaqtida tez va shiddatli harakatlar, yengillari bilan doim almashtirib turish, shuningdek, ma’lum bir harakatni uzoq vaqt bajarmaslik uslublarini uqdiradi.
Tan olish kerakki, bundan ming yillar oldin amaliy tajri- bada sinalgan va ilmiy jihatdan asoslangan jismoniy (badan) tarbiya Xalqaro sport harakatining muhim mezonlariga ay- langanligi barcha sport turlari bo'yicha murabbiylami lol qoldiradi.
Yana e’tiborli tomonlardan biri shundaki, turli kasallik- lami davolashda ruhiy ozuqa berish (xursandchilik) yo'llarini, ya’ni turU xil sayrlar, sayohatlar, kemalarda suzish, tabiat manzaralaridan bahramand boiish omillarini ishlatishni tavsiya etgan.
Ibn Sino har bir a’zoning kasalini tuzatish uchun maxsus' harakatlar — jismoniy mashqlar borligini eslatadi. Bunda
uqalash (massaj) mashqlarini ko'zda tutadi va ulami quyidagi turlaiga bo'ladi:
1. Gavdani baquwat qiluvchi — kuchli uqalash.
2. Gavdani yumshatuvchi kuchsiz uqalash.
3. Ozdiruvchi — davomli uqalash.
4. Gavdani o'stiruvchi — mo'tadil uqalash.
Olimning ta’kidlashicha, uqalash dag'al yoki yengil bo'ladi. Dag'al uqalash dag'al latta bilan amalga oshiriladi. Yengil uqalashni yengil (yupqa) latta bilan bajariladi. Uqalashlar asosan bo'shashgan a’zolami zichlatish, yumsho- qlarini qotirish, dag'alini mayin qilish va qattiqlarini yum- shatish maqsadida qilinishini bildiradi.
Bundan tashqari, badantarbiya bilan bog'liq uqalashlar to'g'risida ham ta’lim beradi: _____
1. Badantarbiyaga tayyorlovchi deb atalgan uqalash (sport trenirovkalari, musobaqalari oldidan hoziigi davrda qo'llaniladi).
2. Badantarbiyadan keyin qilinadigan uqalash. Buni badanning o'z holiga keltiruvchi uqalash yoki tinchlantiruv- chi uqalash deyish mumkin. Bu hoi ortiqcha toliqqan, o'ta ko'p og'ir mashqlar (trenirovka, musobaqa) bajaigandan keyin qo'llaniladi. Ayniqsa, ko'pkari (uloq), poyga, kurash- dan keyin uqalash mashqlari hayotda ko'p qo'llaniladi.
Uqalash mashqlarining qon aylanish tizimini tezlatish (maromiga yetkazish), nafas olishni yaxshilash, hazm qilish a’zolarining ish faoliyatlarini to'g'ri yo'lga solishda muhim ahamiyat kasb etishi allomaning ilmiy-amaliy ta’limida to'la mazmun topganligining shohid bo'lish mumkin.
Shuni ham eslatish zarurki, Ibn Sino salomatlikni saqlash va uni mustahkamlashda dam olish, uyqu va me’yorida ovqatlanish hayotiy zaruriyatligini eng asosiy omillardan deb biladi.
Ibn Sinoning badantarbiya haqidagi ta’limida eng asosiy o'rinlardan birida kurash turlari turadi. Ya’ni «Kurashning turlari ham bir nechadir. Ulardan biri: ikki kurashuvchining har biri o'z raqibining belbog'idan ushlab toitadi, shu bilan biiga kurashuvchi o'z raqibidan qutilishning chorasini qiladi.
Ikkinchisi esa qo'yib yubormaslikka harakat qiladi. Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qo‘li bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab o'ziga tortadi va yonga ag'daradi, bu vaqtda birinchi kurashuvchining o'ng qo'li ostidan o'tishi kerak, (kurashuvchilar) goh qadlarini tildab, goh egiladilar (kurash) turlari yana ko'krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bir kishining bo'ynidan.ushlab egish, bir-birovlarining oyoq- larini o'z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib yoki oyoqlari bilan ikkinchisining oyoqlarini yirib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi».
Ibn Sinoning inson salomatligini jismoniy taibiya vositalari bilan yaxshilash va uni kamolotga yetkazishdagi mutafak- kirligi yana shunda ayon bo'ladiki, u gavdaning har bir qismi uchun maxsus harakatlar borligini bashorat bilan aniq misol- larda ko'rsatib bergan. Qo'l va oyoq harakatlari, ko'krak va nafas a’zolarining boringki, barcha a’zolaming tabiiy hara- katlarini ishga soluvchi mashqlar majmuasini o'z asarlarida mujassamlashtiigan. Bunda tovush - og'iz bo'shlig'idagi barcha a’zolami harakatlantirish (baland-past ovoz chiqarish, tilni chiqarish, toitish, burash, tuflash va h.k.) mashqlarini beigan. Ichki a’zolami ishga tushirish mashqlariga belanchakda uchish, titratish, aravalarda yurish va b.q.ni tavsiya etadi.
Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslarida jismoniy tarbiyaning eng muhim vositalari sifatida hammomda cho'milish, sovuq suvda cho'milish, suv va ichimliklami iste’mol qilish, ovqatlanish, uyqu va dam olish mazmunlari ham joy olgan. Keksalik davridagi jismoniy tarbiya va umu- man safar (sayohat) vaqtlarida fasllaiga qarab harakat qilish asoslarini ham ko'isatadi.
Umuman olganda, Ibn Sinoning jismoniy taibiya so- halaridagi ilmiy-pedagogik ta’limotini chuqur o'iganish, uni insonlaming yoshi, jinsi, ijtimoiy turmush sharoiti va e’tiqodlariga qarab qo'llash usullarini hoziigi davr talabi asosida keng yo'lga qo'ymoq zarur. Buning uchun esa, eng avvalo, jismoniy taibiya ta’limini aholi o1itasida keng taig'ib qilish, uning insonlar salomatligini yaxshilash hamda jismoniy kamolotga eltuvchi mohiyatlarini barcha kishilar ongiga singdirish lozim bo'ladi.
Sogiom avlod taibiyasi va kamolotini ta’min etuvchi o'quv- uslubiy qo'llanmalar, ilmiy-ommaviy risolalami ko'paytirish, xalq milliy o'yinlari bo'yicha ommaviy sogiomlashtiruvchi tadbirlami tez-tez tashkil qilish, ulami ma’naviy boyligimizni oshirishga xizmat qildirish zarur bo'ladi.


XULOSA
Sport markazlari tushunchasi, asosan, zamonaviy sport inshootlarini bildiradi. Bu mashg’ulotlarni o’tkazishdagi to’g’ri tushuncha hisoblanadi. SHuningdek, sport jamiyatlari, sport maktablari va ularda faoliyat ko’rsatuvchi rahbarlar, murabbiylar, hakamlar hamda boshqa rasmiy kishilarning sport turlari bo’yicha terma jamolar tuzish, ular bilan o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish masalalarini muvofiqlashtirish faoliyati ham shu tushuncha ichiga (sport markazi) kiradi.


Tuzilgan terma jamoalari safida eng kuchli sportchilar yig’iladi, o’quv-yig’in mashg’ulotlari va rasmiy hamda norasmiy musobaqalarda ularning texnik-taktik tayyorgarliklari sinab ko’riladi. SHu jihatdan ham bunday tadbirlarda faqat murabbiylargina emas, balki ilmiy xodimlar, mutasaddi rahbarlar, mas’ul xodimlar, shifokorlar, homiylar ham mashg’ulotlar hamda musobaqalarda ishtirok etish, o’zlarining taxminiy mulohazalarini bildirishlari mumkin.


Bunday hollarda sport turlariga qarab shahar va viloyat markazlarida mavjud bo’lgan eng yaxshi sport inshootlari tanlanadi. Ularga zarur bo’lgan asbob-uskunalar, texnik vositalar, shart-sharoitlar yaratiladi. Sport markazlaridagi o’quv-yig’in mashg’ulotlari va musobaqalar hamda sport inshoot xizmatlari bilan bog’liq tashkiliy ishlar, moddiy-texnik hamda moliyaviy ta’minot ishlari tashkil qiluvchi tashkilot, jamiyat, klub tomonidan amalga oshiriladi. So’nggi yillarda bunday mas’ul va yirik sport tadbirlarini tashkil qilish hamda ularni maqsaddagidek o’tkazish jamg’arma uyushmalari, homiylar tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.


Sport markazlari faoliyati, asosan, sport inshootlari ma’muriyati, mas’ul jamiyatlar va sportklublari tomonidan boshqariladi. Umumiy rahbarlik sport uyushmalari, sport qo’mitalari tomonidan olib boriladi.


Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonning katta sporti rivojiga bolalar va o’smirlar sport maktablari, maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari hamda bilim muassasalari jamoalari o’z hissalarini qo’shmoqda. Yosh sportchilarni tarbiyalab voyaga yetkazishda, ularning xalqaro sport maydonlariga qadam qo’yishlarida murabbiylarning xizmati g’oyat kattadir.
O’zbekistonning shon-shuhratini sport orqali jahonga yoyishda kurash, boks, tennis, shoxmat, sharqona yakkakurash va boshqa sport turlari bo’yicha sportchilar mardonavor maxorat ko’rsatmoqda. SHu sababdan ham O’zbekiston Prezidenti va hukumati sportni yanada rivojlantirish, ayniqsa, bolalar va o’smirlarning sport maktablari faoliyatini yanada yaxshilash zarurligini ko’zda tutib, qator farmonlar, qarorlar qabul qilmoqda. SHuningdek, tajribali murabbiylar va xalqaro sport musobaqalarining g’oliblari munosib ravishda taqdirlanmoqda. Bunday g’amxo’rlik va e’tiborlar sport inshootlarini yanada kengaytirish, eng zamonaviy sport inshootlarida terma jamoalarning o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish hamda musobaqalarni tashkil qilishga muhayyo qilib berilmoqda.


Ta’kidlash lozimki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga singdirish uchun respublika viloyatlarining markazlarida olimpiya o’rinbosarlari kollejlari tashkil etilmoqda. Ular terma jamoalar tarkibini to’ldirish bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport sohasida o’rta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaydi. Eng muhim tomoni shundaki, bu bilim muassasalariga ko’proq mahaliy xotin-qizlardan qabul qilish va ularni davr talablari, milliy qadriyatlar asosida tayyorlash ko’zda tutilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, respublika terma jamoalarini mahalliy millat xotin-qizlari bilan ta’minlash hamda milliy sport turlari va xalq milliy o’yinlarini keng yoyish, ularni ommaviylashtirishga zamin tayyorlaydi.



  1. Download 49.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling