CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar
ISSN:2181-2454
www.carjis.org
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2021
Tashkent, Uzbekistan 299 E-mail: carjisor@carjis.org
Kalit so’zlar:yengil atletika, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, maxsus
mashqlar, yugurish texnikasi.
KIRISH
Dorlzarbligi: Respublikamiz o‟z mustaqilligiga erishgandan so‟ng hozirgi
kungacha jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilib
kelinmoqda. Bu borada juda katta ishlar amalga oshirildi. Sportchilarimiz Osiyo va
Jahon maydonlarida yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Olimpiya o‟yinlari
dasturidan o‟rin olgan deyarli barcha turlar yurtimizda rivojlanib kelmoqda va shu
qatori Yengil atletika sport turi ham yuqori darajada rivojlanmoqda. Yengil atletika
sport turi ommaviy sport turlaridan biri hisoblanib ushbu sport turi bilan
Respublikamizda maktab o„quvchilari, akademik litsey va kollej o„quvchilari, institut
va universitetlarning talabalari, harbiy xizmatdagi askarlar va ofitserlar, ko„ngilli
sport jamiyatlari ming-minglab kishilar shug„ullanishadi. Bu sport turining bunday
ommaviy tus olishi, respublikamiz Prezidenti va xukumatning O„zbekistonda
jismoniy tarbiya harakati oldiga qo„ygan vazifalarni amalga oshirish xalqimizning
jismoniy barkamol bo„lib o„sishiga, ularning salomatligini mustahkamlashga,
yoshlarni vatan himoyasiga va mehnatga tayyorlashga yordam beradi.
Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi yurish, yugurish, sakrash va
uloqtirishda kuch va tezkorlik mashqlarda mushakdagi kuchni o„zgarib turishi har-xil
yoshdagi va jinsdagi bolalar va kattalarda yengil atletika mashg„ulotlarida qatnashish
imkonini yaratadi. Bu mashqlarni ko„pchiligini texnik jihatdan bajarish qiyin emas,
o„rgatish uchun oson va ularni oddiy maydonchalar va ochiq joylarda bajarish
mumkin. Bu esa bugungi kundagi dolzarb masalalardan xisoblanib sportchilar
tayyorlash tizmida ham nazariy ham amaliy axamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |