Jizzax davlat


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/21
Sana11.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1188575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
TOSHMAMATOVA AROFA (1)

jannatmakon, o‘lka so‘zlariga, bu so‘zlar, o‘z navbatida, O‘z-be-kis-ton, 
jan-nat-ma-kon, 
o‘l-ka bo‘g‘inlariga, bo‘g‘inlar esa o‘-z-b-e-k-i-s-t-o-n 
j-a-n-n-a-t-m-a-k-o-n o‘-l-k-a singari tovushlarga bo‘linadi. Bo‘linishning oxirgi 
nuqtasi bo‘lgan, boshqa mayda bo‘laklarga bo‘lish mumkin bo‘lmagan nutq bo‘lagi 
(akustik-artikulatsion birlik) tovush hisoblanadi va u bilan bog‘liq hodisalar 
tilshunoslikning fonetika bo‘limida o‘rganiladi.(litse) 
Og'zaki nutqning eng kichik boshqa mayda bo'laklarga bo'linmaydigan qismi 
nutq tovushi deyiladi. Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi. .(5-ona tili) 
BO‘G‘IN VA UNING TURLARI 


10 
Biz so‘zlarni talaffuz qilayotganimizda, o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi 
bo‘linib-bo‘linib chiqadi. Bu bo‘linish tovush yoki tovushlar yig‘indisi shaklida 
bo‘ladi. Ana shu hodisa tilda bo‘g‘in deb yuritiladi. 
Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar yig‘indisiga bo‘g‘in 
deyiladi. 
Savod chiqarishda va yozuvda bo‘g‘in juda katta amaliy ahamiyatga ega. 
Bo‘g‘inni tashkil qilishda unli va undosh tovushlar xilma-xil kombinatsiyalarda 
bir-birlariga qo‘shiladilar 
 
1.2.Urg’u tushunchasi 
So‘zlarning bo‘g‘inlardan tashkil topishini aytib o‘tgan edik. Talaffuzda 
bo‘g‘inlar bir xil talaffuz qilinmaydi. 
Ikki va undan ortiq bo‘ginlardan tashkil topgan so‘zlarning talaffuzida 
bo‘ginlardan biri ma’lum sababga ko‘ra boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz 
etiladi. Bu hodisa so‘z urg‘usi hisoblanadi. 
Urg‘u yordamida nutq ko‘rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo‘ladi, uni 
zeriktirmaydi. Turkiy, jumladan, o‘zbek tilida urg‘u o‘rniga ko‘ra ko‘chib yuruvchi 
urg‘u sanaladi. Masalan:  
o‘rik, o‘rikzor - o‘rikzorlar - o‘rikzorlarga. 
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi va 
so‘zni gap tarkibida boshqa so‘zdan ajratish hamda so‘z fonetik tarkibini uyushtirish 
vazifasini bajaradi. 
O‘zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o‘zlashgan 
so‘zlarda urg‘u barqaror o‘ringa ega. Bu urg‘uning o‘sha tillardagi ahamiyati bilan 
bog‘liqdir. Masalan: tadbir, monitoring, reklama, tijorat, ma’lum, bahor va h.k. 
Urg‘u ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi. 


11 
bog‘lar - bog‘lar 
hozir - hozir 
yangi - yangi 
etik - etik 
akademik - akademik 
Urg‘u ikkiga bo‘linadi: 1. So‘z urg‘usi. 2. Ma’no (frazaviy) urg‘usi. 
So‘z urg‘usi so‘zdagi bo‘g‘inlardan biriga tushadi. Akademik litsey, akademik 
shoir. 
Ma’no urg‘usi gapdagi ma’lum bir so‘zning boshqalariga nisbatan ta’kidlab, 
ajratib aytilishini ta’minlaydi. Masalan: 
Samarqandda (boshqa biron-bir shaharda emas) afsonaviy obidalar ko‘p. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling