Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi
Download 95.75 Kb.
|
2 5461008572781429026
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik tahlil.
- O’qituvchining hamkorlikdagi vazifasi tahlili
- Yakuniy tahlil
Psixologik tahlil.
Bu tahlilda, avvalo, o’quvchilarning kayfiyati, ularning sog’ligi, jamoadagi sog’lom muhit, o’quvchilarning xushyorligi, fanga bo’lgan qiziqishlari, dars berayotgan o’qituvchisiga munosabati, o’quvchilarning hozirjavobligi, sezgir va topqirligi, idroki, yangi va avvalgi materiallarni esda saqlashlari, obrazli va mantiqiy tafakkurlari, o’quvchilar fantaziyasi, oldida turgan mas’uliyatlariga nisbatan o’quvchilarning irodali yoki irodasizligi, ulardagi qobiliyat, bilim, ko’nikma va malakalar ko’lami kabi tomonlar kiradi. O’qituvchining favqulodda vujudga kelgan vaziyatdan o’z obro’sini saqlagan hamda o’quvchi shaxsiga tegmagan holda chiqa olishi, o’zini boshqara olishi ham inobatga olinadi. Pedagogik tahlil. Tahlilning bu turi ancha murakkab va mas’uliyatli bo’lib, o’qituvchining tashqi qiyofasi, o’quvchilar bilan til topa olish mahorati, madaniyati, odobi bilan birgalikda dars jarayonida umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini o’quvchilarga bera olishi va uning nutq madaniyati ham nazarda tutiladi. Mashg’ulot mobaynida hozirgi kunda dolzarb bo’lib turgan milliy tarbiya (ekologik, iqtisodiy, axloqiy, jinsiy, mehnat, nafosat va milliy istiqlol g’oyasini singdirish) elementlari qanday amalga oshirildi? Bu tarbiya turlaridan qay biriga aynan shu darsda ko’proq e’tibor berildi? Dars tarbiyaviy ta’sirining samarasi qanday bo’ldi? Bu masalalar pedagogik tahlilning asosini tashkil etadi. Shuni ta’kidlash kerakki, o’qituvchining ma’noli nutqini hech qachon boshqa narsaga qiyoslash (yoki almashtirish) mumkin emasligi ma’lum. O’qituvchining hamkorlikdagi vazifasi tahlili: - o’quvchilarni fikrlashga o’rgatishi; - aniq fikr va materiallarni o’rganib, mulohaza yuritish, fikr bildirishni ta’minlashi; - o’quvchilarni izlanishga, qidirib topishga o’rgatishi; - o’quvchini o’zi mustaqil fikrga ega bo’la olishi. Yakuniy tahlil (yoki xulosa). O’qituvchining qanday mutaxassis ekanligi buyicha fikrlar va turli takliflar, yo’l-yo’riqlar bayon etiladi. Darsni tahlil etish jarayonida, avvalo, mashg’ulot olib borgan o’qituvchining gapirishi, so’ngra tahlilda ishtirok etuvchilarning gapirishi maqsadga muvofiq. Eslatma: o’qituvchining darsi va uning faoliyatiga bir dars tahlili bo’yicha xulosa chiqarib bo’lmaydi. Uning faoliyatiga biron fikr bildirish yoki tanqidiy fikr berish uchun uning turli shakldagi bir necha darslarini kuzatish kerak. Darsni kuzatuvchilar, avvalambor, o’zlari shu kundagi ta’lim tizimi va undagi yangicha yondashuvlar, darslarga qo’yilgan zamonaviy talablar, didaktik va uslubiy qarashlar, pedagogik texnologiya va interaktiv ta’lim, interaktiv metodlardan xabardor bo’lishlari kerak. Darsni kuzatuvchilarga an’anaviy, noan’anaviy, rivojlantiruvchi ta’limning maqsadi va mazmuniga qarab, darsni tahlil qilishlariga quyidagi qo’shimcha material yordam berishi mumkin. Download 95.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling