Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi


Download 95.75 Kb.
bet18/20
Sana20.02.2023
Hajmi95.75 Kb.
#1216028
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5461008572781429026

Darsga maqsad va vazifalarining qo’yilishi.

O’qituvchi har bir darsga aniq maqsad ko’yadimi? Maqsadni qanchalik to’g’ri qo’yadi? Vazifalar belgilanadimi?

  • Tashkiliy ishlar tahlili.

Mashg’ulot o’tkaziladigan xonaning darsga tayyorligi, o’quvchilarning kayfiyati va sog’ligi, o’quv xonasi va stolining tozaligi, bo’r va namlangan lattaning borligi, flipchart yoki oq doskaning hamda markerlar, skochlarning borligi, ayrim sabablarga ko’ra darsda qatnashmayotgan o’quvchilarning ismi va shariflari yozilgan varaqchaning o’qituvchi stoliga qo’yilishiga, shuningdek o’qituvchining darsga hozirligiga va uning tashqi qiyofasiga ham e’tibor beriladi.

  • Didaktik (ëki ta’limiy) tahlil.

Tahlilning bu turida mavzuning ilmiyligi va izchilligi, oddiydan murakkabga tomon yo’nalishi, ko’rgazmaliligi va berilayotgan bilim, yangi axborotlarning hayotiyligi, ularning jonli va ravon tilda ochib berilishi nazarda tutiladi.

  • Uslubiy tahlil.

Bunda o’qituvchi faoliyatining ikki tomoni:
birinchidan, o’rganilaëtgan mavzuga dasturda mo’ljallangan soatda, uni qanday metodlar ërdamida, o’quvchilarning yoshi va shaxsiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda etkazib bera olishi, o’quvchilarni o’ylashga, izlanishga majbur etishi va unga sharoit yaratishi;
ikkinchidan, o’qituvchi sifatidagi tajribalari qay darajada ekanligini namoyish eta olishi nazarda tutiladi. O’qituvchining ikkinchi tomoni tahlil etilaëtganda, uning ijodkorligi, uslubiy mahorati ko’zga tashlanishi lozim. O’qituvchining ilg’or pedagogik va novatorlik tajribalari mana shu erdan boshlanadi.

  • Metodologik tahlil.

Ushbu tahlil mobaynida ta’lim yo’nalishidagi xukumat qarorlari, talablar, davlat tili, milliy ruh, madaniyatning go’zal durdonalari, shu soha bo’yicha buyuk alloma va olimlarning qilgan ishlari, fikrlari, respublikadagi oxirgi o’zgarishlarning mashg’ulot davomida foydalanilishi asos qilib olinishi mumkin.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling