Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi


Download 95.75 Kb.
bet17/20
Sana20.02.2023
Hajmi95.75 Kb.
#1216028
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5461008572781429026

Darsdan keyingi tahlil

  • avval dars o’tkazgan o’qituvchini eshitish;

  • maqsaddan kelib chiqib tahlil qilish;

  • kamchiliklarni taklif va tavsiya sifatida bildirish, shaxsga tegmaslik;

  • o’qituvchini obro’sini ko’tarish, unda keyinchalik yanada samarali mehnat qilishiga imkoniyat va hohish uyg’otish.

Demak, dars tahlili o’qituvchida ko’tarinki ruhni shakllantirishi lozim, o’tkazilgan tahlil o’qituvchi tomonidan sizni yana bir marotaba o’zining keyingi darsiga taklif qilishga majbur etishi kerak.
Pedagogik tadqiqot, pedagog olimlar va amaliyotchilar fikrlari, shuni ko’rsatadiki, dars tahliliga yondashuvlar xilma-xil, lekin ular ichida taxlilga kompleks yondashuv alohida o’rin tutadi.
Darsning kompleks tahlili


Pedagogik tahlil – o’qituvchi va talaba faoliyatining xilma-xilligi.
Psixologik tahlil – auditoriya va jamoada psixologik muhit yaratilishi
Ijtimoiy tahlil – munosabat o’rnatilishi, yakka yoki guruhlarda ish olib
borilishi
Texnologik tahlil – texnologiyalarni to’g’ri tanlanganligi, maqsadga
muvofiqligi, qo’llanishi
Professional tahlil – o’qituvchining kasbiy mahorati va kasbiga bo’lgan
munosabati
Metodik tahlil – didaktik tahlil, o’quv jarayonini tashkil etilishi,
konstrukstiyasi


Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari


Mutaxassis sifatida o’qituvchining darsini kuzatib, uni tahlil etishni mo’ljallagan shaxslar quyidagilarga e’tibor berishlari maqsadga muvofiq:

  • O’qituvchining darsga qanday tayyorgarlik ko’rganligi?

O’qituvchida darsning o’quv rejasi va mavzu bo’yicha turli ishlanmalarning borligi, turli didaktik tarqatma material va ko’rgazmali qurollarning tayyorligi. O’qituvchining darsga tayyorgarligi bilan yuzaki (ëki darsning bir qismida) tanishib chiqilmaydi. Uning darsga tayyorgarligini butun mashg’ulot mobaynida kuzatish va tahlil etish lozim.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling