Jumanazarova munira ulug`bek qizi o`simlik moylar ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 1.08 Mb.
bet3/12
Sana03.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1148124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Quvvati 100 tsutka bo’lgan raps moyini ekstraksiyalash sexini loyihalash

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Raps moyini ishqoriy rafinatsiya qilishning asosiy muammosi sifatli rafinatsiya jarayoni olib borish va uning qoramtir rang beruvchi hosilalarini chiqarib yuborishdir. Urug’ saqlanganda kislorod, namlik, o’z-o’zidan qizishdagi harorat va turli mikroorganizmlar ta’sirida sifati yomonlashib boradi.Urug’ tarkibidagi moddalar sifatini yomonlashtiruvchi jarayonlar yuqori namlik va ifloslanganlik sharoitida yanada jadallashadi.
Raps moyini ishqoriy rafinasiyalash usuli rasional usul hisoblanadi. Bu usulning kamchiliklari mavjud, ya’ni rafinasiyalash jarayoniga defitsit ya’ni horijdan valyutaga keltiriladigan o’yuvchi ishqor ishlatiladi. Rafinasiyalangan moyning chiqish miqdori yuqori emas, o’yuvchi ishqorning suvli eritmasi agressiv suyuqlik bo’lganligi sababli uni tayyorlash va saqlashga texnika havfsizliklari bo’yicha yuqori talablar qo’yiladi.
Yuqorilardan kelib chiqib Raps moyini rafinasiya qilishda samaradorlikni oshirish dolzarb masala hisoblanadi.
Asosiy qism
Rapsni qayta ishlashda forpress va uzluksiz ekstraksiya usuli taklif qilinadi.Pressda ajratib olingan moyni ishqoriy rafinatsiyadan keyin iste’molga chiqarish mumkin. Ekstraksiya qilingan moydan esa texnik maqsadlarda foydalaniladi. Moysizlantirilgan shrotni chorvachilik va parrandachilikda ishlatiladi./2/.
O’simlik moylarini forpreslash (tozalash ) jarayoni moy tarkibidagi yo’ldosh moddalar, mexanik qo’shimchalar va moy tarkibida bo’lishi tavsiya qilinmaydigan boshqa moddalarni chiqarib yuborishni o’z ichiga oladi.
Moylarning yo’ldosh moddalari tarkibiga fosfotidlar, yog’ kislotalari, pigmentlar, turli sovunlanmaydigan moddalar va o’simlikning o’sish davrida hamda moyli urug’ yetilish davrida sintezlanadigan ba’zi moddalar kiradi/11/.Qayta ishlash jarayonlarida texnologik parametrlar ( xarorat, namlik, bosim va boshq ) bu moddalarning ko’pchiligi o’z xususiyatlarini o’zgartirib nafaqat moy sifatiga ta’sir qiladi, balki ulardan ikkilamchi maxsulot sifatida samarali foydalanish imkonini ham kamaytiradi.
Rafinatsiya jarayonining oldiga qo’yiladigan muhim muammolaridan biri bu moyni keraksiz moddalardan tozalash bilan birga ajratib olinadigan ikkilamchi maxsulot sifatida samarali foydalanishdan iborat.Rafinatsiyaning to’liq sikli o’z ichiga quyidagilarni oladi /12/: fosfatidlarni chiqarib yuborish; mumsimon moddalardan tozalash; erkin yog’ kislotalarini ajratish; rang va xid beruvchi moddalardan tozalash.
Raps moyini forpreslash jarayonini uning tarkibidagi spetsifik pigment- gossipol va uning turli xosilalari borligi tufayli birmuncha murakkab hisoblanadi.
Ishqoriy rafinatsiyada erkin gossipol qora moy tarkibidan soapstokka natriy gossipolati holatida osongina cho’kmaga tushadi.Gossipolning to’la oksidlanmagan xosilalari esa ishqor bilan yaxshi ta’sirlashmaydi va shunug uchun neytrallash jarayonida moydan qiyin ajraladi.Ular kuchli rang beruvchilik
xususiyatiga ega.Moydagi 0,55 % to’la oksidlanmagan gossipol xosilalari rafinatsiyalangan moyning rangini 5,5 qiz.bir. dan 65,8 qiz.bir. gacha oshishiga olib keladi/13/ . Ma’lumki , gossipolni to’la oksidlanmagan neytral xosilalarini moydan chiqarib yuborish soapstok zarrachalari yuzasidagi adsorbsiya xisobiga amalga oshadi/14/.Moy tarkibida fosfatidlar, gossipol bilan bog’langan moddalar, yoki uning o’zgargan shakllari bo’lishi ishqoriy rafinatsiyada yo’qotishlar ko’payishiga olib keladi.Lekin tabiiy xolatini saqlagan gossipol glitseridlar sovunlanishini oldini oladi.
Rangi yaxshi moylarni 1,0-10 % li fosfor kislotasining suvli eritmasi bilan moy massasiga nisbatab 0,2-2,5 % miqdorda qo’shib, 25-30 0C haroratda gidratatsiya qilib, keyin gidratatsiyalangan moyni zichligi 1200-1600 kg/m3 bo’lgan natriy silikati bilan rafinatsiya qilish usuli ishlab chiqilgan/15/. Qo’shiladigan natriy silikati miqdori moy massasiga nisbatan 0,3-2,0 % ni tashkil qiladi.Moy tarkibidagi yo’ldosh moddalar kamayishi hisobiga sifati oshib, chiqishi ko’payadi.
Ilyasov A.T. va boshq. tomonidan rafinatsiyalangan moy chiqishi va sifatini oshirish maqsadida monoetanolamin bilan forrafinatsiya qilish usulini ishlab chiqilgan/16/. Bu usulga ko’ra, qora moyga 0,5-1,0 % miqdorida monoetanolamin qo’shiladi va moyning kislota soni 3,2 martagacha kamaytirilishiga erilishiladi.
Kolonna tipidagi qurilmada moylarni qizdirilgan bug’ bilan vakuumda rafinatsiya qilish o’rganilgan /17/.Bunda bir vaqtning o’zida moy tarkibidagi erkin yog’ kislotalari chiqarib yuborilishi bilan moyni dezodoratsiyasi ham amalga oshiriladi.Bu usul yuqori unumga ega rafinatsiyalangan moy va sifatli yog’ kislotalari olish imkonini beradi.
Raps moyini ishqorni suv-spirtli eritmasi bilan ishlov berish texnologiyasi /22/ ishlab chiqilgan. Ishlatiladigan ishqorning umumiy miqdoriga nisbatan 15-50 % pentanol, butanol, propanol va etil spirti ishlatilganda yaxshi samara olingan. Spirt konsentratsiyasi 15 % dan kam bo’lmagan holda rafinatsiyalanishi yaxshilanadi.
Yog’ kislotalari va noxush xid beruvchi moddalarni yo’qotishga asoslangan rafinatsiya usuli /23/ taklif qilingan. Moyni 150 0C haroratgacha vakuumda qizdirilib azot purkaladi va moyni bir qismi haydaladi. Shunga o’xshash boshqa fizik rafinatsiya usuli ham taklif qilingan /24,25/. Bu usullar turli xil o’simlik moylarini rafinatsiya qilishda samarali ekanligi aniqlangan.
Xindistonlik olimlar tomonidan /26/ fizik va kimyoviy rafinatsiyani o’rniga erkin yog’ kislotalarini glitserin bilan fermentativ eterefikatsiya qilish taklif qilingan. Biorafinatsiyani optimal sharoitlari quyidagilar: glitserinni stexoimetrik miqdori; pasaytirilgan bosim (3 mm s.u ); 700C harorat; ferment konsentratsiyasi 10-15 %. Biorafinatsiya yo’li bilan tozalangan moyni keyinchalik ishqor bilan ishlov berilib, oqlanadi.
Rafinatsiya jarayonida yog’ va moylarni emulsiyada glitserin-yog’ kislotali efir bog’larini parchalash xususiyatiga ega fermentlar bilan ishlov berish mumkin /27/. Ferment ta’sir qilgan moylarni suv yoki kislotali eritma bilan yuviladi. Jarayonda ishqor ishlatilmaganligi va chiqindi suvlar miqdori kamayganligi uchun yo’qotishlar ham kamayadi.
Shigemmi Suzuki va boshq. organik erituvchilar bilan ekstraksiya usulida olingan mitsellani ultrafiltr orqali o’tkazib tozalash usulini ishlab chiqishgan /28/. Ultrafiltr 30 dan 100 A gacha kattalikdagi g’ovaklardan iborat noorganik mikroorganizm membranalaridan tashkil topgan.
Kislota soni yuqori o’simlik moylarini 120-250 0C haroratda 0,7-5,0 Mb bosimda 60 min davomida bug’ bilan ishlov berish va so’ng yoritishni nazarda tutuvchi usul ishlab chiqilgan. Ishlov berish natijasida rangsizlantirilgan moy olish mumkin /29/.
Soya moyini avval vakuumda sentrifugalab, rangsizlantirib, keyin neytrallash va dezodoratsiya qilish usuli /30/ yaratilgan.
Yangi va sifati yomon dukkaklardan olingan soya moyini rafinatsiya qilish natijasi ma’lum /31/. Rafinatsiya jarayonini 60 0C haroratda turli xil sirt aktiv
moddalarni 2% li suvli eritmalari bilan olib borilgan. Jarayon limon kislotasi ishtirokida va ishtirokisiz amalga oshirilgan.Limon kislotasi ishtirokida yangi dukkalardan olingan moyni rafinatsiya qilish samaradorligi yuqori ekanligi kuzatilgan.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling