Jumanazarova munira ulug`bek qizi o`simlik moylar ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 1.08 Mb.
bet6/12
Sana03.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1148124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Quvvati 100 tsutka bo’lgan raps moyini ekstraksiyalash sexini loyihalash

Yog’larni rafinatsiya usullari
Yog’ning tarkibi, sifati va qo’llanilishiga qarab turli rafinasiya usullari ishlatiladi.
Asosiy jarayonlarning xarakteri va rafinatsiya jarayoniga reagentlar ta’siriga qarab, ular 3 guruhga bo’linadi.
1.Gidromexanik (fizikaviy)
2.Fizik-kimyoviy (kimyoviy)
3. Massa almashuvchi (fiz-kimyoviy).

Rafinasiya usullari klassifikatsiyasi



Jarayonlar

Rafinatsiya usullari

Asosiy maqsad

Gidromexanik

Tindirish
Sentrifugalash
Filtrlash

Suspenziyalarni yoki aralashmaydigan suyuqliklarni ajratish

Fizik-kimyoviy



Gidratlash

Fosfatidlar va boshqa gidrofill moddalarni ajratish

Muzlatish

Yuqori haroratda eruvchi moddalarni ajratish

Neytrallash

Erkin yog’ kislotalarni olib tashlash

Yuvish

Sovun va suvda eruvchi moddalardan tozalash

Quritish

Namligini chiqarib yuborish

Massa almashuvi

Oqartirish

Rang beruvchi moddlar, pigmentlardan hamda sovun qoldiqlarini yo’qotish

Dezodoratsiya

Hid beruvchi moddani xaydab chiqarish

Distillyatsion rafinatsiya (ishqorsiz)

Erkin yog’ kislotalari va hid beruvchi moddalarni chiqarib yuborish

Gidromexanik jarayonlarga quyidagi rafinatsiya usullari kiradi: tindirish, sentrifugalash, filtrlash.
Fizik-kimyoviy jarayonlarga esa: gidratatsiya, sovutish, neytrallash, yuvish, quritish usullari kiradi.
Massa almashuvchi jarayonlarga: oqlash, dezodoratsiyalash, distillyatsiyali rafinatsiya (ishqorsiz) usullari kiradi.

Biroq, yuqorida berilgan rafinatsiya usullarining sinflanishi shartlidir. Hamma aralashmalarni 1 ta usul yordamida yo’qotish mumkin emas. Shuning uchun amalda 1ta texnologik sxemaga birlashuvchi bir nechta usullar qo’llaniladi. Masalan: oziq-ovqat uchun ishlatiladigan yog’larni rafinasiya jarayoniga: cho’ktirish-filtrlash-gidratasiyalash-ishqorli rafinasiya-cho’ktirish-tindirish-sentrafugalash-oqlash-dezodorasiya usullari kiradi.


O’simlik yog’larida ma’lum miqdorda erkin yog’ kislotalari bo’ladi, Bular yog’ning sifatiga bog’liq. Erkin yog’ kislotalarining bo’lishi yog’ sifatini yomonlashtiradi, oziqaviy qiymatini kamaytiradi. Yuqori haroratda erkin yog’ kislotalari apparatlarning korroziyalanishiga olib keladi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan yog’larning kislota soni 0,2-0,3 mg KOH dan oshmasligi kerak. Bundan esa erkin yog’ kislotalarini yo’qotish zarurligi kelib chiqadi.
Sanoatda quyidagi usullar bilan yog’ kislotalari yo’qotiladi.

  1. Erkin yog’ kislotalarini ishqor bilan neytrallash (ishqorli rafinasiya).

2. Yuqori haroratda va vakuum ostida erkin yog’ kislotalarini yo’qotish (distillyatsiyali rafinatsiya).
3.Erkin yog’ kislotalarini yog’dan selektiv erituvchilar yordamida ajratib olish (ekstraksiyali rafinasiya)
Sanoatda asosan ishqorli rafinatsiya va oxirgi yillarda distillyatsiyali rafinatsiya ko’proq ishlatilmoqda. Selektiv erituvchilar yordamida rafinasiyalash hali amaliy jihatdan yog’-moy korxonalarida ishlatilgani yo’q.
Ishqorli rafinasiya-keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bu usulda yog’ kislotalarini yog’da erimaydigan tuzi, ya’ni sovun hosil bo’ladi.

Bu reaksiya quyidagicha ifodalanadi.


R COOH + NaOH RCOONa + H2 O
Sovunning suvli eritmasi katta zichlik hisobiga yog’dan ajraladi.

Ajralgan sovunli massa soapstok deyiladi. Sovun, o’zining yuqori adsorbsion xususiyatiga ko’ra yog’dan quyidagi aralashmalarni ajratib oladi: fosfatidlar, oqsillar, shilimshiq moddalar, bo’yovchi moddalar va x.k. Shuningdek sovun parchalari mexanik aralashmalarni ham ushlab qoladi. Ishqor ma’lum miqdorda neytral yog’ (triglitserid)ni sovunlaydi. Ayrim vaqtda yog’ni oqartirish uchun ishqorni ko’p miqdorda qo’shiladi.


Forpress moyini neytrallash jarayoniga ishqor konsentratsiyasi ta’siri

Ishqor eritmasining konsentratsiyasi, gr/l

Soapstokning chiqish miqdori,%

Moyning chiqish miqdori,%

Rafinatsiyalangan moyning ko’rsatgichlari

Rangi qizil birlikda 13,5 sm li qalinlikda,doimiy 35 sariq birlikda

Kislota soni, mg KOH

Moyni kislota soni 8,37 mg KOH, ishqor sarfi 8,97 kg/t

508

13,27

89,31

11; 13 ko’k

0,274

400

13,78

89,3

12; 12 ko’k

0,281

296,7

16,72

86,9

14; 12 ko’k

0,283

Moyni kislota soni 6,28 mg KOH, ishqor sarfi 6,49 kg/t

508

9,4

92,68

14; 2 ko’k

0,375

400

10,01

92,26

14; 2 ko’k

0,381

Olib borilgan tajribalarning natijalarini o’rtacha qiymatlari 3.1-jadvalda keltirilgan.
Jadvaldan keltirilgan tajribalarni natijalarining tahlilidan ko’rinib turibdiki ishqor eritmasining konsentratsiyasini kamayishi bilan soapstokni chiqish miqdori ko’payadi, rafinatsiyalangan moyning chiqish miqdori esa kamayadi, rangi ko’payadi, konsentratsiyasi 508, 400 gr/l bo’lganda rafinatsiyalangan moyning chiqish miqdori sezilarli darajada ko’payishi kuzatildi va kislota soni 8,37 mg KOH li moy uchun 89,31 % ni kislota soni 6,28 mg KOH li moy moy uchun esa 92,63-92,26 % ni tashkil qiladi.
Ekstraksya Raps moyini neytrallash jarayonini olib borish uchun ishqor eritmasining konsentratsiyasini 508; 400; 296,7; 201,2 gr/l ortiqcha ishqor miqdori, nazariy hisoblanganda nisbatan 100 va 200% qilib olindi.
O’tkazilgan tajribalarning natijalarini o’rtacha qiymatlari 2-jadvalda keltirilgan. Jadvalda keltirilgan tajribalar natijalarining tahlilidan ma’lum bo’lishicha ishqor eritmasining konsentratsiyasini kamayishi bilan soapstokni chiqish miqdori ko’payadi, moyning chiqish miqdori kamayadi, rangi esa deyarli bir xil ekanligi aniqlandi.
Rafinatsiyalangan moyning sifat ko’rsatkichlari bo’yicha birinchi navli moy olishga ortiqcha ishqor miqdori 200% bo’lganda erishildi. Shuni qayd etish lozimki,ekstraksiya Raps moyi sifat ko’rsatkichlarini forpress moyiga nisbatan yuqori bo’lishiga qaramasdan qiyin rafinatsiyalanadi va ishqor sarfini ko’p talab qiladi
Moy massasiga nisbatan 2% miqdorida oqlovchi tuproq qo’shilib,moy taxminan 30 daqiqa davomida oqlandi.Buning natijasida 35 sariq,9,2 qizil,7 ko’k birlikka ega bo’lgan rafinatsiyalangan Raps (forpress ) moyining rangi 4 qizil,35sariq,1 ko’k birlikkacha, 35 sariq,16 qizil,12 ko’k birlikka ega bo’lgan rafinatsiyalangan Raps (ekstraksiya) moyining rangi esa 6 qizil, 35 sariq,4 yashil birlikkacha kamaygani aniqlandi Ekstraksiya moyini neytrallash jarayoniga ishqor konsentratsiyasini ta’siri

Ishqor eritmasining konsentratsiyasi,gr/l

Soapstokning chiqish miqdori, %

Moyning chiqish miqdori, %

Rafinatsiyalangan moyning ko’rsatgichlari

Rangi qizil birlikda 13,5 sm li qalinlikda, doimiy 35 sariq birlikda

Kislota soni, mg KOH

Ortiqcha ishqor miqdori nazariy hisoblanganda nisbatan 100%, ishqor sarfi 9,02 kg/t

508

13,58

88,66

14; 13 ko’k

0,379

400

16,87

85,71

15; 12 ko’k

0,388

296,7

21,56

83,64

16, 12 ko’k

0,4

201,2

22,88

83,18

16; 12 ko’k

0,397

Ortiqcha ishqor miqdori nazariy hisoblanganda nisbatan 200%, ishqor sarfi 13,53 kg/t

508

20,4

82,36

11; 13 ko’k

0,287

400

20,19

82,24

12; 12 ko’k

0,293

296,7

24,16

82,02

12; 12 ko’k

0,289

201,2

25,1

80,42

12; 10 ko’k

0,291


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling