Jumanazarova munira ulug`bek qizi o`simlik moylar ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 1.08 Mb.
bet2/12
Sana03.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1148124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Quvvati 100 tsutka bo’lgan raps moyini ekstraksiyalash sexini loyihalash

Maslaxat soatlari. Xar xaftaning juma kuni 14:00 da 3,11 xonada o’tkaziladi.
Tugallangan loyixani topshirish muddati grafik asosida:


Kurs ishining raxbari: __________________ Kurayazov Z.


Mavzu: Quvvati 100 t/sutka bo’lgan raps moyini ekstraksiyalash sexini loyihalash
Reja:



Topshiriq

Reja

amalda

imzo

I

Kirish

09.01.2021

13.01.2021




I.1

Ishlab chiqarishning fizik kimyoviy nazariy asoslari

13.01.2021

25.01.2021




II

Texnologik qism

27.01.2021

8.02.2021




2.1

Texnologik sxemani tanlash va asoslash

10.02.2021

15.02.2021




2.2

Xomashyo va yordamchi materiallar

16.02.2021

29.02.2021




2.3

Texnologik hisob kitoblar

29.03.2021

05.03.2021




2.4

Tayyor mahsulotning analitik nazorati

05.04.2021

09.04.2021




III

Xulosa

09.05.2021

14.05.2021




IV

Topshirish muddati










MUNDARIJA:



1. Kirish……………………………………………………………….………….. ....5

2. Texnologik sxemani tanlash va asoslash……………………………………….....9

3. Ishlab chiqarishning nazariy asoslari………………………………….….……...12

4 Tayyor mahsulot tavsifi………………………………………..…………….….....16

5. Xomashyo va yordamchi mahsulotlarini tavsifi…………………..…..…….…....17

6. Texnologik tasvir bayoni……………………………………..…………......…....19

7. Mahsulotlar hisobi…………………………………………..…………....……....23

7.1 Suv va bug` sarfi hisobi………………………………………………………....27

7.2 Uskunalarni tanlash va sonini hisoblash……………………………..…..……..28

7.3 Asosiy uskuna hisobi…………………………………………….…..…..……...32

8. Xulosa………………………………………………………………….……...….33

9. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………...………...34





KIRISH
Ma’lumki, yurtimiz qishloq xo’jaligida Rapschilik asosiy o’rinni egallaydi. Uning Rapsidan moy, shrot, sheluxa va xo’jalik sovunining asosi soapstok ajratib olinadi. Rapsdan o‘rtacha hisobda 35-40 % yog‘ olish mumkinligini inobatga oladigan bo‘lsak, qariyib 6-7 ming tonna olinadigan o‘simlik moyi, avvalo, ichki bozorlarimizni arzon va sifatli aholi iste’moli uchun ishlatiladigan o‘simlik moyi mahsulotlari bilan to‘ldirish imkonini beradi. Natijada, chetdan olib kelinayotgan o‘simlik moyi importi hajmi qisqarishi hisobiga katta miqdordagi valyutani tejashga zamin yaratiladi.
Mazkur sohani rivojlantirish aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan
talabini bir maromda qondirish, ichki iste’mol bozorini mahalliy oziq -ovqat tovarlari bilan kafolatli to‘ldirish, joylarda ixcham qayta ishlash korxonalari tashkil
13 etishni jadallashtirish, shu asosda yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish, bandlikni oshirish, qishloq mulkdorlarining daromadini ko‘paytirish va turmush darajasini ko‘tarish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqish oldimizda turgan muhim vazifa hisoblanadi.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib, moyli ekinlarga
ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining daromadini oshirish hamda moyli ekinlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va yog‘-moy sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi Mamlakatimiz mustaqilligining birinchi yillaridan boshlab,o’simlik moyi tanqisligi sezildi.Aynan shu davrda respublikada noan’anaviy moyli homashyolar hususan Raps maydonlarini qayta tiklash maqsadida ilmiy izlanishlar boshlandi.Xozirgi kunda Samarqand,Jizzax,Qashqadaryo,Buxoro,Navoiy viloyatlariga ekilib,sifatli Raps moyi olinmoqda.
Rapsning moyi kungaboqar moyidan u qadar farq qilmaydi.Tashqi ko’rinishi jihatdan rangi och sariq,ta’mi kungaboqar moyi ta’miga o’xshash.Raps moyi tarkibida linol kislotasi 75-79 foizni tashkil etadi.

Yog’-moy sanoati O’zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri bo’lib, aholi va xalq xo’jaligini tozalangan o’simlik moylari,


yog’lar, shuningdek, ulardan tayyorlanadigan margarin, mayonez, glitserin, yog’ kislotalari va sovun kabi mahsulotlar bilan ta’minlaydi.
Yog’-moy sanoati mamlakatimizda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarining 40%iga yaqinini tashkil etadi. Yog’-moy sanoatining rivojlanishi Raps yetishtirish bilan bog’liq bo’lganligi sababli yog’-moy korxonalari xom ashyoga yaqin joylarga qurilgan. Ular Respublikamizning barcha viloyatlarida mavjud.
Mustaqillik yillarida bu sanoatning taraqqiy etishi natijasida yangi mahsulotlar ham tayyorlana boshlandi. Oliy navli tozalangan va qadoqlangan yog’, yangi retsepturadagi margarin va mayonez shular jumlasidandir. Ayrim yog’-moy korxonalarida keyingi yillarda kungaboqar pistasi va Raps urug’laridan ham yog’ ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Mahsulotlarni tayyorlash, qayta ishlash, iste’mol va saqlash uchun qulay idishlarga qadoqlash bo’yicha yangi texnologiyalar keng miqyosda o’zlashtirilmoqda. Yog’-moy korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda.
Respublikamiz yog’-moy sanoatining asosiy maqsadi xalq xo’jaligini ekologik toza, raqobatga bardosh beradigan, sifatli, chiroyli qadoqlangan yog’-moy mahsulotlarini eng kam tannarxda, qulay mexnat sharoiti yaratib, ishlab chiqarishdan iborat bo’lib, bu maqsadni amalga oshirish uchun sanoatni zamonaviy yuqori samarali uskunalar va yangi texnologiya bilan ta’minlashni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Uyushma tasarrufidagi yog’-moy korxonalarining barchasida rekonstruksiya, qayta texnik ta’mirlash, chet el investisiyalari ishtirokida qo’shma korxonalar yaratish ko’zda tutilgan.
Shuningdek «Uchqo’rg’on yog’» OAJ da Fransiyadan keltirilgan uskunalar yordamida aholi iste’moli uchun 1 litrli PET idishlarda toza, rafinasiyalangan

o’simlik moylari qadoqlanmoqda. Umuman olganda chet el investitsiyalaridan foydalangan holda aholi ehtiyojini o’simlik moylari bilan to’liq qondirish maqsadida ekstraksiya usuli bilan ajratib olingan texnik moylarni dezodoratsiya qilib, aholi iste’moli uchun toza, hidsizlantirilgan yog’ olish liniyalarini qurish yo’lga qo’yilmoqda va bunga erishilmoqda.


Nafsilambirini aytganda, yaqin-yaqin vaqtgacha dezodorasiyalash va qadoqlash sexlari faqatgina «Toshkent yog’-moy kombinati», «Farg’ona yog’-moy» korxonalarida bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda bunday sexlar «Urganch yog’-moy», «Guliston yog’-ekstraksiya», «Qarshi yog’-ekstraksiya», «Qo’qon yog’-moy», «Uchqo’rg’on-yog’» OAJ, «Andijon yog’-moy» AJ larida o’z faoliyatini yuritmoqda. Biz o’ylaymizki, yaqin kelajakda O’zbekistondagi barcha yog’-moy korxonalarida dezodorasiyalash va qadoqlash sexlari o’z faoliyatini boshlaydi va har bir yog’-moy korxonalaridan ishlab chiqarilgan o’simlik moylari, xo’jalik va atir sovunlari, margarin va mayonez mahsulotlari jahon standartlariga javob bera oladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling