Jumanazarova munira ulug`bek qizi o`simlik moylar ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 1.08 Mb.
bet5/12
Sana03.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1148124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Quvvati 100 tsutka bo’lgan raps moyini ekstraksiyalash sexini loyihalash

Forpress va ekstraksiya Raps moyining fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari

T/r

Ko’rsatkich nomi

Miqdori

1-nav

2-nav

Forpress

Ekstraksiya

Forpress

Ekstraksiya

1

1 sm qalinlikdagi qatlamda qizil birlikda 35 sariq ortiq emas

20

30

20

30

2

Kislota soni, mgr KOH

2,25

2,25

6

6

3

Namligi va uchuvchan moddalar %

0,2

0,2

0,3

0,3

4

Yog’siz moddalar %

0.1

0.1

0.1

0.1

5

Sovunlanmaydigan moddalar %

1

1

1

1

6

Yod soni gr yod/100gr

130-135

130-155

130-155

130-155

7

Perekis soni k/kg

aniqlanmaydi

8

Ekstraksiya moyining chaqnash xarorati ˚ C

-

225

-

225

Tayyor maxsulot rafinatsiyalangan Raps moyi xarakteristikasi (TUUz 86-25-99)

Ko’rsatkichlar nomi

Dezodoratsiyalangan

Dezodoratsiyalanmagan

Tiniqligi

forpress

ekstraksiya

forpress

ekstraksiya

Tiniq

Tiniq

Xid va ta’mi

Xidsiz

Raps moyiga xos begona xidlarsiz, achchiqroq ta’mga ega

Rafinatsiyalangan Raps moyining fizik- kimyoviy ko’rsatkichlari ( UUz 86-25-99)

r

Ko’rsatkichlar nomi

Miqdori %

Dezodoratsiyalangan

Dezodoratsiyalanmagan

Forpress

Ekstraksiya

Forpress

Ekstraksiya

1

Rangi qizil birlikda , 35 sariq birlikdan ko’p bo’lmagan 13,5 sm uzunlikda

8

12

8

12

2

Kislota soni, mgr KOH

0,4

0,4

0,4

0,4

3

Namlik va uchuvchi moddalar %

0,15

0,15

0,15

0,15

4

Yog’siz moddalar %

-

-

-

-

5

Sovunlanmaydigan moddalar %

1,0

1,0

1,0

1,0

6

Sovun sifati

-

-

-

-

7

Yod soni, gr yod/100 gr

130-155

130-155

130-155

130-155

8

Perekis soni ant k/kg

8

8

10

10

9

Ekstraksiya moyining chaqnash xarorati, oC

-

238

-

238

Texnik natriy ishqorining (kaustik soda ) asosiy sifat ko’rsatkichlari

Ko’rsatkichlar nomi

Tavsifi va me’yori

NaOH ning miqdoriy ulushi , % dan kam emas

94

Na2CO3 ning miqdoriy ulushi , % dan ko’p emas

1

NaCl ning miqdoriy ulushi , % dan ko’p emas

3,5

Temir moddasining miqdoriy ulushi , Fe2O3 xisobida , % dan ko’p emas

0,03

RAPS MOYINI FORPRESLASHNING TADQIQOTI
Raps moyini gidrogenlashda ishqor eritmasining konsentratsiyasini va ortiqcha miqdorini rafinatsiyalangan moyning ko’tsatkichlariga ta’sirini o’rganish
Raps Carthamus tinctorius L turiga mansub murakkabguldoshlar oilasiga kiruvchi shoxlovchi tanali,balandligi 40 smdan 100-120 sm gacha uzunlikdagi bir yillik osimlik hisoblanadi. U qobigi qattiq,odatda oq rangli,barglari egilgan,qirgoqlari tishli va bandi tikanlardan iborat.Gullari mayda,sariq,sarg’ish-qizil tusli boladi.Raps qadimiy o’simlik bolib,Ukraina,Misr,Hindiston,Afg’oniston va O’rta Osiyoda keng tarqalgan.Qadimdan Raps gulidan bo’yoq olingan.Rapsning bizning mintaqamizda o’sadigan ko’pchilik turlarining bargi va tanasida tikanlari borligi bilan ajralib turadi.Bu o’simlik azaldan iqlimi issiq bo’lgan mamlakatlarda ekilib,o’stirib kelinadi.Mamlakatimiz mustaqilligining birinchi yillaridan boshlab,o’simlik moyi tanqisligi sezildi.Aynan shu davrda respublikada Raps maydonlarini qayta tiklash maqsadida ilmiy izlanishlar boshlandi.Xozirgi kunda Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro,Navoiy viloyarlariga ekilib,sifatli Raps moyi olinmoqda.
Raps qurg’oqchilikka chidamli bolib,har xil kimyoviy qo’shimchalarsiz yetishtiriladi.Undan olingan moy tarkibida esa ko’p miqdorda linol kislotasi va E vitamini mavjud.Odatda 1 tup Raps ko’chatida 15 dan 60 donagacha savatchasi bo’ladi.Har bir savatchada esa 25 dan 60 tagacha urug’ bor.1000 dona urug’ 25-50 gr ni tashkil etadi.Raps moyi urug’ida 26-40 foiz,mag’zida esa 43-58 foizgacha moy mavjud.
20 asrning 50-yillarigacha Raps o’simligidan moy olish u qadar rivojlanmagan edi.Faqatqina 50-yillarda moyliligi nisbatan yuqori bolgan Raps navlari yaratilgandan so’ng bu sohada rivojlanish kuzatildi.
Raps moyi presslash yoki erituvchi yordamida ekstraksiyalab olinadi.Uning tarkibida ko’p miqdorda linol kislotasi mavjudligi bilan boshqa moylardan farq qiladi.Linol kislotasi miqdori odatda 73-78 foizni tashkil etadi.Bu esa to’g’ri ovqatlanishni istovchi insonlar uchun juda muhimdir.Linol kislotasi qayta tiklanmaydigan yog’ kislotalaridan biri bo’lib,odam organizmida sintez qilinmaydi.Inson organizmida linol kislotasi plazmatik membranalar butunligi,insonning o’sishi va faoliyat yuritishi,shunindek teri va boshqa organlarning funksional faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Raps oksidlanishga bardoshli emas.U oson oksidlanadi.Odatda presslangan Raps moyi oksidlanishi uchun 4-8 soat kifoya.Shuning uchun presslangan yoki ekstraksiyalangan Raps moyini tezda forpreslash tavsiya etiladi.
Raps moyi odatda to’yinmagan yog’ kislotalari ishlatiladigan oziq-ovqat yo’nalishlarida qo’llaniladi.U mayonez,salat moylari,suyuq margarin ishlab chiqarishda juda samaralidir,lekin Raps moyi tarkibidagi linol kislotasi maxsulotning tamini buzilishiga olib kelishi mumkin.Shuning uchun odatda gidrogenlangan Raps moyidan foydalanish tavsiya etiladi.Raps moyi oson gidrogenlanadigan moylar sirasiga kiradi.
Ishlab chiqarishda qobig’i ajratilmasdan ishlab chiqarilgan Raps moyi ko’proq lok-boyoq sanoati va linoleumlar ishlab chiqarishda qollaniladi.Sababi undan olingan moy nisbatan achchiq tamga va toq rangga egaligidir.Vaqt otishi bilan bunday moyning rangi ozgarmaydi.Bu esa maxsulot sifatini saqlab qolishda yordam beradi.
Devisdagi Kaliforniya universtiteti olimlarining ilmiy izlanishlari natijasida Raps osimligining tabiiy mutatsiyasi natijasida linol va olein kislotalarining orin almashgan turi aniqlandi.Buning natijasida Raps moyidagi asosiy kamchilik
bo’lgan uning yuqori oksidlanishini oldi olindi.Maxsulotning oksidlanishga barqarorligi deyarli 3,5 barobar ortdi.Bunga sabab Raps moyini oksidlanishini asosiy sababi undagi ko’p miqdordagi linol kislotasi edi.Yangi navdagi Raps moyida esa uning ulushi juda oz miqdordadir.Olingan moydagi tajribalar shuni korsatdiki,oleinga boy Raps moyi o’zining oksidlanishga barqarorligi bo’yicha gidrogenlangan Raps moyi bilan bir xil ko’rsatgichga ega.
Yog’-moy sanoati yog’ va moylarni, to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilish uchun, margarin maxsulotlarini tayyorlash uchun, mayonez, gidrogenlangan yog’lar, sovun, glitserin, yog’ kislotalari, olif va boshqa mahsulotlar tayyorlash uchun ishlab chiqaradi. Rafinatsiyaning to’liq sikli fosfolipidlarni, mumsimon moddalarni, erkin yog’ kislotalarini, bo’yovchi va hid beruvchi moddalarni ajratib olishni o’z ichiga oladi. Bu maqsadda turli xil usullar qo’llaniladi. Bu usullarning asosida ma’lum reagentlarning alohida moddalarga nisbatan tanlash xususiyati yotadi. Bunga asosan fosfolipidlarni suv yoki elektrolitlarning suvli eritmalari orqali gidratatsiya qilib ajratib olish, erkin yog’ kislotalarini yog’larni natriy tuzlari ko’rinishida ajratish, rangli moddalar-pigmentlarni sorbentlar yordamida, hid va ta’m beruvchi moddalarni dezodoratsiya qilib ajratish kiradi. Yuqorida sanab o’tilgan usullar yuqori tanlovchanlik xususiyatiga ega emas. Bunga misol qilib, gidratatsiya paytida ma’lum miqdorda erkin yog’ kislotalarning, neytralizasiya vaqtida esa, yog’lar rangini ma’lum miqdorda kamayishini ko’rsatish mumkin.
Har bir yog’ turini rafinasiya qilish texnologik rejimini tanlashda uning o’ziga hos xususiyatlari inobatga olinishi zarur. Rafinasiya jarayoniga quyidagi talablar qo’yiladi. Yog’ning glitserid qismini to’laligicha o’zgarmagan holda qoldirish, iste’molga yaroqliligini saqlab qolish, yo’qotishlarni va chiqindilarni kamaytirish. Bu muammolarni ijobiy hal qilishda moylarni rafinasiya jarayonini olib borishdagi eng maqbul sharoit katta ahamiyatga ega, ya’ni natriy gidroksidning miqdori, uning konsentratsiyasi, neytrallash jarayonini olib borish harorati, aralashtirish tezligi va boshqalar.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling