quyidagicha uyushtiriladi: o'qituvchi hikoyaning oldindan belgilab
qo'ygan qism ini o'qiyd i va o'quvchilar bilan birgalikda en g m uhim ,
asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o'quvchilar b a ’zan asardagi so'zlardan
foydalanadilar. Bu o'quvchilarga qiyinlik qilsa, bo'lim dagi asosiy
fikrni o'z so'zlari bilan aytib berishlari m um kin. Keyin o'quvchilar
o'qituvchi bilan bu qism ni qisqartirib hikoyalashda nim alar haqida
gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam aham iyatli
fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham
shunday ish olib boriladi va o'quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya
qiladilar. O 'qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga II sinfdan boshlab
o'rgatiladi.
Tanlab hikoyalash ham b olalam ing tafakkuri va nutqini o'stirish v o
sitalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o'quvchi: 1) o'qilgan m atndan
bir qism ini, lining chegarasini ongli ravishda ajratib so'zlab beradi; 2)
hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi; 3) hikoya m azm u nin i faqat
bir sujet yo'nalishida so'zlab beradi.
O 'quvchilarda tanlab qayta hikoyalash m alakasini h osil qilishga
boshlang'ich sin f izohli o'qish darslarida keng qo'llaniladigan m etodik
usullar yordam beradi: 1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoya
lash; 2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;
3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.
O 'quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o'qilgan m atnni
tahlil qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi m usta-
qillikni o'stiradi va o'qilgan matn m azm unini o'zlashtirishga yordam
beradi.
H ikoyani o'qish bilan bog'liq holda o'tkaziladigan ijodiy ishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |