3. Ertakni o'rganishda qanday usullardan foydalaniladi? Boshlang'ich
sinflarning „O'qish kitobi“ga kiritilgan ertaklarni sinflar bo'yicha guruhlab,
ko'proq qaysi mavzudagi ertaklar berilganini izohlang.
4. Masal matni ustida qanday ishlar amalga oshiriladi? Masalni o'qish
darsi namunasini tayyorlang.
5. „Oqish kitobi“da berilgan she’riy asarlarni guruhlang. Ularni o'rganish
usullarini yoriting.
6. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida o'rganiladigan birorta doston
bo'yicha dars ishlanmasini tayyorlang.
7. O'qish darslarida qanday mustaqil ish turlaridan foydalaniladi? Ularni
misollar bilan tushuntiring.
S in fd an tash q ari o ‘qishning m aq sad va vazifalari
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir
qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, u ni tushunadigan, m a’lum
bir m avzuga oid kitoblam i tanlay oladigan, gazeta va jurnallam i ham
mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan
tashqari o'qish ( S T 0 ‘) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizm at qiladi,
ko'p narsani bilishga havasni orttiradi.
STO 'ning maqsadi o'qish malakalarini takom illashtirish, kitob
tanlay oladigan, m untazam kitob o'qiyd igan, o'qilgan kitobni to'g'ri
baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Maktablarda 1959-yildan boshlab m axsus STO' darslari tashkil
etilgan. S T O ‘ darslari 1-2 - s in fd a haftada 1 marta, 3—4-sin fd a 2
haftada I marta o'tkaziladi. Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi
oxirgi alifbe darsining 1 7 -2 0 daqiqasi ajratiladi.
Sinfdan tashqari o'qish o'quv dasturi bilan cham barchas bog'liq
bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda
Do'stlaringiz bilan baham: |